1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Antropologiyaarxeologik qazishmalar jarayonini YAngi paleoantropologik ma’lumotlar 
yig‘ish va ularni tadqiq etishni talab etadi. Ma’lumki, antropologlar turli tarixiy davrlarga iod odam 
suyaklarini o‘rganishlari natijasida ularning tashqi qiyofalarini tiklab, qaysi antropologik irqqa oid 
ekanligshini aniqlaydilar.Antropologiya odamnig kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqining 
paydo bo‘lishi haqidagi fan hisolanadi. Antropologiyaga oid ma’lumotlar bundan birnecha ming 
oldin bo‘lganiga qaramay u fan sifatida 19- asrning ikkinchi yarmida fansi fatida shakllana 
boshladi. 
Antropologiya bir qancha qismlarga bo‘linadi odam marfologiyasi, antropogenez, 
irqshunoslik. Marfologiya odamning jismoniy tuzulishidagi belgilarning yosh, jinsi, kasb va tashqi 
sharoitiga qarab o‘zgarishini o‘rganadi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va 
sabablarini, ularning er yuzi bo‘ylab taqalishini hamda etnogeniz masalalarini echiga yordam 
beradi. 
O‘lkamiz o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra o‘tmishda irqiy va etnik jarayonlarni boshidan 
kechirgan, shuningdek, qo‘shni xalqlarning ham tarixiy taqdirini belgilab berishda katta ahamiyat 
kasb etgan. O‘lkamiz antropologik jihatdan 3 ta viloyatga ajratilgan. Amudaryo va Sirdaryo 
oralig‘ida yashovchi qadimgi ajdodlarimiz er yuzidagi uch irqning biri evropoid irqining “O‘rta 
Osiyo ikki daryo oralig‘i” tipiga masub bo‘lganligi aniqlangan. 
Etnografiya(yunon, etnos – xalq, grapxo – yozaman, xalq haqida ma’lumotlar; 
xalqshunoslik) xalq, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy madaniyati xo‘jaligi, diniy e’tiqodlari, 
folklor va hokazolarni o‘rganadi. Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo‘lib, uning tadqiqot 
obe’kti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning o‘zaro o‘xshashligi va tafovutlari, kelib chiqishi va 
joylashishi, madaniy-maishiy aloqalari, ijtimoiy va oilaviy turmush kabi ma’lumotlarni o‘rganadi. 
Xalq, qabila va urug‘ nomlari, inson qo‘li va aql –zakovati bilan yaratilgan qurol va 
buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og‘zaki va yozma adabiyotda 
saqlanib qolgan o‘tmish urf-odat va an’analari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba 
hisoblanadi. Hech bir inson bir-biriga tabiati va harakteri, hulq-atvori va his tuyg‘ulari bilan to‘liq 
o‘xshashashlikka ega bo‘lmaganidek, etnoslar ham bir- biriga to‘la o‘xshamaydi.
Ammo tabiiy –geografik muhit va ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ta’siri ostida tarixiy 
umumiylikka ega bo‘lgan xo‘jalik-madaniy va tarixiy etnogrofik tiplar yuzaga kelgan. SHuning 
uchun etnografiya fanining dolzarb umumiy muammolarini hozirgi etnoslarning kelib chiqishi, 
etnik tarixi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzulishi, an’naviy mashg‘ulotlari, madaniy tarixiy 
munosabatlari, moddiy va manaviy madaniyati, ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush hususiyatlarini 
tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda o‘rganish zarur. 
Hozirgi vaqtda etnografiyaning diqqat markazida murakkab etnik jarayonlar, xalq va 
elatlarning maishiy va madaniy hayotida paydo bo‘layotgan barcha yangilik ( inovatsiya)lar, 
turmushtarzidagi ba’zi o‘zgarishlar, umumiy va hususiy belgilarning ananaviy tumush unsurlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan muhim muommolar ham kundalang bo‘lib turibdi. Etnografiya qadimgi 
ajdodlarmizing o‘tmishdagi etnik jarayonlari, maishiy turmush va ma’naviy madaniyat qoldiqlari 
hamda hususiyalvrini ham o‘rganadi. Masalan saklar, masagetlar, so‘g‘dliklar, baqtriyaliklar, 


xorazmliklar va marg‘iyonaliklar etnografik jihatdan kam o‘rganilgan. Yozuvsiz xalqlarning 
qadimiy tarixini o‘rganishda etnografik tadqiqotlarning o‘rni muhim sanaladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling