1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar. Etnografiya, Etnogenezis, qabila, urug‘, jamoa, xalq, 
millat. Xalq og‘zaki ijodi, doston, epos, rivoyat, Qang‘li – qipchok, etnologiya, etnografik-makon 
nukus-mang‘it, san’at, folklor, etnik va oilaviy tuzum, leksikograf, etnogenez, diplomatik missiya, 
antropologiya, Farg‘ona etnografik ekspeditsiya, chigil qabilalari, qiyot-qo‘ng‘irot, “Xudud ul-
olam”. 
Mavzu yuzasidan darsning maqsadi 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Etnogarfik materiallarni to‘plash masalalari. 
Etnografik amaliyotlar. Xalq og‘zaki ijodi namunalari. Urf-odatlar. Mustaqillik davrida milliy 
qadriyatlarimizning qadr topishi va e’zozlanishi. Etnografiya dunyo xalqlarining madaniyatini, 
maishiy hayotini, kelib chiqishi (etnogenezi)ni joylashishi (etnik geografiyasi)ni va madaniyat 
tarixini, o‘zaro aloqa va munosabatlarini o‘rganuvchi fandir. Natijada Surxon vohasi madaniyati va 
ma’naviy hayotida ham ulkan o‘zgarishlar bo‘y cho‘za boshladi. 2009 yil 25 avgustda 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Surxon vohasiga kelib Termiz 
davlat universiteti yangi binosini ochilishi davridagi bergan taklif va tavsiyalari viloyatimiz 
iqtisodiyotida yangi yutuqlar va rivojlanish imkoniyatlarini ochib berdi. SHuningdek, 
yurtboshimizning Surxondaryo viloyatida mavjud etnografik manbalarga alohida e’tibor qaratib, 
“Surxondaryo – etnografik makon” deya ta’kidlab o‘tgan edi. Mana shu hususiyatlari bilan 
etnogafiya fani boshqa tarixiy fanlardan o‘ziga xos xsusiyatlari bilan ajralib turadi. Etnograiya bilan 
chambarchas bog‘liq antropologiya fani ham muhim o‘rin tutadi. 
Odamzod va uning jamiyat tarixi juda qadimiy va murakkabdir. U bir necha yuz ming yilni o‘z 
ichiga oladi. Ana shu ko‘p ming yillik tarixiy davr ichida insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va 
etnoma-daniy rivojlanish darajasiga ko‘ra, qator tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi. 
XX asrning 30-yillarida — O‘rta Osiyoda hali ar-xeologik izlanishlar izga tushib, kishilik 
jamiyati tarixini davrlashtirishda arxeologik manbalardan foydalanish amaliyoti shakllanmagan 
paytda V.V.Bar-told yozma manbalar asosida O‘rta Osiyo xalqlari tarixining davrlashtirish 
tizimini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra, O‘rta Osiyo xalqlari tarixi «Musul-monchilikkacha bo‘lgan 
davr», «Mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davr», «Mo‘g‘ullar davri» va «Temuriylar davri» nomlari bilan 
davrlashtirildi
1
. Biroq, 30- yillar-ning o‘rtalariga kelib, V.V.Bartoldning O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixi haqidagi konsepsiyasida haqiqiy tarixiy jarayonlar o‘z aksini topa olmaganligi ma’-lum 
bo‘lib qoldi. Masalan, V.V.Bartoldning "Axa-moniylar va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijti-moiy 
tuzum nafaqat milodiy VII-VIII asrlarda, balki arablar istilosidan keyingi bir necha asrlar davo-
mida ham shundayligicha saqlanib qolavergan", degan g‘oyasi tarix haqiqatiga zid edi. 


1936 yili Leningradda (hozirgi Sankt-Peter-burgda) SSSR FAsining Moddiy madaniyat tarixi 
institutida O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va arxeologiyasiga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish bo‘lib 
o‘tgan. Yig‘ilishda olimlar O‘rta Osiyoning arablargacha bo‘lgan davr tarixini yoritishda yozma 
manbalarning o‘zi kifoya qilmasligini, binobarin mintaqada arxeologik tadqiqotlar ko‘lamini 
kengaytirish kerakligini alohida ta’kidladilar. Yig‘ilishda V.V.Bartoldning O‘rta Osiyoda 
musulmonchilikka qadar davr tarixi haqidagi konsepsiyasi atrofida ko‘p bahslar bo‘ldi. Olimlar 
orasida V.V.Bartoldning yuqorida zikr etilgan "Urta Osiyoda Axamoniylar va Iskandar Zulqarnayn 
davridagi ijtimoiy tuzum nafaqat milodiy UP-USH asrlarda, balki arablar istilosi-dan keyingi bir 
necha asrlar davomida ham shundayli-gicha saqlanib qolavergan" degan fikriga dadil qarshi 
chiquvchilar ham bo‘ldi. Yig‘ilishda akademik V.V.Struve Qadimgi Sharq materiallariga 
asoslangan holda, "O‘rta Osiyoda musulmonchilikkacha quldorlik jamiyati bo‘lgan", degan g‘oyani 
olg‘a surdi
1
. Keyinroq V.V.Struveni S.P.Tolstov qatgiq himoya qilib chiq-qan. Biroq, mintaqada 
musulmonchilikka qadar yozma manba materiallarining yo‘qligi hamda arxeologik materiallarning 
hali etarli emasligi bois, ko‘pchilik yig‘ilish qatnashchilari O‘rta Osiyoda arablargacha qul-dorlik 
jamiyati bo‘lganligiga shubha bildirdilar. Shundan so‘ng kishilik jamiyati tarixini 5 ta ijti-moiy-
iqtisodiy farmatsiyalarga bo‘lib o‘rganishga o‘ti-lib butun O‘rta Osiyo hududlari bo‘ylab keng 
ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar o‘tkazishga kirishildi.
Qadimgi 
Xorazmda 
S.P.Tolstov 
va 
Ya.G‘.G‘ulomov, 
Zarafshon 
vodiysida 
A.Yu.Yakubovskiy va V.A.Shishkin, "Eski Termiz"da M.E.Masson, Ettisuvda A.N.Bernshtam, 
Farg‘ona vodiysida B.ALatininlar ish olib bordilar. Ikkinchi Jaxon urushi tufayli vaqtinchalik 
faoliyatini to‘xtatgan arxeologik ekspeditsiyalar urushdan so‘ng o‘z ishlarini nafaqat tikladi, balki 
ekspedi-siyalarning ilmiy ishlar ko‘lami yanada kengaydi. To‘plangan boy arxeologik va 
antropologik material to‘p-lamlari chop etildi va ularning taxlili asosida ilmiy monografiyalar va 
respublika xalqlari tarixining dastlabki nashrlari chiqa boshladi
3
. 1948 yili FA Moddiy madaniyat 
tarixi institutining Leningrad bo‘limida O‘rta Osiyoda arxeologik tadqiqotlar olib borishning 
istiqbollari belgilandi va arxeologik materiallar asosida mintaqa xalqlari qadimgi tarixini 
davrlashtirish masalasida maxsus plenum chaqirildi’. 1954 yilda esa Toshkentda O‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston tarixining sovetlargacha bo‘lgan tarixiga bag‘ishlangan ilmiy sessiya o‘tkazildi, unda 
mintaqa xalqlari tarixini davrlashtirish masalasida erishilgan yutuqar va ayrim kamchiliklar ko‘rib 
chi-qiddi. Ana shu ilmiy anjumanda ishlab chiqilgan davrlapggarish prinsiplari asosida O‘zbekiston 
tarixining navbatdagi nashri maydonga keldi. Bunga ko‘ra, ushbu zaminda kishilik jamiyatining 
tarkib topishi, shakllanishi, iqtisodiy va siyosiy hamda etnomadaniy rivojlanishi, kjsalish va davriy 
inqirozlarini kuzatib borish hamda muayyan jamiyatning ijtimoiy tarkibi va mulkka egalik qilish 
tartibini aniqlash davrlashtirishning asosiy mezoni qiib belgilandi.
Ana shu prinsiplar asosida mintaqa tarixini davrlashtirishda sharqshunoslik, arxeologiya, 
etnografiya, antropologiya fani darg‘alari A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, K.V.Trever, 
L.V.Oshanin, Ya.G‘.G‘ulomovlar ilk qaddirg‘ochlar bo‘lishgan edi. 
Shunday qilib, sho‘rolar davri tarix fanida kishilik jamiyati tarixini beshta ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiya (Ibtidoiy jamoa tuzumi, Quldorlik, feodalizm, Kapitalizm va Sotsializm)ga bo‘lib 
o‘rganish an’anaga aylandi
3

SSSR parchalanib, kommunistik g‘oya va sotsializm sistemasi barbod bo‘lgan bugungi kunda 
tarixga, ja-miyat taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga ob’ektiv, aniq va 
birlamchi manbalar asosida yondashishni hayot taqozo etmoqda. Jamiyatning rivojlanish 
qonuniyatlarini beshta formatsiya-ga bo‘lib o‘rganish endilikda zamon talabiga to‘g‘ri kelmay 
qoldi. Chunki O‘rta Osiyo xalqlari tarixi misolida olsak, quldorlik tuzumi alohida ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiya sifatida bizda bo‘lmagan. Sotsialistik jamiyat esa tarix taqozo etmagan xayoliy bir 
o‘ydirma bo‘lib chiqdi. O‘rta Osiyo sharoitida ana shu besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning 
faqatuchtasigina (ibtidoiy jamoa tuzumi, feodal jamiyati va kapitalistik munosabatlarning dastlabki 
bos-qichlari) yuz berganligini ta’kidlash mumkin. Sovet davri jamiyati esa davlat monopolistik 


kapitalizmi shaklida rivojlandi. 
Endilikda tarixni bunday davrlashtirish ma’qul topilmayotgan ekan, biz barpo etayotgan 
demokra-tik jamiyat mustaqillik talablari asosida tarixga yangicha yondoshish, tarixiy jarayonni 
ob’ektiv o‘rga-nib, birlamchi manbalar asosida to‘g‘ri yoritishni talab qilmoqda. Keyingi yillarda 
tariximizning ayrim dolzarb muammolarini yangicha qarashlarasosida yoritishga kirishgan 
bo‘lishimizga qaramay, O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davrlaridan to hozir-gi kunimizga 
qadar bo‘lgan jarayonini davrlashtirish masalasi hozirgacha o‘zining to‘liq ilmiy echimini topgani 
yo‘q. To‘g‘ri, ba’zan ilmiy anjumanlarda, olimlar orasidagi o‘zaro baxs va suxbatlarda tarixni 
davrlash-tirish masalasida sivilizatsion metodni qo‘llash maqsadga muvofiq, degan g‘oyalar ham 
ilgari suriladi. Am-mo bu masalada ham hali aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Darvoqi, tarixni 
sivilizatsion metod asosida davrlashtirish asosida qanday omillar yotadi? 
Ma’lumki, insoniyat tarixi doimo bir tekisda rivojlanmagan. Tarixda yuz bergan davriy 
madaniy yuksaklishlar sivilizatsiyalar (tamaddunlar) tarixi-ni tashkil etadi. Kishilik tarixi o‘z 
taraqqiyot yo‘-lida 5 marta yirik sivilizatsion (tamaddun) yuksalishlarini boshidan kechirdi. 
Birinchi tamaddun dastlab, mil.avv. III ming yilikda Furot va Dajla, Nil va Hind daryolari 
havzalarida yuz berdi. Shuning uchun u tarixga 
«Qadimgi Sharq tamadduni» nomi bilan kirdi. Uning ta’sir doirasi mil.avv. 3 ming yillikning 
oxirlarida shimoli-sharqiy Xurosonga va 2 ming yillik boshlarida Movarounnaxrga yoyildi. 
Ikkinchi jaxon tamadduni mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida Gretsiya va Rimda yuz berdi. U 
tarixda «Antik davr tamadduni» nomi bilan mashxur. Makedoniyalik Iskandarning Qadimgi 
Sharqqa tomon harbiy yurishlaridan so‘ng bu tamaddunning ta’sir doirasi O‘rta Osiyoga kirib keldi 
va «Osiyo-Evropa ellinizm tamadduni»ning shakllanishiga olib keldi. 
Uchinchi tyamddlun o‘chog‘i Movarounnahr va Xuroson bo‘lib, ushbu hududlarda u milodiy 
1X-XII asr boshlarida yuz berdi va uning ta’sirida Yevropa uyg‘ondi. To‘rtinchi tamaddun XIV-
XV asrlarda Yevropa va Osiyoda yuz bergan uyg‘onish davri bilan bog‘liq va nihoyat beshinchi 
tamaddun jamiyat rivojlanishining barcha jabhalarini qamrab olgan XX asr tamaddunidir. 
Tamaddunlar oralig‘ida notekis rivojlanishlar, uzoq yillar davom etgan turg‘unliklar va tez-tez 
davriy inqirozlar yuz berib turgan. Demak, kishilik tarixi uzluksiz davom etgan tamaddunlar 
tarixidangina iborat emas. Shunday ekan, tarixni davrlashtirish uchun tarixiy jarayonlarni 
ob’ektiv aks ettiruvchi omillar asos qilib olinmog‘i kerak. Avvalambor, O‘zbekiston tarixi jahon 
tarixi-ning tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan ta-rixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib 
o‘rga-nish mumkin emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyot qonuniyatlarining 
mahsulidir. Har bir xalq er kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha 
bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Ammo jamiyat rivojlanishi hamma erda birday 
kechmagan. Jamiyat-ning notekis rivojlanish qonuniyati esa qadimgi zamonlarda ko‘proq 
mintaqaning tabiiy- geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, Qadimgi 
SHarqni olaylik. Bu zaminda kishilik tamadduni boshqa mintaqalarga nisbatan ancha oldin 
rivojlangan. Bu erda mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti va uning ekologik imkoniyatlari jami-
yat taraqqiyotining madaniy-xo‘jalik va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish yo‘llarini belgilab berdi, 
ya’ni Qadimgi Sharq rivojlanishning "osiyocha ishlab chiqarish usuli"dan o‘sib chiqqan quldorlik 
shaklidan bordi. Demak, insoniyat tarixini har bir davr va bosqichlarining mazmun va mohiyati 
uning ijtimoiy hamda iqtisodiy ishlab chiqarish xarakteridan, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va 
mafkuraviyrivojlanish holatidan kelib chiqadi. Go‘yoki ana shu prinsipdan kelib chiqib, sobiq sovet 
davri tarixshunosligida O‘rta Osiyoda ham quldorlik ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyasi bo‘lgan edi, 
degan xulosaga kelindi. 
Biroq O‘rta Osiyo Qadimgi Sharq tamaddu-nining tarkibiy qismi bo‘lishiga qaramay, bu erda 
qulchilik Qadimgi Sharqning Misr va Mesopotamiya davlatlaridagidek rivoj topmagan. Chunki 


O‘rta Osiyo sharoitida dastlabki sinfiy jamiyatning shakllanish arafasida jamiyatning asosiy 
xarakat-lantiruvchi kuchlari zrkin dehqon jamoalari — kashovarzlar, ozod shahar hunarmandlari 
— ozodkor-lar va savdo-sotiq jamoalari — guvakorlardan tash-kil topgan. Bu ona zaminda 
qulchilik patriarxal oila jamoasining kichik a’zolari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun 
jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar, O‘rta Osiyo tarixining 
rivojlanish darajasi va ana pgu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O‘rta Osiyo, 
jumladan O‘zbekiston tarixini davrlashgirish mumkin. U holda, O‘zbekiston tarixini 
davrlapggarishda quyidagi uch omil taklif etilayotgan yangi davriy sistemaning asosini tashkil etadi: 
1. Har 
bir davrda 
jamiyat 
iqtisodiy 
asosini harakatlantiruvchi kuchlari 
kimlar edi? 
2. 
Mulkka egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? 
3. 
Jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosi- ni qanday mafkura tashkil etgan? 
Ana shu uch omilga tayangan holda, O‘rta Osiyo tari-xi davrlashtirilsa, uning yuragi, ajralmas 
tarki-biy qismi hisoblangan O‘zbekiston tarixini quyi-dagi xronologik davriy tizimda ko‘rish 
mumkin: 
1. Uzbekistonda "Ibtidoiy to‘da davri". Bu davr-ning xronologik chegarasi odamzodning 
Fergantrop-Neandertal ajdodlari yashagan davri (mil.avv. 1 mil-lion-12 ming yilliklar) bilan 
belgilanadi. Bu davrda mulkchilikning hech bir shakli bo‘lmagan. Odamzod ilk ibtidoiy xolatidan 
tom ma’nodagi odam holatiga o‘tish, fikrlovchi odam bo‘lib shakllanish jarayonini boshi-dan 
kechirgan. Toshdan mehnat qurollari yasash va ular yordamida ijtimoiy mehnat qilishi bilan 
boshqa jonzodlardan tubdan farq qilgan. Ammo ularning mafkuraviy dunyosi tartibsiz «nikoh» 
me’yorlari aso-sida qurilgan edi. Bu davr odamlarida hali jamoa bo‘lib yashash ko‘nikmalari 
shakllanmagan edi. O‘zbekistonda «Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish 
davri». Uning xronologik chegarasi — urug‘ jamoalarining tarkib topishidan (bundan 40 ming yil 
avval) milodiy III asrlargacha.Bu davrda jamiyat iqtisodiy hayotining ijtimoiy tarkibi dastlab 
matriarxat urug‘ jamoalari an’analari va so‘ng patriarxat urug‘ jamoalarining erkin dehqon jamoa 
a’zolari — kashovarz, ozodkor va guvakorlardan tapjil topgan. Mulkka egalik qilish dastlab 
(matriarxat davrida) ijtimoiy xarakterda, so‘ng (patriarxat davrida) erkin ishlab chiqarish jamoa 
a’zolariga tegashli xususiy mulk shakllanadi. Jamiyat maf kuraviy asosini dastlab tabiat 
hodisalariga sig‘inish: totemistik, animistik, sehrgarlik (matriarxatda),otashparastlik diniy 
qarashlar (patriarxatda), so‘ng esa zardushtiylik va buddaviylik, moniylik, nasroniylik va 
shamanizm tashkil etadi. 
2. 
O‘zbekistonda «Ilk o‘rta asrlar davri». Uning xronologik chegarasi — milodiy 1P-1U asrlardan 
to IX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda feodal mulkchilikning badavlat 
dehqonzodalar timsolida shakllanishi va rivojlanishi, erkin dehqon jamoa a’zolar — 
kashovarzlarni kadivarlarga aylanish jarayonining jadal kechishi kuzatiladi. Mulkchilikda xususiy 
mulk, jamoa mulki, vag‘nze mulki (zar- do‘shtiylik ibodatxonalariga tegishli mulki) tarkib topadi. 
O‘rta Osiyoda turkiy etnik qatlamning qalinlashishi bilan bog‘liq etnomadaniy jarayonlar jadal 
kechadi. Davlatchilikning muhim bosqichlaridan hisoblangan maxalliy hokimiyatchilik bu davr 
davlat tizi-mining asosiga aylanadi, yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchi eftaliylar davlati va turk 
xoqonligi siyosiy va harbiy hakimiyatni qo‘lga tutgan holda, maxalliy boshqaruv tizimi asoslariga 
putur etkazmay saqlab qoladi, nihoyat, maxalliy davlatchilik qurilmalari negizida markazlashgan 
feodal somoniylar davlati asoslari yaratiladi. Bu davrning mafkuraviy asosida dastlab (IV- VI 
asrlar) asosan zardo‘shtiylik, qisman nasroniylik, moniylik va buzdaviylik yotadi. Arab 
istilolalaridan so‘ng (VIII asrdan boshlab) jamiyatning ma’naviy, axloqiy va mafkuraviy 
dunyosini islom e’tiqodi egallaydi. 
3. 
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixining «O‘rta asrlar davri». Uning xronologik doirasi —
somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Bu davrdafeodal munosabatlarining uzil- kesil shakllanishi va rivojlanishi, yuksakliklarga 


ko‘tarilishi va nixoyat o‘zaro ichki va tashqi feodal jangu jadallar tufaylijamiyat iqtisodiy va siyosiy 
hayotida turg‘unlik va inqirozlar kuzatiladi, jamiyat ijtimoiy tarkibini asosan koranda-ijarachilar 
va katta mulk egalari tashkil etadi, mulkka egalik qilishning xususiy va vaqf mulk tartibi 
mustahkamlanadi, mulkchilikdadavlat (amloq) va "iqto" (davlat oldidagi xizmatlariuchun 
podsholik tomonidan in’om etiladigan) mulkishakllari paydo bo‘ladi va mustaxkamlanadi, 
jamiyatma’naviy hayotining mutloq asosini islom mafkurasi qamrab oladi. 
4. 
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini 
«Mustamlakachilik va milliy uy-g‘onish davri» deb atash mumkin. Uning xronologik chegarasi 
CHor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabrto‘ngarishiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Bu davrda Rossiya kapitalining O‘rta Osiyoga kirib kelshpi mukosabati bilan o‘lkada kapitalistik 
ishlab chiqarish munosabatlari shakllanib boradi, ishlab chiqarishidaga yangi munosabatlar tufayli 
klerikal feodal tartiblari va an’anaviy xalq hunarmandchiliginingzaminiga zil ketib, jamiyat ijtimoiy 
tarkibida yollanma mehnat resurslari va maxalliy burjuylar hamda millat va vatan tavdiri to‘g‘risida 
qayg‘uruvchi milliy ziyolilar tabaqasi paydo bo‘ladi. Mulk egaligining xususiy, davlat, vaqf 
mulki tartibi saqlanadi, mahalliy axoli ma’naviy hayotining mafkurasi sifatida islom ortoldoksal 
yo‘nalishida davom etadi. Jadidchilik timsolida o‘rta asrlar davri feodal biqiqligidan chiqishga 
intilish, G‘arb dunyosi bilan aloqa qilish, ular ta’sirida avom xalqni ma’rifatga tortish harakatlari 
jonlanadi. Mamlakat er osti va er usti boylik zaxiralarini shakllanib kelayotgan maxalliy 
ishbilarmonlar tashabbusida kapitalistik ishlab chiqarish yo‘nalishiga solib yuborish foydadan xoli 
emasligiga tushunib etish ko‘zga tashlana boradi. 
5. 
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri «Sovetlar davri» bo‘lib, bu davrda jamiyat hayotining 
barchajabhalari kommunistik mafkura g‘oyalari asosida qurildi, jamiyat ijtimoiy tarkibi ishchi va 
dexqonsinfi hamda ularning avangard otryadi ziyolilar tabaqasidan iborat bo‘ldi.
Mulkchilikning ijtimoiy xarakteri ta’kidlansa-da, amalda mulkchilikning davlat monopolistik 
kapitalizmi hukmronlik qilgan. Konstitutsiyada din erkinligi qayd qilinsada, amaliy hayotda 
ateistik dunyoqarash jamiyat ma’naviy va mafkuraviy asosini tashkil etdi. 
6. 
O‘zbekiston tarixining ettinchi davri o‘z mazmun-mohiyati bilan «Milliy istiqlol, 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri» deb atashni taqozo etadi. Bu davr o‘zbek
xalqi va davlatchiligining yangi sahifasi, milliy boyliklar va ishlab chiqarishning barcha 
jabhalari bo‘yichaerishilgan yutuqlarning xalq manfaatiga yo‘naltirilgan davri, milliy 
qadriyatlarning qaytadan tiklanish davri, dunyo xaritasida «O‘zbekiston Respublikasi» deb 
ataluvchi suveren davlatni jahon hamjamiyati va jamoatchiligi tomonidan tan olingan davri sifatida 
tarixga kiradi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat, mayda va o‘rta xususiy mulk egaligi jamiyat 
ijtimoiy tarkibining mutlaq asosiga aylanishi,mustaqillik mafkurasi va uni jamiyat a’zolari 
tomonidan chuqur idrok etilishi qurilayotgan huquqiy demokratik va fuqarolik jamiyati mazmunini 
tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari uchun diniy erkinlik, diniy bag‘rikenglik nafaqat qonunda, 
balkiamaliy hayotda ham o‘z aksini topadi. 
Yuqorida qayd etilgan xar bir davr o‘z navbatida bir necha tarixiy bosqichlardan iborat bo‘lib, 
ular haqidagi tegishli tafsilotlar hamda ularning mazmun-mohiyati tarix fanida hozirgacha amal 
qilib kelayotgan davrlashtirish prinsiplari bilan qiyosiy o‘rganib chiqildi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling