1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Yozma manbalar. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turlaridan biri 
hisoblanadi. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i kishilarning o‘zaro munosabatining natijasi 
o‘laroq yaratilgan va o‘tmish zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks 
ettirgan manba sifatida o‘lkamiz tarixini haqqoniy o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. 
2.Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar. 
Tarixiy, geokosmografik, hamda biografik asarlar to‘g‘risida shuni aytish kerakki, ular o‘sha davr 
hukmron sinfning topshirig‘i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko‘proq podshohlar 
va xonlarning, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan. Jamiyatning 
rivojlanishida asosiy kuch hisoblangan mehnatkash xalqning tumush-tarzi, ularning orzu istaklari, 
his tuyg‘ulari, xalq harakatlari va bu harakatlrning mazmun mohiyati, jamiyada ro‘y bergan voqia 
va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumolar tarixi esa ko‘p hollarda chetlab o‘tilgan.Umuman olib 
qaraganda buturdagi yozma manbalarda hukmron doiralarning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan, 
o‘sha davrdagi jamiyatning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi. Buturdagi 
yozma manbalarda hukmron doiralarning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan bo‘lishiga qaramsdan 
tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Arxiv manbalari. Arxiv – lotincha “arxivus” – hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin 
“arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butnlay boshqacha. Arxiv – bu idoralar, 
korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan 
muassasa hisoblanadi. 
Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, 
ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini 
o‘rganishda bu hujjatlarining ahamiyati kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash 
va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish. 
O‘rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. arxeologlar qadimgi 
Tuproqqal’a xarobalaridan Xorazmshohlarga tegishli III – IV asr boshlariga oid Sapollarga biti lgan 
qadimgi hujjatlardan iborat arxiv namunalarini topishdi. 1930 – yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi 
yodgorlik xarobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasidaDivashtich arxivi VIII 
asrga oid bo‘lib, u erdan 80 dan ortiq qo‘lyozma hujjatlari topilgan. 
Arxiv manbalarimarkaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv 
organlaridan qolgan turli hujjatlar, foto-kino hujjatlari va tovush yozuvlari va hokazolar haqida 
qimmatli ma’lumotlar beradi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling