1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua
Antropologiya (antropos-odam, logos-fan) odam haqidagi fan bo‘lib, kishilik jamiyatining
qadimgitarixi, xususan, antropogonez jarayoni, joylardagi etnogenez jarayonlarini o‘rganishda ushbu fan yutuqlari muhim ahamiyat kas etadi. Bu fan yutuqlari asosida qadimgi tosh asridan boshlab, xalqlarning paydo bo‘lishigacha, hatto hozirgi davrda yashayotgan aholining antropologik masalalarini o‘rganish muhim vosita sifatida foydalanish mumkin. Umuman, antropologik ma’lumotlar asosida antropogonez jarayonining borishi, unda O‘rta Osiyoning tutgan o‘rni, vatanimiz hududida qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va hamda ularning tashqi qiyofalari bilan bog‘liq masalallar o‘rganilgan. Uzoq yillar davomida qadimgi odamlar shakllanishi bir joyda kechganmi yoki butun er yuzida sodir bo‘lganmi degan savol mutaxassis olimlarning tortishuviga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik olimlar dastlabki odamlar shakllangan hudud Afrika bo‘lganligini (ba’zi bir tadqiqotchi olimilar er yuzining barcha hududlarida birday kechgan, deb hisoblaydilar) keyinchalik ular Sinay yarim oroli orqali butun er yuziga yoyilgan, degan fikrni bildirishadi. Bu guruhdagi olimlarning ayrimlari eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va tarqalishining bir necha bosqichda bo‘lganligni ta’kidlashadi. Ularning fikrlariga ko‘ra Homa Sapiens, ya’ni zamonaviy qiyofadagi odamlar ham dastlab Afrikada paydo bo‘lib, keyinchalik er yuzining boshqa hududlariga tarqalgan degan hoyani ilgari suradilar. Bu borada bir asrdan ortiq davr mobaynida ko‘plab paleontropologik topilmalar aniqlandi. Ular orqali antropogeniz jarayonining qanday kechganligi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 1956-1960 yillardagi SHarqiy Afrikadagi Olduvay darasida ingliz olimi L.Liki avstrolopiteklarga mansub bo‘lgan mavjudot-zinjantrop va prezinjantrop “ishbilarmon odam” qoldiqlarini va oddiy tosh qurollarini topgan. Ular bundan 1750000 yil oldin yashagan, degan fikrni bildiradi. Likining o‘g‘li Rechard Liki Keniya va Efiopiya Territoriyasidan avstolopitek va prezinjantrop singari mavjudodlarning suyak qoldiqlari va mehnat qurollarini topadi. Efiopiya prezinjantroplari ham “ishbilarmon odam” deb, bundan 2.5-3 million yil muqaddam yashagan ekanlar. Bu “ishbilarmon odamlar” – arxantroplar (grekcha arxayos-dastlabki, antropos-odam) toshdan mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Afrika arxantroplari er yuzidagi eng qadimgi qazilma odamlarning dastlabki vakillari hisoblanadi. Agar shimpanze maymuni miya qutisining 350-400 sm kubni tashkil etsa, “ishbilarmon odam” miya qutisining hajmi 670-800 sm kubni tashkil etgan. 1891-1892 yillarda gollandiyalik olim E. Dyubua Indoneziyadagi YAva orolidan pitekantrop, (grekcha pitekos maymun, antropos odam) maymun – odam, yoki Homo ergaster ning suyak qoldiqlarini topishga muyassar bo‘ldi. Uning miya qutisining hajmi 800-900 sm kub bo‘lgan. Endilikda pitekantrop Afrikaning “ishbilarmon odam” dan keyingi bosqichda turuvchi 1,5-1,9 million yilga borib taqaladi. 1927 yilda Pekin shahri yaqinidan kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan sinantrop Xitoy odami ham eng qadimgi odamlar arxantroplar hisoblanadi. Sinantroplar pitekanroplarga qaraganda nisbatan ancha rivojlangan bo‘lib, ular bundan 400-500 ming yil ilgari yashaganlar. Uzluksiz mehnat jarayonida arxantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib qadimgi odamlar – neandertallarning shakllanishi uchun zamin yaratilgan. Arxantroplardan keyingi bosqich kishilari fanda paleontroplar (qadimgi odamlar) nomi bilan mashhur bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha ular zamonamizdan 100-50 ming yil oldin yashaganlar. Ularning qazilma qoldiqlari dastlab 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltor bug‘ozidan, so‘ngra, 1970 yilda Germaniyaning neandertal vodiysidan topilgan bo‘lib, mazkur joyning nomi bilan bu turdagi odamlarni neandertallar, deb atash rasm bo‘lgan. Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos belgilar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning bosh miyasi u qadar rivoj topmagan edi. Lekin ular arxantroplardan juda uzoqlashib ketib, hozirgi qiyofadagi odamlarga juda yaqinlashib qolgan edilar. Taxminan, muste davriga kelib zamanoviy qiyofadagi odamlar shakillanadi. Bu kishilar fanida homo sapiens , ya’ni aql- idrokli odamlar, odamlar deb ataladi. Arxelogiya fani yutuqlaridan bizga ma’lumki, O‘rta Osiyoning eneolit va bronza davri muhim tarixiy – madaniy o‘zgarishlar; joylarda madaniyatlarning qaror topishi, qabilalarning doimiy migratsiyasi va ular o‘rtsaidagi o‘zaro ta’sir hamda aloqalar bilan belgilanadi. Bu jarayonlar ayniqsa mil.avv. II ming yilliklarda ko‘proq namoyon bo‘lib, madaniy xo‘jalik jihatidan ikkita alohida mintaqada tarkib topadi. Bu davrlarga oid antropologik topilmalar doirasi son jihatdan ham, hududiy jihatdan ham ancha keng hisoblanib, qisman yaxshi o‘rganilgan. Asosiy topilmalar o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, chorvador qabilalarning mozorlardan olingan antropologik materiallardaniborat. Ulardan Sumbar, YAngiqal’a, Qoratepa, Geoksyul, Nomozgoh, Oltintepa, Tohirboy (Janubiy Turkmaniston) Ko‘kcha 3 (Xorazm), Zomonbobo, Mo‘minobod, Sopollitepa, Jarqo‘rhon, Bo‘ston, Tigrovaya, Balka, Tulxar va boshqa yodgorliklardagi bir necha yuzlab qabrlardan aniqlangan antropologik topilmalar o‘lkamizda mil.avv. III-II ming yilliklarda yashagan xalqlarning tashqi qiyofasi, irqi va boshqa antropologik xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib, xizmat qiladi. Ushbu topilmalarga ko‘ra eneolit davri va bronza davrining ilk va rivojlangan bosqichi aholisi evropoed irqining sharqiy o‘rta er dengizi tipiga mansub bo‘lgan. mil.avv. II ming yillikka kelib O‘rta Osiyo xalqlari tiplariga ko‘ra bir – birlaridan farqlanuvchi ikki mintaqaga ajraladi. Janubiy mintaqalarda cho‘ziq bosh, qisqa va o‘rtacha qisqa yuzli sharqiy o‘rta er dengizi tipiga oid xalqlar xos bo‘lsa, SHimoliy mintaqalarda yashovchi chorvador qabilalar keng va o‘rtcha keng bo‘lgan protoevropa va adronova tipiga mansub bo‘lgan. ular o‘rtsaidagi chegara tadqiqotchi olimlarning xulosalariga ko‘ra Janubiy Orol buyi, Zarafshonning o‘rta oqimi va Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan. Lekin, ayrim yodgorliklarda, xususan, Tohirboy 3 (Murg‘ob vodiysi) va Ko‘kcha 3 (Xorazm) har ikkala tip vakilliriga tegishli bosh chanoqlar aniqlangan. SHuningdek, Vodil (Farg‘ona) qabristonidan dolixokron tipidagi chanoqlar aniqlangan. Umuman, O‘rta Osiyo aholisi mil.avv. II ming yillikda asosiy ikki guruhga bo‘linsada, Tohirboy 3 va Vodil topilmalari aholi o‘rtasida madaniy aloqalarning chuqurlashuvi va kichik migratsiyalardan dalolat beradi. Mil. avv. II ming yillikning oxiriga kelib, ayrim o‘troq dehqonchilik markazlari (Baqtriya va Marg‘iyona)da qadimgi madaniyatlar inqirozga uchraydi. Mil. avv. I ming yilliklarning boshida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida yangi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari tarkib topadi. Mazkur o‘troq dehqon qabilalar moddiy madaniyati YOz I, II, III, (mil. avv. X-IV asrlar) komplekslari sifatida fanda ma’lum. SHuningdek, bu davrda Farg‘ona vodiysi (CHust va Eylaton), Xorazm, Toshkent va Usturshona hududlarida dehqon va qisman o‘troqlashgan chorvador (Quyisoy) qabilalar, shimoliy va tog‘oldi mintaqalarida chorvador qabilalari tarqalgan edi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling