1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

“Kitob al-masolik va-l-mamolik”Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi 
mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko‘handiz), shahar 
qo‘rg‘oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo‘lgan. Qal’a arablar istilosi davrida 
xarob etilganicha, hali tiklanmagan edi. Shahar eniga va bo‘yiga 2 km dan ortiqroq maydonni 
ishg‘ol qilgan va 4 ta darvozasi (tashqi devorda 2 ta darvoza) bo‘lgan. Shahar yonidan daryo oqib 
o‘tishi, iqlimi issiqligi, mevalar mo‘l-ko‘lligi ta’kidlangan. 
“Xudud-ul-olam” muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur 
asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor. Unda shaharning 
shahriston, ko‘handiz va rabodi borligi, uning yonidan oqib o‘tuvchi daryo suvidan dehqonchilida 
foydalanilishi, yaqinidagi tog‘lardan tuz va boshqa qazilma boyliklar qazib olinishi yozilgan. 
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167) «Kitab al-
ansob»qomusiy asarida O‘rta Osiyo tabiati, xo‘jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari hahida qimmatli 


ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Kesh shahri Naxshabga nisbatan 
kichikroq va mahalliy aholi shahar nomini «Kishsh» shaklida talaffo‘z qiladi, deyiladi. Kesh 
viloyatida esa o‘nta qishloqning nomi va o‘rni qayd etilgan. 
Yohut al-Xamaviyning (1179-1229) «Mu’jam al-buldon» asari SHarq mamlakatlari, 
jumladan, O‘rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muhim qomusiy 
manba.
Mazkur asarda Kesh shahrining nomi arabcha talaffuzda «Kis» shaklida yozilgani aytilgan. 
Kesh shahri va viloyatidagi qishloqlar haqida qisqa geografik ma’lumotlar berilgan. 
Tarixiy o‘lkashunoslikning fan sifatida shakillanishi va rivojlanishi tarixidan. 
O‘lkani o‘rganish masalasi O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus tadqiqotchilari O‘rta Osiyoni Rossi imperiyayasi tomonidan 
bosib olinishidan oldin bu o‘lkani o‘rganish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdilar. 
Jumladan o‘lka haqidagi dastlabki ma’lumotlardan birini 1819- 1822 yillarda Xivaga sayohat 
qilgan N.N. Muravev berib o‘tadi. U Kaspiy dengizini ko‘zdan kechirib, uning sharqiy qirg‘oqlarini 
o‘rganadi. Shuningdek, Xiva xonligi aholisining turmush tarzi urf odatlari, tabiati to‘g‘risida ham 
ma’lumotlar beradi. 
1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligida elchilar tashrif buyuradi. Elchilar 
tarkibida bosh shtab ofetsirlaridan K. Meyendorf, V.D. Volxoskiy, A.K. Temofiev, tabiatshunos X. 
Pander va sayyoh E.A. Eversmanlar ham bor edi. Ular Buxoro xonligida tadqiqot ishlarini olib 
borishadi. To‘plangan ma’lumotlarni K.Meyndorf 1826 yili Parijda kitob qilib chop etadi. Kitobda 
Buxoroning geografiyasi, aholisi, xo‘jaligi va davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar bayon 
qilingan. 
1832 yil G.S. Karelin Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qirg‘oqlarini tadqiq etish 
maqsadida rus hukumatining ekspeditsiyasiga boshchilik qiladi. Bir necha oylik tadqiqotlardan 
so‘ng avgust oyi boshida kuzatuvlar yakunlandi. Karelin Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy 
xaritasini yaratadi. Uning tarkibida tog‘ injenerlari, tabiatshunoslar va bir qancha topograflar bor 
edi. Tabiatshunos A.A. Leman va topograf YA.P. Yakovlevlar Buxorodan Samarqandga yo‘l 
olishadi. Sentyabr oyida Leman o‘zining sheriklari bilan yuqori Zarafshon vodiysiga- Fan daryo 
(68 
0
30 sharqiy kenglik)gacha borib, Ko‘li-Kulon ko‘ligacha ko‘tariladilar. Leman bu erlarning 
go‘zalligidan hayratlanib «Osiyoning Shveysariyasi» deb ataydi. U Panjikentda ham bo‘ladi. 
Samarqandga qaytgach, Samarqanddan shimoli– sharqqa va janubga–Zarafshon tizmasining 
g‘arbiy qismlarini tekshirishga kirishib, shu tariqa 300 km masofani bosib o‘tadi. 
YA.P.Yakovlev Markaziy Buxoroning ilk xaritasini tuzadi. Bu xarita s’yomkalar 
natijasida yaratilgan bo‘lib, Turkiston tizmasi tuzilishi bir oz noto‘g‘ri berilgan. Zarafshonning 
g‘arbiy qismi esa haqiqatga yaqinroq. 
Orol dengizidagi s’yomkalarni amalga oshirish uchun-harbiy dengizchi F.Butakov boshchiligida 
ekspeditsiya XIX asrning o‘rtalarida Orolga yuborilgan. 1849-1850 yilning qishida Orenburga 
qaytgan Butakov dengizining birinchi qiyosiy xaritasini tuzadi. Ekspeditsiya hujjatlari va karta 
podshoga jo‘natiladi. Aynan Butakov 1852 yili Orol dengiziga paroxod qatnovini tashkil etadi. 
Rossiya imperiyasi ma’murlarining O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishi natijasida barcha 
jabhalarda o‘lkaga rasmiy rus ekspeditsiyalari uyushtirila boshlanadi.. Uning tarkibida sharqshunos 
N.V.Xanikov topograflar Yakovlev, Plontnikov, Chalpanov, Petrov va boshqalar qatnashadi. 
Ekspeditsiya natijasida to‘plangan ma’lumotlarni 1843 yilda N.V.Xanikov kitob qilib chiqaradi. 
1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirig‘i bilan A.L. Kun o‘lka tarixida 
birinchi bo‘lib Zarafshon vohasida qazish (arxeologik) ishlarini olib boradi va qadimiy 
obidalarning qoldiqlari va boshqa moddiy ashyolarni topadi.A.Kun tomonidan to‘plangan qadimiy 
topilmalar Samarqanddan Toshkentga so‘ng Rossiyaga jo‘natilgan bu topilmalar Peterburgdagi 
Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yilishi lozim edi.
A.Kun Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tuzish maqsadida 1870-1871yillarda 


Samarqand shahridagi me’moriy yodgoliklarning suratlarini oladi. 
1875 yili Afg‘oniston – Buxoro chegarasida yuzaga kelayotgan voqealar munosabati bilan 
Kaufman buyrug‘iga ko‘ra harbiy topografik ekpeditsiya uyushtiriladi. Ekspeditsiya a’zolari Hisor 
va Kulob tumanlarida ham bo‘lishadi. Ekspeditsiya a’zosi Vishnevskiy Xisor, Kulob va 
Zarafshonning yuqori ya’ni tog‘li tumanlarining xaritasini chizadi va hali noma’lum bo‘lgan 
ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. N.Maev esa ekspeditsiya uyushtirilgan hududlarning tarixiy, 
topografik va antropologik tafsilotlari haqida ma’lumotlar to‘pladi. 
N.Maev o‘sha yili Buxoro amirligi hududlaridan o‘tuvchi ba’zi yo‘llarni o‘rganib chiqadi 
va yangi ma’lumotlarni beradi. Xususan tog‘li Ko‘hitang qishlog‘idan 4 tomonga: G‘uzor, Tanga 
Haram (hozirgi Dehqonobod), Sherobod va Kalifga yo‘l o‘tganligini aniqlab, murakkab tog‘li 
dovon yo‘llarining 
yo‘nalishlarini aniqlaydi. N.Maev bu yo‘llar ichida Ko‘hitangdan 
Sherobodgacha bo‘lgan yo‘lni juda qulay ekanligini ta’kidlaydi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida 1887 yilga kelib Amudaryo filoteliyasi ochilib, katta 
– katta kemalar va paroxodlar qatnay boshlaydi. Bu harbiy maqsadni ko‘zlab qilingan bo‘lsada 
Buxoro amirligida savdo-sotiq rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Amudaryo filoteliyasi 
ochilgandan so‘ng Buxoro amirligida suv yo‘lidan foydalanish ikki-uch baravarga oshdi, bu esa 
qo‘shni hududlar bilan savdo sotiq ishlarini olib borishda ancha qulayliklar yaratdi. 
Harbiy maslahatchi kapitan Petrov Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va hozirgi 
Turkmaniston hududlarida joylashgan bekliklarni bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘llarni o‘rganib 
chiqib, ularning oraliq masofalarini aniqlaydi va bu yo‘llar haqida batafsil ma’lumot beradi. Boysun 
bekligida Machaydan quyiga qarab ikkita tog‘li yo‘l o‘tgan bo‘lib, ular daryoning o‘ng va chap 
tomonlaridan o‘tgan. Bu yo‘llar tog‘lar orqali o‘tib, chuqur dara bo‘ylab Darbandga kelgan u erdan 
Boysun, Sherobod va G‘uzorga boruvchi yo‘llarga tutashib ketgan. Bu yo‘nalishdan tashqari 
Darbanddan Xomkantog‘i va Qoraxaval davoni orqali kichik O‘ra daryo bo‘ylab yo‘l ham 
mavjudligini aniqlaydi. 
Shuningdek, tog‘li yo‘llarni ham o‘rganib bu yo‘llar yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berib 
o‘tgan. Bu yo‘llar Qashqadaryo Surxondaryo va hozirgi Tojikiston hududlaridan o‘tgan. Sarijuydan 
To‘palang oqimi bo‘ylab tog‘li davon orqali o‘tuvchi uchta yo‘l mavjud bo‘lib: birinchisidan Chosh 
dovoni orqali Toshqo‘rg‘on darasi va Yakkabog‘ qo‘rg‘oniga borilgan; ikkinchisidan Shoturud 
daryosi bo‘ylab, shu nomli dovon orqali Shahrisabz va Kitobga o‘tilgan; uchinchi yo‘l sharqqa 
tomon yo‘nalib, undan Nigaband va Zevar qishloqlari hamda Ziyonkuk davoni orqali Panjikentga 
borilgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga nisbatan 
bo‘lgan qiziqishi toboro ortib bordi. Shu niyatda Nikolay I 1854 yil 22 oktyabrda Sank-Peterburg 
dorilfununida Sharq tillari bo‘limini Sharq tillari fakultetiga aylantirish haqidagi farmonga imzo 
chekadi. Bu yangi fakultetda Sharq tillari kafedrasi ochilib, O‘rta Osiyoning tarixi va 
tarishunosligini chuqurroq o‘rganishga e’tibor qaratadi. 
N.V. Xanikov ekspeditsiya ma’lumotlari asosida 1843 yilda “Opisanie Buxarskogo 
xanstva” (Buxoro xonligi tavsifi) asarini yozadi. 
1859 yil martida Ch. Ch. Valixonov markaziy Tyanshanga sayoham qilib o‘z sayohatlari 
haqida sharqiy Turkistonning ilk marotaba tarixiy-geografik, etnografik taxlilini ilmiy tarzda yozib 
qoldirgan. 1860-1861 yillarda Ch.Ch. Valixonov O‘rta Osiyoning xaritasini tuzadi. 
1868-1870 yillarda A.P. Fedchenko, O.A. Fedchenkolar O‘rta Osiyoda tadqiqot ishlarini 
olib bordi.
A.P. Fedchenko o‘zining birinchi ishini O‘rta Osiyoning iqlimini kuzatishdan boshladi. 
1869 yilning 31 yanvaridan 4 fevraligacha (Samarqandda) olib borgan kuzatishlari bu erning iqlimi 
Norvegiya poytaxti Aslo iqlimiga, 10-14 fevral orasidagi kuzatishlari Rim iqlimiga o‘xshashligini 
ta’kidlaydi. Zarafshon vohasini zoologik jihatdan o‘rganishda A.P. Fedchenkoning xizmati katta. 
U qisqa vaqt mobaynida 8 ming dan ortiq hashorat, qush va hayvon turlarini yig‘ib kolleksiya 
qiladi. Uning rafiqasi O.A. Fedchenko esa Zarafshon vodiysi o‘simliklari to‘g‘risida ko‘plab 


ma’lumotlar to‘playdi. Shuningdek, u tabiat, mahalliy xalq turmushi va mehnat qurollari haqida 
muhim ma’lumotlar yig‘adi. 
1970 yilga kelib Fedchenko yana Turkistonga sayohat qiladi. Ushbu ekspeditsiyaning 
maqsadi Iskandarko‘l, Yagnob vodiysi tumanlarini tadqiq etishdan iborat edi. 1871 yilga kelib esa 
qo‘qon xonligiga sayohat qiladi. Bu ebkspidetsiya janubiy Tyanshan, Farg‘ona, Oloy va Pomir 
tog‘larining geografiyasi bo‘yicha fanga boy va qiziqarli materiallar beradi. Ekspidetsiya so‘ngida 
qo‘qon xonligi va Amudaryoning yuqori oqimi aks ettirilgan xaritasini yaratadi. 
A.P. Fedchenko sayohatlarini ta’riflab I.V. Mushketov shunday yozgan edi. 
«A. P. Fedchenko sayohatlari o‘z mashg‘ulotlarining kengligi bilan emas balki kuzatuvlarining 
ajoyib tashkil etilishi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bosib o‘tilgan erlar ko‘p emas, ammo 
qo‘lga kiritilgan natijalari shunchalik ahamiyatli va muhimki bu boshqa ko‘p yillik va bir necha
ekspidetsiyalar uchun sharaf bo‘lur edi». 
A. Butakov tadqiqotlaridan yarim asr o‘tkach, 1900-1902 yillarda Orol dengizini kompleks 
ravishda L.S. Berg tekshirdi. U dengizning g‘arbiy-sharqiy va shimoliy qirg‘oqlarini kuzatadi. A. 
Butakov tuzgan kartaning bir necha joylarini yanada aniqlashtiradi. L.S. Berg 1908 yilda Orol 
dengizi nomli monografiyasini yozadi va kitobga ikkita karta ham ilova qilinadi. Shuningdek, Berg 
Orol va Kaspiy dengizlarining XIII-XV asrlarda yo‘q bo‘lganihaqida tasavvurlarning noto‘g‘ri 
ekanligini isbotlaydi.1863 yilda rus harbiy-topografik deposi tomonidan «O‘rta Osiyo kartasi nashr 
etiladi». U yangi astronomik aniqliklar bilan ishlab chiqilgan edi. 
A.Kun Zarofshon vohasida ilk bor arxeologik qazish ishlarini olib, bordi. Kun qazish 
vaarxeologik materiallarni o‘rganishda mahalliy aholinig bilimdon vakillarini ham jalb qildi. 
Masalan, Mirzo Mullo Abduxarmon ibn Muhammad Latif, Muhtojir Samarqandiylar shular 
jumlasidandir. 1870 yilda Kun boshchiligida Iskandar ko‘lga ekspeditsiya uyushtiriladi. Bu 
ekspeditsiyaga Mirzo Mullo Abduxarmon ibn Muhammad Latif hamrohlik qiladi. U safar 
ta’surotlari asosida “Ro‘znomaiy safariy Iskandarko‘l” (Iskandar safari kundaligi) asarini yozadi. 
Unda Zarafshon daryosining yo‘qori qi smida joylashgan barcha aholi manzilgohlari haqida 
ma’lumot beriladi. Kundalikda mazkur joylarda yashovchi aholining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, 
turmush-tarzi, urf-odatlari to‘g‘risida hamda ba’zi arxeologik yodgorliklar to‘g‘risida ham 
ma’lumot berib o‘tilgan. 
Kun tadqiqotlarining eng muhim natijasi shundan iboratki, 1871-1872 yillrada Turkiston 
o‘lkasining arxeologik albomini tuzadi va Samarqand me’moriy obidalarini suratga oladi. Biroq, 
savoblar ishlar bilan bir qatorda, Zarafshon vohasida ham butun o‘lkada bo‘lgani kabi rus 
amaldorlari, harbiy va savdogarlari o‘rtasida qadimiy noyob narsalarga bo‘lgan g‘arazli qiziqishi 
kuchayib bordi. Ular har ixil yo‘llar bilan qadimiy noyob narsalarni qo‘lga kiritishga urindilar. 
Masalan, A.Kun general Abramovga yo‘llagan maktubida mahalliy millat vakillaridan uch 
kishi uning iltimosiga ko‘ra Buxorodan oltin va boshqa metallardan ishlangan tangalarni olib 
kelganligini. Ularga bir xil narx taklif qilganligiga qaramay, Samarqand bo‘limi boshlig‘i 
padpalkovnik Serovga undan ham qimmatroq narxlarda sotganligini ta’kidlaydi.
A.Kun general Abramovdan Rossiya hukumati amaldorlarining qadimiy noyob topilmalar 
bilan o‘lkada chayqovchilik qilishining oldini olish bo‘yicha chora – tadbirlar ko‘rishini so‘raydi. 
Abramov javobida A.Kun bu masalada haq ekanligini tan olsada bu ishga aralashishdan qat’iy bosh 
tortadi va amaldorlarning o‘lka xususiy mulkiga tegish mumkin emasligini ta’kidlaydi. 
General Abramovning A. Kunga bergan javobidan ruhlangan rus amaldorlari yanada yirik 
ishlarni qilishga yo‘l ochib berdi. Ba’zi amaldorlar arxeologik topilma nima ekanligini bilmasdan 
Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarini qazishga tushdilar. Bunday qazish ishlari o‘lkada ommaviy 
tus olib ketganligi boisdan o‘z boshimchalikni cheklash uchun Turkistondagi chor hukumati 1871 
yil 3 martida 942 sonli maxsus qaror chiqarishga majbur bo‘ldi. Bu qarorga ko‘ra shaxsan Fon 
Kaufmanning ruxsatisiz hech qanday qazish ishlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Biroq, bu 
ko‘rsatma ham to‘liq samara bermadi. SHunga o‘xshash qarorlar 1879, 1882,1892 yillarda ham 


e’lon qilindi. 
SHu o‘rinda N.I. Veselovskiy quyidagi jumlalarini ta’kidlaydi: “Mana bu 
– 
haqiqiy harbiy boshqaruvdir... Biz bu erga sivilizatsiya keltirdik, deb o‘ylaymiz... Biz 
bo‘ysundirgan O‘rta Osiyoliklarga tinchlik, osoyishtalik, xavsizlik keltirdik, deb o‘ylaymiz... 
Ammo bularning hammasidan a’loroq bir saodat bor. Bu milliylik, milliy g‘ururdir... 
Bo‘ysundirilgan musulmonlarning ahvolini tushunish kerak. Siyosiy o‘lim og‘ir, ammo millatning 
o‘limi yanada fojealiroqdir. Bizning hukmronligimiz vaqtida ular milliy qiyofasini yo‘qotdilar. 
Milliylikning boshqa biror baxt – soadat bilan almashtirish mumkin emas. Bizning 
hukmronligimizga qarshi harakatlar portlashiga ajablanmasak ham bo‘ladi. Axir milliy manfaatlar 
degan gap bor. Xalq to‘qmi, yaxshi kiyinmaganmi, och yupunmi, bundan qat’iy nazar milliy 
manfaatlar tashqariga otilib chiqishi mumkin”. 
1879 yil O‘rta Osiyoda ham temir yo‘l qurish va Amudaryoda kemalar qatnovini yo‘lga 
qo‘yish uchun kompleks ekspeditsiya amalga oshirildi. Ekspeditsiya tarkibiga graf Rastovsev, 
injener Yapukov, professor Sarokin, padpolkovnik Maev va boshqalar qatnashdi. Bu tadqiqotdan 
asosiy maqsad O‘rta Osiyoning qaysi yo‘nalishida temir yo‘l qurish, yo‘l qurish uchun qulay 
bo‘lgan joylarni aniqlash, Buxoro amirligi chegaralarini mustahkamlash va nazorat qilish qulay 
bo‘lishi uchun Amudaryo filoteliyasini ochishni maqsad qilib qo‘yilgan edi. 1887 yilda Amudaryo 
flotiliyasi ochiladi. dastlab ishga tushirilganda «Sar» va «Saritsa» deb nomlangan paroxodlar va 
ikkita temir barjalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. 1895 yilga kelib qo‘shimcha “Sesarevich” nomli 
poroxod qatnovi yo‘lga qo‘yildi. SHundan so‘ng yanada ko‘plab poroxod va va po‘lat barjlar olib 
kelindi. 1897 yil “Velikiy knyaz”, “Velikaya knyajna Olga”, 1901 yilda “Imperator Nikolay II” 
poroxodlari olib kelinib qatnovga qo‘yildi . 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling