1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Muzeylar (yun. musion — muzalarga bag‘ishlangan joy) — tarixiy, moddiy va ma’naviy 
yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-
ma’rifiy muassasalar hisoblanadi. 
Muzey xazinasida, asosan, moddiy ashyolar, tasviriy san’at va san’at asarlari, yozma 
manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma 
hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. 
O‘zbekistonda Muzeylar 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-asr. boshida 
O‘zbekistonda faqat 3 muzey Toshkent o‘lkashunoslik muzeyi (1876. xozirgi.Uzbekiston tarixi 
muzeyi).Samarkand xalq muzeyi (1896, hozirgi.Uzbekiston xalqlari madaniyti va sanati tarixi 
muzeyi).Farg‘ona xalq muzeyi (1899, hozirgi.Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi) bor edi. 
O‘sha davirda ularning to‘plamlari kam bo‘lib, ekspozitsiyalariningko‘pi tasodifiy materiallardan 
tashkil topgan. 20-asrning. 20-yillaridan boshlab, turli sohadagi Muzeylar tashkil qilindi. Muzeylar 
va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o‘tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi va boshqa qator yangi muzeylar 
tashkil etildi. Mavjud muzeylarning ilmiy konsepsiyasi milliy g‘oya asosida qayta tuzilib, 
ekspozitsiyalari takomillashtirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 17 ta tarix, 27 ta o‘lkashunoslik, 
10 ta badiiy, 24 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta aniq fanlar muzeylari faoliyat ko‘rsatmoqda Ularda 
o‘zbek va jahon xalqlari tarixi va madaniyatiga doir turli eksponatlar saqlanadi. 
Tarixiy o‘lkashunoslikning shakillanishiga doir dastlabki ma’lumotlar 
O‘lkamiz haqidagi daslabki malumotlar «Avesto»da uchraydi. Unda qadimgi 
viloyatlarning nomlari berilgan. «Yasht» kitobining uchinchi va «Videvdatning birinchi bobida 
sanab o‘tilgan «Yasht» ro‘yxatidagi birinchi mamlakat eroniy qabilalarning vatani- «Aryonam 
Vayjo» (Oriylarning sayhon erlari)ni sanab o‘tgan. U yurtda yaylovlarga ega baland tog‘lar, keng 
va chuqur ko‘llar bo‘lgan. Keyingi mamlakatlar ro‘yxatida Mouru, Gava So‘g‘da, Xvarizam 
keltiriladi. 


O‘rta Osiyoning qadimgi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq masalalar Eron 
manbalarida: Behustin qoya tosh bitiklari, Suza va Persipol shahar xarobalaridan topib o‘rganilgan 
sopollarga bitilgan hujjatlar, ahamoniy hukmdorlarining Saroyida xizmat qilgan yunon tabibi 
Ktesiyning «Persika» va Geradotning «Tarix» kitoblarida ham qimmatli mia’lumotlar mavjud. 
Keyingi Eron hujjatlari va Behustin qoya toshlarida Avestoda keltirilgan viloyatlar ularga 
ahamoniy shohlarning yurishlari va O‘rta Osiyo xalqlari va o‘lkalarining ahamoniylar ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
«Avesto» va qadimgi manbalarda o‘lkamiz turlicha - Aryonam Vayjo– Aryoshayyona, 
Turon, Movarounnahr, Turkiston kabi nomlar bilan atalib kelgan. Ayrim o‘lkalar yirik tarixiy-
madaniy viloyatlar Baqtriya, Maarg‘iyona, Sug‘diyona, Xorazm, Ustrushona, Choch, Farg‘ona 
kabi nomlar bilan atalgan. Bu hududlarning geografik markazi ikki daryo oralig‘i bo‘lib (Amudaryo 
va Sirdaryo) u arablar tomonidan Movarounnahr, deb atalgan. Evropa tarixshunoslari Amudaryo 
va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni «Transoksoniya» deb ataganlar. 
O‘rta asrlar davri mualliflari «Turon» geografik tushunchasini etarli tasvirlaydilar. Ba’zi 
tarixchilar va geograflarning aytishicha, Turon – bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan 
ma’noni bildirib, keyinchalik «Turkiston» tushunchasiga aylangan. XVI-XVII asrlarga qadar 
tarixiy geografik adabiyotlarda, Turkiston o‘lkasi sifatida noaniq tasvirlaganlar. 
IX- XX asr boshlariga oid adabiyotlarda Turkiston ikki geografik qismga bo‘lib 
ko‘rsatilgan; Sharqiy Turkiston (sinszyan – uyg‘ur o‘lkasi) va G‘arbiy Turkiston (O‘rta Osiyo) . 
O‘lkamiz to‘g‘risida ilk bor ishonchli geografik ma’lumotlarni arab sayyohlari berib o‘tgan 
(IX-XII asrlar). Ular Orol dengizi, Amudaryo Sirdaryo oralig‘idagi erlarni yaxshi bilganlar va bu 
hududlar to‘g‘risda turli xil ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arab sayyohlari o‘lkamizning barcha 
hududlarida bo‘lib, u erlarda yashovchi aholining turmish tarzi, shahar va qishloqlari to‘g‘risida 
qiziqarli boy ma’lumotlar qoldirishgan. 
Buxoro Arablar istilosidan avval Buxoro shahri O‘rta Osiyoning yirik savdo va madaniy 
markazlaridan biri edi. O‘sha davrlarda Buxoroning hududi 30-35 ga teng bo‘lgan. SHahar devorlar 
bilan o‘rab olingan 7 ta darvozadan iborat bo‘lgan. Shahristondan g‘arbda Ark joylashgan. Arablar 
istilosigacha Arkda shahar hokimlari Buxor-xudotlar yashardi. Arablar shaharni bosib olgandan 
so‘ng bu erda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar. 
VIII asrga kelib Samarqand shahriga nisbatan ham obrusi ortib bordi. Bu davrda shahar 
SHahriston qismga ajratilgan. Al Istaxriy Buxoroda bo‘lgan davrda shaharning shahriston 
qismidagi darvozalarining nomlarini keltirib o‘tadi. 1.Madina darvozasi; 2. Nur darvozasi; 3. 
Podkopo darvozasi; 4. Temur darvoza; 5. Bonu Asad darvozasi; 6. Bonu Sad darvozasi 
bo‘lganligini ta’kidlaydi. 
IX-asrga kelib Buxoroda Somoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Buxoro shahrini o‘z 
poytaxti qilib oladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda hunarmandchilik savdo va madaniyat juda tez 
rivojlandi. Ayniqsa, rus davlati bilan savdo sotiq ishlari kuchayyadi. Somoniylar davrida 
shaharning tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, aholisi ancha ko‘paydi. SHahriston atrofida yangi mahallalar, 
guzarlar, bozorlar, ustaxonalar paydo bo‘ldi. 967 yilda Abubakr boshchiligida qo‘zg‘olon 
boshlanadi. O‘sha davrda Buxoroda o‘z aro munosabatlarning rivojlangan davr hisoblanardi. 
SHu vaqtdan boshlab shahar bo‘lina boshlandi. U asosan uch qismga Ark, SHaxriston va Rabotga 
ajratiladi. 
Registon maydoni shaharning ma’muriy markazi bo‘lib qoldi. Bu erda devonlar, ya’ni 
asosiy muassasalar joylashdi. Registon atrofida saroy amaldorlarining urug‘ aymoqlariga tegishli 
hashamatli uylar quriladi. Shaxriston chegarasidan tashqarida Rabod paydo bo‘ldi. Aholi o‘z xunar 
–kasblariga ko‘ra joylashgan edi. Rabodning ayrim qismlari devor bilan o‘rab oinadi. Bulardan 
tashqari shahar hududi 11 ta darvozali baland devorlar bilan o‘rab olinadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling