-
-
- Ovqat xazm qilishni buzilishlari – bu shunday patologik xolatki, bunda organizmga kirayotgan ovqat maxsulotlari xazm qilish sistemasi tomonidan o’zlashtira olmaydi.
- Etiologiyasiga karab 1) nasliy va
- 2) orttirilgan xazm qilish yetishmovchiligi farqlanadi.
- Ovqat xazm qilish yetishmovchiligining sabablari:
- І. Alimentar (ovkat maxsulotlariga bogliq) omillar: a) sifatsiz, dag’al ovqatlarni iste’mol qilish; b) kuruk ovqatlarni iste’mol qilish; c) ovqatni noregulyar iste’mol qilish; d) noratsional ovqatlanish (masalan, ovqat ratsionida vitaminlar va oksillarni miqdorini kamayishi); e) alkogol iste’mol qilish.
- ІІ. Fizik omillar. Bu omil guruxi orasida ionlashgan nurlarning axamiyati katta.
- ІІІ. Kimyoviy agentlar. Maishiy va sanoatda organik va anorganik birikmalar bilan zaxarlanish xazm qilishni buzilishiga sabab buladi. Kasb va ijtimoiy zararlar (tipografiya, kimyoviy sanoatda va h.k.-da ishlash)
- ІV. Biologik omillar: a) bakteriyalar (masalan, vabo vibrioni, dizenteriya, korin tifi, paratif kuzgatuvchilari); b) bakterial toksinlar (masalan, salmonellyozda, stafilokokkli infeksiyada); c) viruslar (masalan, adenoviruslar); d) gelmintlar.
- V. Organik shikastlanishlar: a) ovkat xazm qilish a’zolarini tug’ma anomaliyalari; b) operatsiyadan keyingi xolatlar; c) ovqat xazm qilish a’zolarining o’smalari.
- VІ. Asab va gumoral regulyasiyaning buzilishlari. a) psixoemotsional buzilishlar (nevro-tik va nevrozga o’xshagan xolatlar); b) ruxiy kasal-liklar (shizofreniya, maniakal-depressiv sindromi); c) markaziy nerv sistemasini organik kasalliklari (ensefalitlar); d) vegetativ nerv sistemasining peri-ferik strukturalarini shikastlanishlari; e) reflektor shikastlanishlar (turli vistsero-vistseral reflekslar). Xazm qilishni gumoral regulyasiyasini buzilishlari gastrointestinal gormonlarni sintezini va sekretsiyasini buzilishlari bilan bog’lik (gastrin, sekretin, xoletsistokinin-pankreozimin va boshqalar).
- Xazm qilishni yetishmovchiligi kuyidagi sindromlar bilan namoyon bo’lishi mumkin:
- 1.Ochlik
- 2.Dispeptik sindrom
- 3.Suvsizlanish
- 4.Kislota-asos muvozanatining buzilishlari
- 5. Ichak autointoksikatsiyasi
- 6. Og’rik sindromi.
Do'stlaringiz bilan baham: |