1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Yozma manbalar orqali bizga ma’lumki, mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta 
Osiyoda baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, xorazmiylar, parfiyanlar, saklar, massagetlar va boshqa xalqlar 
yashaganliklari ma’lum. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan madaniyat markazlaridagi arxeologik 
komplekslardan to mil. avv. III asrlargacha bo‘lgan davrga oid antropologik ma’lumotlar deyarli 
uchramaydi. O‘troq dehqonchilik vohalaridagi Kuchuk I, II, Yoz III, Afrosiyob kabi yodgorliklarda 
kam sonli paleoantropologik ma’lumotlar saqlangan. Yoztepa yodgorliklaridan yosh bolaning 
chanog‘i aniqlangan. Bu topilma evropoed irqining sharqiy o‘rta er dengizi tipiga mansub bo‘lib, u 
aylana deformatsiyaga ega. Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga oid paleoantropologik manbalar 
sak va qadimgi usunlarga tegishli bo‘lib, ular Orol bo‘yi, Tyanshan, Oloy va Pomir tog‘laridan 
topib o‘rganilgan. ular tashqi qiyofalariga ko‘ra evropoed va mongoloid irqiy belgilar bilan ajralib 
turadi. SHularni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, O‘rta Osiyo hududlariga mongoloid irqiy 
belgilariga ega bo‘lgan. xalqlarning kirib kelishi mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida sodir bo‘lib, 
ularga oid ma’lumotlar Sirdaryoning quyi oqimi hududlarida uchraydi. 
Shimoliy mintaqalarda evropoed irqining protoevropa (andronova) tipi belgilari ustun 
bo‘lgan xalqlar soni ko‘payib boradi. Shuningdek, ularning janubiy hududlaridagi sharqiy o‘rta er 
dengizi tipi bilan aralashish jarayoni intensivlashib boradi. Bu esa O‘rta Osiyoning markaziy 
viloyatlarida keyinchalik paydo bo‘lgan Pomir Farg‘ona yoki Ikkidaryo oralig‘i tipining tarkib 
topishidagi dastlabki qadam bo‘lib, tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra mil. avv. I ming 
yillikning o‘rtalaridan boshlangan. 
Etnografiyada xalq og‘zaki ijodi. Xalq orasida keng va sevimli janrlardan biri epik asar – 
dostonlar bo‘lib, ular bizgacha uzoq o‘tmishdan og‘zaki poeziya an’analaritufayli etib kelgan. 
Dostonlarni avaylab saqlab kelgan va zo‘r mag‘orat bilan ijro etuvchi shoirlar yoki 
cho‘ponlardir. Ular, tabiiyki, mehnatkash xalqning o‘y-fikrlari va orzu niyatlarini dostonlarda zo‘r 
mahorat bilan ifodalab kelgan. Hozirgi o‘zbek xalqi shoirlari ota – bobolardan o‘rgangan go‘zal 
va boy epik meroslarimizni saqlabgina qolmay, o‘zlarining jo‘shqin ijodlarida improvizatsiya 
qiluvchi iste’dodli kuychilar hamdir. 


Mashhur baxshi va shoirlardan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1936), Fozil YUldosh 
o‘g‘li (1872-1955yy), Muhammad Jamrad o‘g‘li Po‘lkan (1874-1941), Ilom Nazar o‘g‘li (1874-
1953), Abdulla shoir Nurali o‘g‘li (1870-1975), Qurbon Ismoil o‘g‘li (1869-1940) kabilar juda boy 
epik merosni qoldirganlar. 
O‘zbekistonda qadimdan iste’dodli baxshilarni yaratgan mashhur qishloqlar mavjud. 
Shulardan biri Samarqand viloyati Nurota tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i bo‘lib, unda XIX asr 
o‘rtalarida 20 dan ortiq erkak va ayol xalq dostonchilari yashagan. Bu qishloqdan chiqqan baxshi 
Pulkan shoir 70 dan ortiq dostonni yoddan kuylagan. 
Ayol baxshilardan Ergash Jumanbulbulning katta momosi Tillakmpir juda mashhur 
bo‘lgan. epik ijod markazlaridan biri Bulung‘ur tumanining Layqa qishlog‘i hisoblangan. Bu erdan 
eng yirik baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li o‘zbek xalqining qirq qabilasidan chiqqan. Uning otasi 
Yo‘ldosh shoir ham baxshi bo‘lgan va ko‘pgina baxshilar yaratgan ustoz sifatida tanilgan. Fozil 
shoirning repurtuarida 43 ta dostoni bo‘lib, ularning ko‘pchiligi yozib olinib, ularning ba’zilari 
chop etilgan. 
Ma’lumki, dostonlar nazmiy bayon etilgan, nasriy izohlar bilan dutor yoki rubob jo‘rligida 
ijro qilinadigan yaxlit bir asardan iborat. Unda qahramonlik va romantik mavzular mujassamlashib 
o‘zoro uzviy bog‘langan. O‘zbek dostonlarining ko‘pchiligi xalqining tarixini, o‘tmishini aks 
ettiradi ammo asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan dostonlardagi tarixiy faktlar xalqning 
ijodiy hayolidan o‘tib umumlashtirilgan va shoirona tipiklashtirilgan. Baxshichilik markazlaridan 
yana bir Surxondaryo va Qashqadaryodir. SHoberdi baxshi, Qodir baxshi, Toshmurod baxshi, 
Boborahim baxshi va hakozalarni aytishimiz mumkin. Baxshichilikda alohida SHerobod maktabi 
mavjud bo‘lib, unga SHoberdi Baxshi boshchilik qilib kelmoqda. Bu maktabdan ko‘plab shoiru 
Baxshilar etishib chiqqan. Xorazm Baxshichilik maktabi ham o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Bu 
Baxshilardan Bola baxshi, Qalandar baxshi va boshqalarni aytishimiz mumkin. 
Xarakterli tomoni shuki, undagi uzoq o‘tmish qahramonlarini nazmiy ideallashtirish 
maqsadida afsonaviy va fantastik elementlardan foydalangan. Bunga yorqin misol sifatida 
“Alpomish” dostonini aytish mumkin. Uning g‘oyaviy mazmunida feodal munosabatlar 
keskinlashgan davr kishilarining turmush-tarzi, ichki kechinmalari o‘z aksini topgan.Mazkur xalq 
dostonining asosiy syujetini bahodir Alpomish bilan jasur Barchinoy orasidagi shiddatli sinovlardan 
o‘tgan katta muhabbat tashkil etadi. Alpomish va Barchinoyning o‘lmas obralari orqali sof sevgi, 
jasurlik, birodarlik, o‘z burchiga sadoqat va buyuk vatanparvarlik kabi fazilatlar zo‘r mahorat bilan 
kuylangan. Bu ajoyib asarda qadimiy ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli va 
munosabatlari, nikoh va oila, urf-odat va marosimlari, diniy tasavvurlaridan iborat tarixiy – 
etnografik ma’lumotlar ham saqlanib qolgan Zarafshon vohasi hududida Evroosiyoning evropoed 
va mongoloid kabi ikki asosiy irq o‘rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlab 
o‘tilgandek, 1971 yili arxeologik G.V.Shishkin Afrosiyobning shimoliy qismida o‘rta asrlarga oid 
juda qalin qatlam ostida er.av. V asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skletini 
topdi. Skelet qadimgi so‘g‘dlik 172 sm, tiriklikdagi vazni 68 kg ga yaqin bo‘lgan. Ularning bosh 
tuzilishi hozirgi o‘zbek va tojiklarga o‘xshash va orqa tomoni yassi bo‘lgan. bu esa O‘rta Osiyoda 
bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganini ko‘rsatadi. So‘g‘dliklarning peshonasi tik 
va keng, qirraburun bo‘lgan. beti o‘rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqqa xos yuz yapaloqligi 
ko‘rinmaydi.
Bu belgilar so‘g‘dliklarning evropoed irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular 
o‘zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o‘xshaydi. Demak, 
evropoed irqiga mansub O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i tipi, ya’ni hozirgi o‘zbeklarga va tekislikda 
yashovchi tojiklarga xos tip er.av. 1 ming yillik o‘rtalaridayoq So‘g‘d hududida tarqalgan. Shuni 
ta’kidlash kerakk, yuqorida keltirilgan antropologik tipdan tashqari, so‘g‘dliklar orasida uzun 
boshli O‘rta er dengizi irqiga mansub bo‘lgan. 
Samarqand yaqinidagi Kofir qal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik 


qazishmalar paytida topilgan o‘rta asr odam suyaklari So‘g‘d hududida yashovchi xalqlar 
avvalgiday evropoed O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i antropologik tipi bilan tavsiflanishni 
ko‘rsatadi. Er.av. 1 ming yillik o‘rtalaridan to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil 
Coo‘g‘dda yashagan aholining antropologik xususiyati-tashqi qiyofasi juda kam o‘zgargan. 
So‘hdliklar orasida ko‘pchilikka xos bo‘lgan O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i antropologik tipdan 
tashqari boshqa antropologik tiplar ham uchraydi. Bunga VI-VIII asrlarga oid Panjikent 
antropologik materiallari dalil bo‘la oladi. Panjikentda bu davrda evropoed irqigamansub ikki 
guruh aholi yashagan. Ikki guruh kishilarning bosh tuzilishi shakli bir-biridan farq qiladi. SHu bilan 
birga, mazkur guruhlardagi ko‘pchilik erkaklarning boshi uzun, ayollarning boshi esa dumoloq 
shaklligi Panjikent aholisining VI-VIII asrlarga aralash bo‘lganligini ko‘rsatadi. SHundayo qilib ilk 
o‘rta asrlarda so‘g‘d aholisining shakllanishida boshqa irqqa mansub aholi ham ma’lum darajada 
ta’sir ko‘rsatgan. Milodiy birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida So‘g‘d aholisi tarkibiga 
mongoloid irqiy belgilar aralashuvini ko‘ramiz. Antropologik materiallardan ma’lum bo‘lishicha, 
o‘sha davrda mongoloid irqiga taaluqli belgilar shahardan tashqarida (qishloqlarda) yashovchi 
so‘g‘dliklar tarkibiga 10-15 % ni tashkil qilgan. Mongoloid antropologik belgilari mavjud odamlar 
(masalan, yuzning yalpoqlanishi, yonoqlarning bo‘rtib turishi, burun burchagining pasayishi va 
boshqalar) So‘g‘d hududidagi sharqiy va shimoliy viloyatlardan kirib kelib, mahalliy xalqlar 
qiyofasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsata boshlagan. 
Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo‘lib, uning tadqiqot ob’ekti xalq va elatdir. Bu fan 
xalqlarning kelib chiqishi va joylanishi, ijtimoiy hayotti, xo‘jaligi va g‘oyaviy qarashlari kabi 
muommolarni o‘rganadi. 
Dastlabki etnografik ma’lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o‘rtasida 
aloqalar o‘rnatilishi natijasida to‘plana boshlangan. O‘sha davrdayoq ayrim qshni qabila, elat va 
xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarini o‘rganish taqozasi bilan vujudga kelgan. 
O‘zbek xalqining eng qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. SHarq mustabidlari, 
ayniqsa, qadimgi Eron, Bobil, Ossuriya hukmdorlari o‘zlarini ulug‘lash maqsadida toshga bitilgan 
zafarnomalarida bosib olingan va bo‘ysundirilgan elat va xalqlarni tilga olganlar. SHular ichida 
O‘rta Osiyoliklarning qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud. O‘zbeklarning ko‘p 
qirrali qishloq xo‘jaligi asrlar osha to‘plangan an’anaviy tajribaga tayanadi. O‘zbekstonning hozirgi 
hududi tabiiy –geografik sharoitiga qarab uchta qishloq xo‘jaligi mintaqasiga: tog‘li va tog‘ oldi 
(20.25%), sug‘orma erlar (18.12), va dasht – yaylovlarga bo‘linadi. O‘zbekiston hududidagi 
ziroatchilik sug‘orish xususiyatlariga va ekin turlari bilan ham farqlangan, masalan, sug‘orma 
dehqonchilik mahalliy aholi sug‘oriladigan erlarni “lalmi” yoki “bahori”, deb nomlanganlar. 
Sug‘orma dehqonchilik xo‘jaliklari asosan, qadimiy vohalarda – Xorazm, Buxoro, Samarqand, 
Toshkent vohalarida Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysida joylashgan. 
Sug‘oriladigan erlar yana ekinlarga qarab dala yoki ochiq erlarga, bog‘dorchilik hamda 
polizchilik erlariga bo‘lingan. Tog‘ etaklarida qo‘llaniladigan qadimiy murakkab suv chiqarish 
usullaridan koriz tizimi diqqatga sazovar. Bir necha o‘zoro bog‘liq maxsus qududqlar orqali sizot 
suvlar dalalarga chiqarilib, ekin maydonlari sug‘orilgan. Bunday sug‘orish tizimidan Nurota va 
Sherobod tumanlarida, Samarqand viloyatlarining, Qizilboy, Kultepa, Oqtosh, Chorbor nomli 
qishloqlarida, Namangan viloyati Chortoq tumani keng qo‘llanilgan, ba’zilarida qisman hozir ham 
saqlanib kelgan. 
O‘zbekistonda jamoat va shaxsiy xo‘jaliklardaerga ishlov berish qurollarining an’anaviy 
turlari hozir ham ishlatilmoqda. Erni haydashda yog‘ochdan yasalgan omoch kabi qurollar 
ishlatiladi. Haydalgan erlarni tekislash va kesaklarini yanchish uchun taxtmola yoki tishli sixmola 
ishlatilgan. Erga ishlov berishda bel, ketmon, yil hosilini yig‘ishda o‘roq va xirmonda payshaxa, 
yog‘och kurak va boshqalardan hozirgacha foydalanilib kelinadi. 
Barcha don ekinlari beda, jo‘xori, arpa va bug‘doy o‘roq bilan o‘rilgan. Mahalliy o‘roqlar 
deyarli bir xil, faqat katta- kichikligi va tig‘ining shakli farqlangan. O‘rilgan ekinlarini xirmon qilib, 
ot, ho‘kiz yoki eshak bilan yanchishgandan so‘ng shamolga to‘rt panjali yoki olti panjali shoxa va 


kurak bilan sovurganlar va hosilni somondan ajratib olganlar. O‘zbekistonda ziroatchilikning asosiy 
sohalaridan biri g‘allakorlik hisoblanadi. Bug‘doy, makka, oq jo‘xori, arpa, sholi, suli, tariq, kunjut, 
mosh, loviya va boshqalar ko‘proq ekiladi. 
O‘zbek chorvachiligida qorako‘lchilikka ayniqsa e’tibor katta bo‘lgan. Dumbali qo‘ylar 
asosan tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida boqilsa, qorako‘l quylari asosan tekisliklardagi yaylovlarda 
boqilgan. Kuzga yaqin hosil yig‘ilgandan keyin otarlar yaylovlardan qaytarilib maxsus ajratilgan 
qo‘tonlarda saqlangan. Ular qishloq atrofidagi dalalarda boqilib, kechqurun qo‘tonlarda to‘plangan. 
Hunarmandchilikning qadim davrlardan boshlab eng ko‘p tarqalgan sohasi temirchilik 
hisoblangan. Bu sohaning rivoji dastavval mahalliy xom ashyoga bog‘liq bo‘lgan. Rivojlangan 
sohalardan biri metall qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lib, uni ko‘p joylarda digrezlik (ya’ni, qozon 
qo‘yish) yoki qozonchi, deb nomlanganlar. 
O‘zbek zargarlari asosan uyda ba’zilari bozorda do‘konlar qurganlar. Xonlarning ko‘shak 
saroylarida maxsus zargarlik do‘konlari bo‘lgan va u erda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan 
pichoq va qilichlar yasagan. 
Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy kasblardan biri yog‘och buyumlar yasash 
hunarmandchiligidir. Durodgorlik asli qurilish kasbi bilan bevosita bo‘lgan. Eng og‘ir va murakkab 
mehnat, sabr-toqat, matonat talab qiladigan badiiy-amaliy san’at sohasi marmar o‘ymakorligidir. 
Bu kasb Xiva va Buxoroda o‘tgan asrning boshlarigacha etib kelgan bu soha o‘zining yuksak sifatli 
mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan. 
3.5. O‘zbekiston hududida kechgan turli tarixiy jarayonlar, tabiiy geografik sharoiti bu 
erda har xil xalq me’morchilik maktablariningpaydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Hozirgi paytda 
saqlanib qolgan har bir mintaqaning imoratlari qurilish uslubi, planerovkasi va bezaklari bilan bir-
biridan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysida seysmik zona bo‘lganligi uchun bu erda asosan ikki qator 
qo‘shsinch uylar qurish, zilzila kam bo‘ladigan Xivada bir qator sinchdan imorat solish odat 
bo‘lgan. Uy-joy qurilishida o‘zbeklarda o‘ziga xoslik saqlansada, umumiy me’morchilik an’anasiga 
amal qilingan. Ko‘pchilik uy-joylarning planirovkasi oila a’zolari soniga qarab bir necha uy, daxliz 
va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Xo‘jalik xonalari, oshxona va molxona xovlida qurilgan. Uy-joylarni 
qurishda ishlatiladigan asosiy materiallar loy (paxsa), g‘isht, guvala va yog‘och bo‘lgan. O‘zbek 
uylarida qadimdan mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan ayvon muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
uning tarkibiy qismi sifatida ayvonda yoki hovlida g‘isht yoki loydan supa qurilgan. Uyni isitishda 
ko‘p joylarda sandal ishlatilgan. Sandalning toshga olov yoqilib, ustiga katta ko‘rpa to‘shalgan va 
sandal tevaragida oila-a’zolari umumiy ko‘rpaga o‘ralib yotganlar. Hozirgi o‘zbek sarpolari 
zamonaviy tipda bo‘lib, ayniqsa, evropacha kiyim – kechaklarning kirib kelishi bilan tavsiflanadi. 
Milliy kiyimlar ko‘proq qishloqda, alohida ayollar sarposida ancha mustahkam saqlangan. 
An’anviy o‘zbek kiyim-kechagi asosan ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshda do‘ppi, oyoqda 
kalish-maxsi va kovushdan iborat bo‘lgan. Erkaklarning an’anaviy yaxtak ko‘ylagi tizzagacha, 
ayollar va qizlarniki to‘pig‘igacha uzunlikda tikilgan. Shahrisabz, Qarshi va Surxondaryo jiyak 
ipak ip bilan but shaklida to‘qilgan. Buxoroda qimmatbaho kiyimlarga tilla ipda to‘qilgan jiyak 
tikilgan. Qadimiy ko‘ylak namunalari hozirgacha asosan qariyalar va yosh bolalar kiyimida 
saqlangan. Buxoro va Xorazm vohasida guppi ko‘ylak yoki guppiga, degan nomlar bilan ma’lum. 
Qadimiy ko‘ylaklarga oq matodan gorizontal ochilgan yoqali ko‘ylak, musulmon ko‘ylak ham 
kiradi. O‘zbek xalqining milliy ramzi saqlanib kelayotgan ustki kiyim –chapon shu kungacha 
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek chaponlari rangi, uzunligi, kengligi va kiyish uslubiga qarab 
har joyda har xil bo‘lgan. Masalan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida 
uzun va keng, uzun engli, paxta yoki yarim ipak rangli matodan tikilgan chapon. Farg‘ona va 
Toshkentda yashil yoki ko‘k-yashil chapon kiyish odat bo‘lgan. 
Ilgari qizlar va ayollarning sochi o‘rimi jiddiy farqlangan, qizlar va kelinchaklar (bola 
tuqqungacha)da qirq o‘rim soch, ayollarda ikki o‘rim soch qo‘yish odat bo‘lgan. 
O‘zbek taomlari ichida qadimgi davrlardan xamir ovqatlar alohida o‘rin egallaydi. 


Xamirdan har xil mahsulot tayyorlanadi. O‘zbeklar qadimdan turli xil kabob pishirishni bilganlar. 
Masalan, hozirgacha qozon-kabob, bug‘lama kabob, tandir kabob, cho‘pon kabob, xasip kabob va 
jigar kaboblar xalq orasida asosiy milliy taomlardan biri hisoblanadi. Suyuq ovqatlardan har xil 
sho‘rva va mastava butun O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Hozir ba’zi joylarda saqlangan guja oshi, 
atala, umoch va piyovalar masallig‘i kamchil bo‘lganligi tufayli kambag‘allarning ovqati 
hisoblangan. Bunda suyuq qurt va sariyog‘ qushib pishirilgan qurtoba kabi ovqatlarni kiritish 
mumkin. O‘zbek taomlarining eng oliysi shohpalov hisoblanadi. Hech bir to‘y-tomosha, 
mehmondorchilik palovsiz bo‘lmaydi. Palov quyuq taomlarga kiradi. Palov har bir viloyatda, 
ba’zan ayrim tumanlarda o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling