1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

T o p o n i m i k a (yunoncha topos-joy, onoma-nom) – joy nomlari to‘g‘risidagi fandir. 
Toponimika deganda joy nomlarini o‘rganadigan fanni, toponimiya deganda esa geografik nomlar 
yig‘indisi tushuniladi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchast aloqada 
rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Toponimika 
xalqlarning tarixiy o‘tmish xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini 
belgilashga, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo 
yo‘llari va shahar qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. 
Geografik joy nomlari (keyingi o‘rinlarda toponimlar) kuruklik va suvliklardagi geografik 
ob’ektlarning, joylarning atokli otlaridir. Toponimlar o‘zbek tili, ularning so‘z boyligi, o‘zbek 
xalkining madaniy, ma’naviy xamda ilmiy merosiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida ifodalab, asrlar 
davomida saqlab, asrab 
kelayotgan 
ulug‘ xazinadir. Joy nomlarining asosiy vazifasi - bir 


xil, bir tipli geografik o‘rinlar, ob’ektlar, xududlarni alohida, yakka holda ajratib atash va shu orqali 
ularni bir- biridan farqlashga xizmat qilishdir. Toponimlarda xalqning o‘ta qadimiy davrlardan 
tortib shu kunlargacha bo‘lgan noyob kuzatishlari, tajribalari, ularning dunyoqarashi va turli 
e’tiqodlari o‘z ifodasini topgan. 
Agarda nomlar ifoda qilgan ma’nolarni, ijtimoiy, tarixiy, tabiiy- jo‘g‘rofiy ma’lumotlarni, 
nomlarning tanlanish va ko‘yilish sabablarini, toponimlarning kelib chiqish tarixi tahlil qilinsa, bu 
xolat yorqin ko‘rinadi. Tilda ma’nosiz, besabab nom yo‘q. Xalkimiz qadimiy davrlardan boshlab 
joylarni nomlash bo‘yicha boy tajriba orttirgan, biror joyni asossiz, besabab u yoki bu tarzda 
atamagan. Mana shu sabab va asoslarda xalqning ona tabiat, atrof-muxit xaqidagi sinchkov 
kuzatishlari, kishilarning kundalik turmushi va xo‘jaligiga oid boy tajribalari, ko‘xna tarixning turli 
davrlarda boshidan kechirganlari, ulug‘ orzu va umidlari o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling