1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Maktab o‘lkashunosligi; 
O‘lkashunoslikning har uchala turi bir-biriga aloqador bo‘lib, birinchisi ikkinchisini 
to‘ldirib boradi. Davlat o‘lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarini 
muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo‘mitasi, respublika FA tarix, arxeologiya ilmiy 
tadqiqot institutlari, muzeylar shug‘ullandi. 
Jamoat o‘lkashunosligi mahalliy hokimiyatlarning bevosita rahbarligida tegishli joylarda 
tarixiy, arxeologik, etnografik, tabiiy sohaga oidmutaxassislartomonidan joylarda tashkil etilib 
faoliyat olib boradi. 
M a k t a b o‘lkashunosligiumumiy ta’lim maktablaridatarix, geografiya, botanika, zoologiya, 
til va adabiyot o‘qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. O‘lka tabiati, tarixi, aholisi, 
xo‘jaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab 
o‘lkashunosligi muzeylarida namoyish etiladi. 
Tarixiy o‘lkashunoslik fani asosan ikki maqsadni ko‘zda tutadi. 
1. 
O‘z o‘lkasining o‘tmishi va zamonaviy tarixini har tomonlama ilmiy asosda 
o‘rganish va tahlil qilish. 
2. 
To‘plangan ilmiy manbalardan samarali foydalanib, yosh avlodni 
vatanparvarlik, milliy mafkuramizga sadoqatli hamda sog‘lom fikrga ega bo‘lgan yoshlarni 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston tarixini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar 
bilan yozma tarixiy manbalarni qiyosiy o‘rgangan holda voqea-hodisalarni tahlil etishga alohida 
e’tibor berildi. Chunki davlatning paydo bo‘lishi, shakllanishi, bosqichma-bosqich taraqqiy 
etishiga oid tarixiy manbalarni o‘rganish asosida vatan tarixini mukammal tarzda yoritish muhim 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston xalqlarii tarixi, madaniy hayotning rivojlanishi, shaharlar tarixi tarixiy 
o‘lkashunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi yillarda turli shaharlarning yubileylari munosabati 
bilan o‘tkazilayotgan anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o‘lkamizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
hissasi katta ekanligigni ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston tuprog‘i qadimiy va tabarruk, shuning uchun ham xalqimizning urf-odatlari
turmush tarzi, milliy xususiyatlarni chuqur ilmiy asosli tarzda o‘rganish O‘zbekiston tarixining 
dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda tarix sohasida qilinayotgan va olib borilayotgan 
barcha xayirli ishlar yoshlarga o‘z tuprog‘ini, ona zamin va o‘lkasini qadrlashga undaydi. Ona 
tuprog‘ni sevgan kishini el qdrlaydi, dunyoni taniydi. O‘z tarixini ona yurtini ona tuprog‘ini 
e’zozlagan inson haqiqiy inson bo‘lib etishadi va oldiga qo‘ygan vazifaga erishadi. Tarixga nazar 
tashlasak, o‘z o‘lkasini sevmagan va uni tuprog‘ini ardoqlamagan biron zotni uchrata olmaymiz. 
Har bir yosh avlodning o‘z o‘lkasi tarixini o‘rganish va vatanni sevish muqaddas burchi 
hisoblanadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling