1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

MUZEYSHUNOSLIK, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey 
ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini o‘rganadigan fan tarmog‘i. Muzey tizimiga muzey ishi 
nazariyasi, m u z e y ishi. tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosligi, muzeylar va 
muzey tadqiqotlari faoliyatiga doir barcha o‘ziga xos tomonlarni o‘rganuvchi ilmiy metodika 
kiradi. Muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni o‘rganish jarayonida dala tadqiqotlari 
uslari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qo‘llaydi.
1876 yshgda bunyod etilgan Toshkent Xalq muzeyi negizida yuzaga kelgan ushbu muzeyning 
ulkan jamg‘armasi mavjud, unda katta ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmokda. SHarq uslubida qurilgan 
muzey binosi me’morchiligining o‘zi betakrordir. Respublika Qurolli Kuchlari markaziy muzeyida 
ham harbiy harakatlarning muayyan bosqichlarini aks ettiruvchi asil nusxadagi hujjatlar, foto va 
kino materiallar va turli qurollar ham namoyish etshgmokda. Amir Temurning so‘nggi Oltin O‘rda 
xoni To‘xtamishga qarshi uchinchi yurishi haqida hikoya qiluvchi jang manzarasi g‘oyat noyob 
bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagonadir. Muzey zallarida harbiy san’at tarixining uch davriga daxldor 
eksponatlar qo‘yilgan: temuriylar davri, O‘zbekistonning jahon urushidaga ishtiroki va qurolli 
kuchlarning hozirgi holati. Ularning barchasi asosiy manba, madaniy- tarixiy qadriyat sifatida 
asoslangan vasinovdan o‘tgan. Hozirgi vaqtda muzey xarbiy jamg‘armasida etti mingdan ko‘proq 
tarixiy eksponatlar mavjud.
Muzeylardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari kolleksiyalar, ekspozitsiyalarni konservatsiyalash, 
ta’mirlash, saqlash, muhofaza qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, muzey 
faoliyatining boshqa turlari darajasini aniklaydi.
Respublika tarixiy muzeylarida saqlanayotgan eng boy jamg‘arma to‘plamlari 
qadimshunoslik, elshunoslik, tangashunoslik, moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi, harbiy tarix, 
geraldika, epigrafika kabi fanlardagi tadqiqotlar uchun ulkan baza hisoblanadi. SHunday qilib, tarixiy 
muzeylardaga ilmiy-tadqiqot faoliyati badiiy va axloqiy kiymatga ega yanga tarixiy ma’lumotlar 
olish manbai sifatida muzey ashyolarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muzeylar etuk tarixiy shaxslar yoki voqea- hodisalarni 
o‘rganish uchun barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan yagona yoki asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi. 
Ularni o‘rganish - u.lkan ilmiy va g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Muzey materiallarini 
monografiyalar sifatida va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etishfuqarolarning 
tarixiy onshni boyitishga, ularda faxr va vatanparvarlik tuygusini tarbiyalashga yordam beradi. 
Afsuski, muzeylar ishining bu qismi past darajada qolib ketmoqda. Tadqiqot faoliyatini 
kengaytirish va chuqurlashtirish, chop etish va muzeyga keladigan tomoshabinlar miqsorini 
oshirish zarur. SHuningdek, to‘plamlar va eksponatlar bilan doimiy to‘ldirib borish tarixiy 
muzeylarning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Muzey ashyolarini butlash va hujjatlashtirish, 
ularga ilmiy ipglov berish, ekspozitsiyalar va ko‘rgazmalarni asl nusxalar bilan ta’minlash alohida 
e’tibor va mas’uliyatni talab etadi.
TURIZM (frans. toir — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish 
turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, 
ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan 
faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) 
tushuniladi.
Turizmning tarixi 19-a. boshlariga borib taqaladi Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan 


sayyohlik tashkil etilgan (1815 y.). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 
1843 y.da 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik 
korxonasini tuzdi va 1866 y. dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling