1-mavzu : respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Reja
Download 22.58 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza bva m
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILDIM BILISHN1
- Maktabgacha talim kabineti
- ТUMAN MAKTABGACHA TALIM METODIKASI KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
ТUMAN MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorale va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta'lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta'lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta'lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling