1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Samarqandshahri to‘g‘risida X asr arab geografi Istaxriy fikr bildirib shaharni 
“Mavoraunnahrning quruqlikdagi bandargohi” deb tarif beradi. IX-XII asrlarda shahar hayoti 
Shahriston devorlaridan tashqariga chiqib, Cho‘ponota tepaliklaridan tortib Darg‘om daryosi 


etaklariga, Zarafshon vodiysining bepayon kengliklariga yoyilgani takidlangan. Manbalarda 
keltirilishicha, Samarqand o‘zining ko‘klamzorligi bilan mashhur bo‘lgan. 
Istahriyning ta’rifiga ko‘ra Samarqandda so‘g‘d daryosidan janubda joylashgan va undan 
baland turgan shahardir. Bu erda ark, shahriston va rabod bor. Men arkka ko‘tarilib, inson ko‘zi 
hech qachon ko‘rmagan ajoyib manzaralardan birini, ko‘m-ko‘k daraxtlarni hashamatli qasrlarni 
oqayotgan kanallarni va uzliksiz barq urib turayotgan madaniyatni ko‘zdan kechirdim. Bularning 
hammasi hamisha mavjlanib turgan kanallarda va suvga to‘la havzalarda aks etadi. Samarqandda 
qal’a va to‘rtta darvoza bor. Sharqiy darvoza “Xitoy darvozasi” deb ataladi u tepalikda joylashgan. 
Ana shu joydan ko‘p sonli zinopoyalar orqali so‘g‘d daryosiga tushiladi. G‘arbiy darvoza Navbahor 
deb ataladi. U ham tepalikda joylashgan.
Shimoliy darvoza Buxoro darvozasi. Janubiy darvoza – Katta darvoza ham deb atalishini 
takidlagan. 
Nasaf, Istahriy ma’lumotiga ko‘ra, Nasaf-kuhanduz, shahriston va raboddan iborat yirik 
shahar edi. Shaharni daryo kesib o‘tgan bo‘lib, shahar darvozalari (Buxoro, Samarqand, Kesh, 
Gubdin) qo‘shni yirik shaharlar va aholi punktlariga eltuvchi nomlar bilan atalgan. Nasaf rabodi 
ham devor bilan o‘ralganva uning to‘rt darvozasi bo‘lgan. Bu darvozalar Samarqand, Kesh, Kajarit 
va Gubdin deb nomlangan. Jome’ masjidi rabodda, bozorlar yonida yirik bozor qad ko‘targan. 
Ibn Havqal ma’lumotiga ko‘ra Gubdin darvozasi yonida yirik bozor bo‘lganligini ta’kidlaydi. 
Sa’moniy (XII) Nasafda uning mahalla, to‘rt ko‘cha, ikki masjid, bir darvoza va bir rabod 
bo‘lganligini sanab o‘tadi.XVII asr muallifi Mag‘mud ibn Valining yozishicha “Mo‘g‘il 
Kepakxon u erda Saroy qurdiradi. Saroy mo‘g‘ilcha “Qarshi” deb atalganligi uchun u joylashgan 
shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo‘ldi. U kichik bo‘lsa ham did bilan reja asosida qurilgan. 
Unda ko‘plab bog‘lar va ekin maydolari mavjud. Ularda madrasa, xonaqa, masjidlar va hamomolar 
mavjud”. Kesh shahri haqida Ibn Xavqal bunday yozadi: “Kesh esa ko‘handiz, qo‘rg‘on va 
rabodga ega bo‘lgan shahardir. Shuningdek rabodga tutashib ketgan boshqa madina ham mavjud. 
Undagi uylar loy va yog‘ochdan qurilgan”. Al-Maqdisiy ham Kesh madina va rabodga ega 
bo‘lgan shahar bo‘lganligini yozgan. Uning tavsifi hozirgi Shahrisabz o‘rnida bo‘lgan Keshga 
to‘g‘ri keladi, chunki manbada ichki madina ko‘handizi bilan (Kitob o‘rnidagi ilk Kesh) 
tashlandiq holdaligi, tashqisida esa aholi zich joylashganligi ta’kidlangan. Lekin jome’ masjid 
vayron bo‘lgan madinada, bozorlar esa rabodda joylashgan. “Uning imoratlari, deb yozadi al-
Maqdisiy, -Buxorodagi kabi loy va yog‘ochdan qurilgan”. 
Ibn Xavqalning “Yo‘llar va yurtlar”asarida Kesh haqida quyidagi ma’lumotlar saqlangan: “Kesh 
shahristonida to‘rt darvoza bor: Temir darvoza, uning yonida Ubaydulloh darvozasi va to‘rtinchisi 
tashqi shahar darvozasi. Tashqi shaharda ikkita darvoza bor: ichki shahar darvozasi va Barkanon 
darvozasi. Siyom tog‘laridan boshlangan daryo shaharning janubida oqadi, yana bir daryo - Asrud; 
Qashqrud rustoqidan boshlanib, shaharning shimolida oqadi”. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling