1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Tarixiy o‘lkashunoslik fanining manbalari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

 
Tarixiy o‘lkashunoslik fanining manbalari 
Tarixiy o‘lkashunoslik tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanib, bir qancha manbalarga 
tayannib o‘rganiladi. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda 


qimmatli bo‘lgan manbalargatarixiy geografiya, arxeologik, toponimik, etnografik, antropologik, 
me’morchmlik, arxiv va yozma manbalarni kiritish mumkin. 
Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum 
bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalarni tushunamiz. Moddiy 
yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgohlar va mozarlar, shaharlar, qasrlar va qal’alar 
xarobalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi 
yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar bitik, qo‘lyozma kitob va 
arxiv hujjatlari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo 
bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalardan iboratdir. 
Arxeologik manbalarga qadimgi shaharlar, qo‘rg‘onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar
istehkomlar, qadimgi yo‘llarning izlari, mozor qo‘rg‘onlar, g‘oyatosh tasvirlari va boshqalar kirib, 
vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Arxeologik manbalar ikki 
turga bo‘lib o‘rganiladi: 
1. 
Tabiiy manbalar (poleozoologiya, poleobotanika) – inson va hayvon suyaklari, 
o‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo‘lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar 
o‘rganadi. 
2. 
Inson tomonidan yaratilgan modidiy manbalar, ular mehnat qurollari, yarog‘-
aslahalar, sopol-idishlar, san’at va zeb-ziynat buyumlari, yozuvlar va hokazolardan iborat. 
Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘rin 
tutadi. Arxeologiya iborasi «arxayos» - qadimgi, «logos» - fan degan ikkita grekcha so‘zning 
birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni beradi. Lekin 
ilgarigi vaqtlarda arxeologiyani fanning qaysi sohasida qo‘shish to‘g‘risida baxs va munozaralar 
bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni qadimgi san’at haqidagi fan ya’ni bir boshqa toifadagilar esa sopol 
buyumlarni o‘rganuvchi fan degan fikrni bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat qiluvchi 
ikkinchi darajali fan deb tushunganlar. 
Mantiiqan olib qaraganda tarix va arxeologiya fanlari aslida o‘zaro chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi yagona fanning sohasidir. Insoniyat o‘tmish davrini arxeologiyasiz 
o‘rganib bo‘lmaydi. Arxeologiya insoniyatning o‘tmish tarixini o‘rganishda dala tadqiqotlari 
natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar hamda ulardan topib o‘rganilgan ashyoviy 
dalillar, mudofa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa moddiy manbalarga suyanib 
ish ko‘radi. 
Hozir O‘rta Osiyoning barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularning 
natijalari esa tadqiqotchi olimlarning maqolalari va ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Ular 
tomonidan topilgan ashyoviy dalillar respublikamizning mezeylarida saqlanib kelmoqda. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida to‘plangan materiallardan arxeologiya, O‘zbekiston tarixi, 
ibtidoiy jamoa tarixi, o‘lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha maxsus kurslar 
darslarida va sinfdan tashqarii mashg‘ulotlarda foydalanilib kelinmoqda. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling