1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Tarixiy geografiya Hozirda tarixchi va geograf olimlar tarixiy geografiya bilan tarix 
o‘rtasidagi farqni juda yaxshi tushunadilar. Geografiya tarixi (ko‘pincha uni geografik bilimlar 
tarixi ham deb atashadi) geografik kashfiyotlar va sayohatlar, shuningdek, geografik tasavvurlar, 
umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini o‘rganadi. Tarixiy geografiya fani 
esa o‘tmishni geografiya bilan bog‘lab o‘rganadi. Shu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy 
geografiya bitta ob’ektni farqli jihatlarda tadqiq etadi. Zamonaviy geografiya mazkur ob’ektni 
hozirgi holatini o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidagi o‘zgarishlarini tahlil qiladi. 
Tarixiy geografiya alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o‘sishi haqidagi 
ma’lumotlarni aniqlashtiradi. Yoki tarixiy voqea- hodisalarning bo‘lib o‘tgan joylarini, geografik 
shart-sharoitlarini tahlil qiladi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o‘rganadi, ammo 
shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo‘lmaydi, chunki geografiya fanida 
ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun muhimdir. Tarixiy geografiya 
tarixiy bilimlarning asosiy tarmog‘i bo‘lib, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o‘rganib 
bo‘lmaydi. Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi tasavvurimiz to‘liq va mukammal shakllanmaydi. 
Me’moriy yodgorliklar.O‘zbekistonda me’morchilik tarixi juda qadimga borib taqaladi. 
SHuning uchun ham bugungi kunda o‘lkamizdagi me’moriy yodgorliklar kishinig diqqat e’tiborni 
o‘ziga tortadi. (Sopollitepa, Qo‘yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, 


Qanqa va boshq..). 
Bizga ma’lumki Aleksandr va uning vorislari davrida Ellinistik davlatlarida shaharsozlik 
madaniyati yuksak darajada rivojlandi.Bu davrda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi o‘lkamizda ham 
shaharsozlik rivojlandi. Er.avv. IV-III asrlarga kelib shaharlar rejali ravishda qurila boshladi. Uning 
tashqi ko‘rinishi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, o‘rtasidan shoh ko‘cha o‘tgan. O‘rta Osiyo 
davlatlarining xalqaro maydonga tortilishi yaqin sharqdagi ellin davlatlari shaharsozligi bilan 
tanishishga imkon yaratdi. Bu esa ellin shaharsozlik an’analarini O‘rta Osiyo sharoitidan kelib – 
chiqib o‘zlashtirishga, uyg‘unlashuviga olib keldi. Lekin O‘rta Osiyo ellin shaharlarida bari bir 
milliylik saqlanib qolindi. 
Antik davrida O‘rta Osiyo shaharlari aniq me’moriy echimlar asosida shakllangan. Shaharlar 
to‘g‘ri to‘rtburchakda yoki to‘g‘ri burchakli qilib, markazni kesib o‘tuvchi va har qaysi tomondan 
asosiy darvozaga olib chiquvchi katta ko‘chalarni nazarda tutib rejalashtirilgan. Me’moriy 
qonuniyatlar o‘lkamizdagi barcha antik davri shaharlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Buxoro, Samarkand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon kabi ko‘hna shaharlar 
o‘zining me’moriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Mag‘oki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon 
majmui, Labi hovuz majmui, Samarkand Registoni, undagi Ulug‘bek madrasasi, Sherdor 
madrasasi, Tillakori masjid madrasa va b.) bilan dunyoga tanilgan. O‘zbekistonda 
Me’morchilikning taraqqiyoti Amir Temur va temuriylar davrida o‘zining yuqori cho‘qqisiga 
ko‘tarildi. Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlari, ayniqsa Amir Temur sa’yi harakatii tufayli 
tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Ko‘ksaroy ko‘shklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Ko‘k gumbaz, 
Jome’ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad ko‘tardi. Shohizinda kabi me’moriy 
inshootlar bunyod bo‘ldi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling