1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


O‘lka tarixini o‘rganishda dastlabki ilmiy jamiyatlarning paydo bo‘lishi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

 O‘lka tarixini o‘rganishda dastlabki ilmiy jamiyatlarning paydo bo‘lishi 
O‘lkani o‘rganishda statistik qo‘mitalar ham muhim rol o‘ynadi. 1868 yilning yanvarida 
Turkiston statistika qo‘mitasi tuzilib, uning tashabbusi bilan 1872 yilda Turkiston o‘lkasi satistikasi 
uchun materiallar nomli to‘plam chop etila boshlandi. 1872-1876 yillar ichida 5 ta to‘plam chop 
etildi. 1887 yil yanvaridan boshlab Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida statistika 
qo‘mitalari tuzildi. Qo‘mitalar viloyatlarga xos obrazda nashr qilinib, ularda aholining turmush-
tarzi mashg‘ulotlari, sug‘orilish tizimi, sog‘liqni saqlash, maorif va boshqalar to‘g‘risida 
ma’lumotlar berilib borildi. 
O‘rta Osiyo xalqlarining turmushiga va tarixiga doir turli xabarlar va ilmiy maqolalar 
«Turkiston vedimosti» hamda «Turkiston viloyatining gazetasi» (Toshkent 1870-1917 yillar) va 
boshqa mahalliy matbuotda muntazam bosilib turdi.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi A. Navoiy noli 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi) o‘lkani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi barcha tadqiqotchilar 
ayniqsa, mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1870 yilda O‘rta Osiyo olimlari jamiyati paydo bo‘ldi. Bu jamiyat o‘z oldiga O‘rta Osiyo 
tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, sitatistikasi, iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to‘plash va ishlash 
tarqatishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Shu yil A.P. Fedchenkoning ishtirokida tibbiyot, arxeologiya, 
antropologiya va etnografiya havaskorlar jamiyatining Turkiston bo‘limi ochildi. Ulardan tashqarii 
o‘lkada Farg‘ona tibbiyot jamiyati (1892-1910), Turkiston shifokorlari jamiyati (1899- 1909), 
Turkiston tibbiyot jamiyati (1900-1908), Turkiston o‘lka tibbiyot va shifokorlar jamiyati (1913-
1922 yillar) ish olib bordi. 
1895-yili V.V.Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan “Turkistonlik havaskor 
arxeologlar” to‘garagi ta’sis etildi va uning ustavi tasdiqlandi. Bu to‘garak a’zolari o‘lkadagi 
arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va ularni ilmiy jihatdan tadqiq etishni o‘z odiga maqsad qilib 
qo‘ydilar. V.V.Bartold arxeologik qidiruv ishlariga mahalliy kadrlarni jalb qilib, ularning bilim va 
tajribalaridan foydalanishga ham alohida e’tibor berdi. U “Turkistonda arxeologik tadqiqotlarning 
umumiy ahvoli va fan oldida turgan vazifalari” deb nomlangan ma’ruzasida o‘lkada ilm-fanni 


rivojlantirishda mahalliy bilimdonlarni jalb qilish va bu ishda mahalliy bilimdonlarning ahamiyati 
katta ekanligini ta’kidlaydi. 
Bu davrda mahalliy aholi orasidan ham arxeologiyaga qiziquvchilar paydo bo‘la boshladi. 
Toshkentlik Akrom Polvon Asqarov, buxorolik Muxammad Vafo, samarkandlik Mirza Buxoriy, 
Mirza Barot va boshqalar shular jumlasidandir. Shulardan Akrom Asqarov birinchi havaskor o‘zbek 
arxeologi nomi bilan mashhur. Uning numizmatika kolleksiyasida 15000 dan ortiq(17 ta oltin 1498 
ta kumush va 13537 ta mis) tanga pullarbo‘lgan.Uning kolleksiyasidan sopol haykalchalar va sopol 
idishlar ham o‘rin olgan edi. To‘plangan kolleksiyalardan 504 tasi hozirda Sank-Peterburgda 
Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling