1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Xudud-ul-olam”
- Kitab al- ansob
- «Mu’jam al-buldon»
- Tarixiy o‘lkashunoslikning fan sifatida shakillanishi va rivojlanishi tarixidan.
“Kitob al-masolik va-l-mamolik”Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi
mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko‘handiz), shahar qo‘rg‘oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo‘lgan. Qal’a arablar istilosi davrida xarob etilganicha, hali tiklanmagan edi. Shahar eniga va bo‘yiga 2 km dan ortiqroq maydonni ishg‘ol qilgan va 4 ta darvozasi (tashqi devorda 2 ta darvoza) bo‘lgan. Shahar yonidan daryo oqib o‘tishi, iqlimi issiqligi, mevalar mo‘l-ko‘lligi ta’kidlangan. “Xudud-ul-olam” muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor. Unda shaharning shahriston, ko‘handiz va rabodi borligi, uning yonidan oqib o‘tuvchi daryo suvidan dehqonchilida foydalanilishi, yaqinidagi tog‘lardan tuz va boshqa qazilma boyliklar qazib olinishi yozilgan. Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167) «Kitab al- ansob»qomusiy asarida O‘rta Osiyo tabiati, xo‘jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari hahida qimmatli ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Kesh shahri Naxshabga nisbatan kichikroq va mahalliy aholi shahar nomini «Kishsh» shaklida talaffo‘z qiladi, deyiladi. Kesh viloyatida esa o‘nta qishloqning nomi va o‘rni qayd etilgan. Yohut al-Xamaviyning (1179-1229) «Mu’jam al-buldon» asari SHarq mamlakatlari, jumladan, O‘rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muhim qomusiy manba. Mazkur asarda Kesh shahrining nomi arabcha talaffuzda «Kis» shaklida yozilgani aytilgan. Kesh shahri va viloyatidagi qishloqlar haqida qisqa geografik ma’lumotlar berilgan. Tarixiy o‘lkashunoslikning fan sifatida shakillanishi va rivojlanishi tarixidan. O‘lkani o‘rganish masalasi O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus tadqiqotchilari O‘rta Osiyoni Rossi imperiyayasi tomonidan bosib olinishidan oldin bu o‘lkani o‘rganish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan o‘lka haqidagi dastlabki ma’lumotlardan birini 1819- 1822 yillarda Xivaga sayohat qilgan N.N. Muravev berib o‘tadi. U Kaspiy dengizini ko‘zdan kechirib, uning sharqiy qirg‘oqlarini o‘rganadi. Shuningdek, Xiva xonligi aholisining turmush tarzi urf odatlari, tabiati to‘g‘risida ham ma’lumotlar beradi. 1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligida elchilar tashrif buyuradi. Elchilar tarkibida bosh shtab ofetsirlaridan K. Meyendorf, V.D. Volxoskiy, A.K. Temofiev, tabiatshunos X. Pander va sayyoh E.A. Eversmanlar ham bor edi. Ular Buxoro xonligida tadqiqot ishlarini olib borishadi. To‘plangan ma’lumotlarni K.Meyndorf 1826 yili Parijda kitob qilib chop etadi. Kitobda Buxoroning geografiyasi, aholisi, xo‘jaligi va davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar bayon qilingan. 1832 yil G.S. Karelin Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qirg‘oqlarini tadqiq etish maqsadida rus hukumatining ekspeditsiyasiga boshchilik qiladi. Bir necha oylik tadqiqotlardan so‘ng avgust oyi boshida kuzatuvlar yakunlandi. Karelin Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy xaritasini yaratadi. Uning tarkibida tog‘ injenerlari, tabiatshunoslar va bir qancha topograflar bor edi. Tabiatshunos A.A. Leman va topograf YA.P. Yakovlevlar Buxorodan Samarqandga yo‘l olishadi. Sentyabr oyida Leman o‘zining sheriklari bilan yuqori Zarafshon vodiysiga- Fan daryo (68 0 30 sharqiy kenglik)gacha borib, Ko‘li-Kulon ko‘ligacha ko‘tariladilar. Leman bu erlarning go‘zalligidan hayratlanib «Osiyoning Shveysariyasi» deb ataydi. U Panjikentda ham bo‘ladi. Samarqandga qaytgach, Samarqanddan shimoli– sharqqa va janubga–Zarafshon tizmasining g‘arbiy qismlarini tekshirishga kirishib, shu tariqa 300 km masofani bosib o‘tadi. YA.P.Yakovlev Markaziy Buxoroning ilk xaritasini tuzadi. Bu xarita s’yomkalar natijasida yaratilgan bo‘lib, Turkiston tizmasi tuzilishi bir oz noto‘g‘ri berilgan. Zarafshonning g‘arbiy qismi esa haqiqatga yaqinroq. Orol dengizidagi s’yomkalarni amalga oshirish uchun-harbiy dengizchi F.Butakov boshchiligida ekspeditsiya XIX asrning o‘rtalarida Orolga yuborilgan. 1849-1850 yilning qishida Orenburga qaytgan Butakov dengizining birinchi qiyosiy xaritasini tuzadi. Ekspeditsiya hujjatlari va karta podshoga jo‘natiladi. Aynan Butakov 1852 yili Orol dengiziga paroxod qatnovini tashkil etadi. Rossiya imperiyasi ma’murlarining O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishi natijasida barcha jabhalarda o‘lkaga rasmiy rus ekspeditsiyalari uyushtirila boshlanadi.. Uning tarkibida sharqshunos N.V.Xanikov topograflar Yakovlev, Plontnikov, Chalpanov, Petrov va boshqalar qatnashadi. Ekspeditsiya natijasida to‘plangan ma’lumotlarni 1843 yilda N.V.Xanikov kitob qilib chiqaradi. 1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirig‘i bilan A.L. Kun o‘lka tarixida birinchi bo‘lib Zarafshon vohasida qazish (arxeologik) ishlarini olib boradi va qadimiy obidalarning qoldiqlari va boshqa moddiy ashyolarni topadi.A.Kun tomonidan to‘plangan qadimiy topilmalar Samarqanddan Toshkentga so‘ng Rossiyaga jo‘natilgan bu topilmalar Peterburgdagi Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yilishi lozim edi. A.Kun Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tuzish maqsadida 1870-1871yillarda Samarqand shahridagi me’moriy yodgoliklarning suratlarini oladi. 1875 yili Afg‘oniston – Buxoro chegarasida yuzaga kelayotgan voqealar munosabati bilan Kaufman buyrug‘iga ko‘ra harbiy topografik ekpeditsiya uyushtiriladi. Ekspeditsiya a’zolari Hisor va Kulob tumanlarida ham bo‘lishadi. Ekspeditsiya a’zosi Vishnevskiy Xisor, Kulob va Zarafshonning yuqori ya’ni tog‘li tumanlarining xaritasini chizadi va hali noma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. N.Maev esa ekspeditsiya uyushtirilgan hududlarning tarixiy, topografik va antropologik tafsilotlari haqida ma’lumotlar to‘pladi. N.Maev o‘sha yili Buxoro amirligi hududlaridan o‘tuvchi ba’zi yo‘llarni o‘rganib chiqadi va yangi ma’lumotlarni beradi. Xususan tog‘li Ko‘hitang qishlog‘idan 4 tomonga: G‘uzor, Tanga Haram (hozirgi Dehqonobod), Sherobod va Kalifga yo‘l o‘tganligini aniqlab, murakkab tog‘li dovon yo‘llarining yo‘nalishlarini aniqlaydi. N.Maev bu yo‘llar ichida Ko‘hitangdan Sherobodgacha bo‘lgan yo‘lni juda qulay ekanligini ta’kidlaydi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida 1887 yilga kelib Amudaryo filoteliyasi ochilib, katta – katta kemalar va paroxodlar qatnay boshlaydi. Bu harbiy maqsadni ko‘zlab qilingan bo‘lsada Buxoro amirligida savdo-sotiq rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Amudaryo filoteliyasi ochilgandan so‘ng Buxoro amirligida suv yo‘lidan foydalanish ikki-uch baravarga oshdi, bu esa qo‘shni hududlar bilan savdo sotiq ishlarini olib borishda ancha qulayliklar yaratdi. Harbiy maslahatchi kapitan Petrov Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va hozirgi Turkmaniston hududlarida joylashgan bekliklarni bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘llarni o‘rganib chiqib, ularning oraliq masofalarini aniqlaydi va bu yo‘llar haqida batafsil ma’lumot beradi. Boysun bekligida Machaydan quyiga qarab ikkita tog‘li yo‘l o‘tgan bo‘lib, ular daryoning o‘ng va chap tomonlaridan o‘tgan. Bu yo‘llar tog‘lar orqali o‘tib, chuqur dara bo‘ylab Darbandga kelgan u erdan Boysun, Sherobod va G‘uzorga boruvchi yo‘llarga tutashib ketgan. Bu yo‘nalishdan tashqari Darbanddan Xomkantog‘i va Qoraxaval davoni orqali kichik O‘ra daryo bo‘ylab yo‘l ham mavjudligini aniqlaydi. Shuningdek, tog‘li yo‘llarni ham o‘rganib bu yo‘llar yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berib o‘tgan. Bu yo‘llar Qashqadaryo Surxondaryo va hozirgi Tojikiston hududlaridan o‘tgan. Sarijuydan To‘palang oqimi bo‘ylab tog‘li davon orqali o‘tuvchi uchta yo‘l mavjud bo‘lib: birinchisidan Chosh dovoni orqali Toshqo‘rg‘on darasi va Yakkabog‘ qo‘rg‘oniga borilgan; ikkinchisidan Shoturud daryosi bo‘ylab, shu nomli dovon orqali Shahrisabz va Kitobga o‘tilgan; uchinchi yo‘l sharqqa tomon yo‘nalib, undan Nigaband va Zevar qishloqlari hamda Ziyonkuk davoni orqali Panjikentga borilgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga nisbatan bo‘lgan qiziqishi toboro ortib bordi. Shu niyatda Nikolay I 1854 yil 22 oktyabrda Sank-Peterburg dorilfununida Sharq tillari bo‘limini Sharq tillari fakultetiga aylantirish haqidagi farmonga imzo chekadi. Bu yangi fakultetda Sharq tillari kafedrasi ochilib, O‘rta Osiyoning tarixi va tarishunosligini chuqurroq o‘rganishga e’tibor qaratadi. N.V. Xanikov ekspeditsiya ma’lumotlari asosida 1843 yilda “Opisanie Buxarskogo xanstva” (Buxoro xonligi tavsifi) asarini yozadi. 1859 yil martida Ch. Ch. Valixonov markaziy Tyanshanga sayoham qilib o‘z sayohatlari haqida sharqiy Turkistonning ilk marotaba tarixiy-geografik, etnografik taxlilini ilmiy tarzda yozib qoldirgan. 1860-1861 yillarda Ch.Ch. Valixonov O‘rta Osiyoning xaritasini tuzadi. 1868-1870 yillarda A.P. Fedchenko, O.A. Fedchenkolar O‘rta Osiyoda tadqiqot ishlarini olib bordi. A.P. Fedchenko o‘zining birinchi ishini O‘rta Osiyoning iqlimini kuzatishdan boshladi. 1869 yilning 31 yanvaridan 4 fevraligacha (Samarqandda) olib borgan kuzatishlari bu erning iqlimi Norvegiya poytaxti Aslo iqlimiga, 10-14 fevral orasidagi kuzatishlari Rim iqlimiga o‘xshashligini ta’kidlaydi. Zarafshon vohasini zoologik jihatdan o‘rganishda A.P. Fedchenkoning xizmati katta. U qisqa vaqt mobaynida 8 ming dan ortiq hashorat, qush va hayvon turlarini yig‘ib kolleksiya qiladi. Uning rafiqasi O.A. Fedchenko esa Zarafshon vodiysi o‘simliklari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdi. Shuningdek, u tabiat, mahalliy xalq turmushi va mehnat qurollari haqida muhim ma’lumotlar yig‘adi. 1970 yilga kelib Fedchenko yana Turkistonga sayohat qiladi. Ushbu ekspeditsiyaning maqsadi Iskandarko‘l, Yagnob vodiysi tumanlarini tadqiq etishdan iborat edi. 1871 yilga kelib esa qo‘qon xonligiga sayohat qiladi. Bu ebkspidetsiya janubiy Tyanshan, Farg‘ona, Oloy va Pomir tog‘larining geografiyasi bo‘yicha fanga boy va qiziqarli materiallar beradi. Ekspidetsiya so‘ngida qo‘qon xonligi va Amudaryoning yuqori oqimi aks ettirilgan xaritasini yaratadi. A.P. Fedchenko sayohatlarini ta’riflab I.V. Mushketov shunday yozgan edi. «A. P. Fedchenko sayohatlari o‘z mashg‘ulotlarining kengligi bilan emas balki kuzatuvlarining ajoyib tashkil etilishi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bosib o‘tilgan erlar ko‘p emas, ammo qo‘lga kiritilgan natijalari shunchalik ahamiyatli va muhimki bu boshqa ko‘p yillik va bir necha ekspidetsiyalar uchun sharaf bo‘lur edi». A. Butakov tadqiqotlaridan yarim asr o‘tkach, 1900-1902 yillarda Orol dengizini kompleks ravishda L.S. Berg tekshirdi. U dengizning g‘arbiy-sharqiy va shimoliy qirg‘oqlarini kuzatadi. A. Butakov tuzgan kartaning bir necha joylarini yanada aniqlashtiradi. L.S. Berg 1908 yilda Orol dengizi nomli monografiyasini yozadi va kitobga ikkita karta ham ilova qilinadi. Shuningdek, Berg Orol va Kaspiy dengizlarining XIII-XV asrlarda yo‘q bo‘lganihaqida tasavvurlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.1863 yilda rus harbiy-topografik deposi tomonidan «O‘rta Osiyo kartasi nashr etiladi». U yangi astronomik aniqliklar bilan ishlab chiqilgan edi. A.Kun Zarofshon vohasida ilk bor arxeologik qazish ishlarini olib, bordi. Kun qazish vaarxeologik materiallarni o‘rganishda mahalliy aholinig bilimdon vakillarini ham jalb qildi. Masalan, Mirzo Mullo Abduxarmon ibn Muhammad Latif, Muhtojir Samarqandiylar shular jumlasidandir. 1870 yilda Kun boshchiligida Iskandar ko‘lga ekspeditsiya uyushtiriladi. Bu ekspeditsiyaga Mirzo Mullo Abduxarmon ibn Muhammad Latif hamrohlik qiladi. U safar ta’surotlari asosida “Ro‘znomaiy safariy Iskandarko‘l” (Iskandar safari kundaligi) asarini yozadi. Unda Zarafshon daryosining yo‘qori qi smida joylashgan barcha aholi manzilgohlari haqida ma’lumot beriladi. Kundalikda mazkur joylarda yashovchi aholining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, turmush-tarzi, urf-odatlari to‘g‘risida hamda ba’zi arxeologik yodgorliklar to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tilgan. Kun tadqiqotlarining eng muhim natijasi shundan iboratki, 1871-1872 yillrada Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tuzadi va Samarqand me’moriy obidalarini suratga oladi. Biroq, savoblar ishlar bilan bir qatorda, Zarafshon vohasida ham butun o‘lkada bo‘lgani kabi rus amaldorlari, harbiy va savdogarlari o‘rtasida qadimiy noyob narsalarga bo‘lgan g‘arazli qiziqishi kuchayib bordi. Ular har ixil yo‘llar bilan qadimiy noyob narsalarni qo‘lga kiritishga urindilar. Masalan, A.Kun general Abramovga yo‘llagan maktubida mahalliy millat vakillaridan uch kishi uning iltimosiga ko‘ra Buxorodan oltin va boshqa metallardan ishlangan tangalarni olib kelganligini. Ularga bir xil narx taklif qilganligiga qaramay, Samarqand bo‘limi boshlig‘i padpalkovnik Serovga undan ham qimmatroq narxlarda sotganligini ta’kidlaydi. A.Kun general Abramovdan Rossiya hukumati amaldorlarining qadimiy noyob topilmalar bilan o‘lkada chayqovchilik qilishining oldini olish bo‘yicha chora – tadbirlar ko‘rishini so‘raydi. Abramov javobida A.Kun bu masalada haq ekanligini tan olsada bu ishga aralashishdan qat’iy bosh tortadi va amaldorlarning o‘lka xususiy mulkiga tegish mumkin emasligini ta’kidlaydi. General Abramovning A. Kunga bergan javobidan ruhlangan rus amaldorlari yanada yirik ishlarni qilishga yo‘l ochib berdi. Ba’zi amaldorlar arxeologik topilma nima ekanligini bilmasdan Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarini qazishga tushdilar. Bunday qazish ishlari o‘lkada ommaviy tus olib ketganligi boisdan o‘z boshimchalikni cheklash uchun Turkistondagi chor hukumati 1871 yil 3 martida 942 sonli maxsus qaror chiqarishga majbur bo‘ldi. Bu qarorga ko‘ra shaxsan Fon Kaufmanning ruxsatisiz hech qanday qazish ishlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Biroq, bu ko‘rsatma ham to‘liq samara bermadi. SHunga o‘xshash qarorlar 1879, 1882,1892 yillarda ham e’lon qilindi. SHu o‘rinda N.I. Veselovskiy quyidagi jumlalarini ta’kidlaydi: “Mana bu – haqiqiy harbiy boshqaruvdir... Biz bu erga sivilizatsiya keltirdik, deb o‘ylaymiz... Biz bo‘ysundirgan O‘rta Osiyoliklarga tinchlik, osoyishtalik, xavsizlik keltirdik, deb o‘ylaymiz... Ammo bularning hammasidan a’loroq bir saodat bor. Bu milliylik, milliy g‘ururdir... Bo‘ysundirilgan musulmonlarning ahvolini tushunish kerak. Siyosiy o‘lim og‘ir, ammo millatning o‘limi yanada fojealiroqdir. Bizning hukmronligimiz vaqtida ular milliy qiyofasini yo‘qotdilar. Milliylikning boshqa biror baxt – soadat bilan almashtirish mumkin emas. Bizning hukmronligimizga qarshi harakatlar portlashiga ajablanmasak ham bo‘ladi. Axir milliy manfaatlar degan gap bor. Xalq to‘qmi, yaxshi kiyinmaganmi, och yupunmi, bundan qat’iy nazar milliy manfaatlar tashqariga otilib chiqishi mumkin”. 1879 yil O‘rta Osiyoda ham temir yo‘l qurish va Amudaryoda kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun kompleks ekspeditsiya amalga oshirildi. Ekspeditsiya tarkibiga graf Rastovsev, injener Yapukov, professor Sarokin, padpolkovnik Maev va boshqalar qatnashdi. Bu tadqiqotdan asosiy maqsad O‘rta Osiyoning qaysi yo‘nalishida temir yo‘l qurish, yo‘l qurish uchun qulay bo‘lgan joylarni aniqlash, Buxoro amirligi chegaralarini mustahkamlash va nazorat qilish qulay bo‘lishi uchun Amudaryo filoteliyasini ochishni maqsad qilib qo‘yilgan edi. 1887 yilda Amudaryo flotiliyasi ochiladi. dastlab ishga tushirilganda «Sar» va «Saritsa» deb nomlangan paroxodlar va ikkita temir barjalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. 1895 yilga kelib qo‘shimcha “Sesarevich” nomli poroxod qatnovi yo‘lga qo‘yildi. SHundan so‘ng yanada ko‘plab poroxod va va po‘lat barjlar olib kelindi. 1897 yil “Velikiy knyaz”, “Velikaya knyajna Olga”, 1901 yilda “Imperator Nikolay II” poroxodlari olib kelinib qatnovga qo‘yildi . Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling