1-Mavzu : Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari va bozor munosabatlaridagi o‘rni


Download 49 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi49 Kb.
#1485711
Bog'liq
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari va bozor munosabatlaridagi o‘rni маърузалар матни (2)


1-Mavzu : Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari va bozor munosabatlaridagi o‘rni
ReJA:
1. Sug‘urta haqida tushuncha va unga xos bo‘lgan asosiy belgilar.
2. Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida.
3.Sug‘urta fondlari, ularning shakllanishi va foydalanish yo‘nalishlari.
4. Sug‘urtaning funksiyalari.

Sug‘urta- ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga kelib, asta-sekii ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas hamroxiga aylandi. Sugurta iborasining birlamchi ma'nosi "qo‘rquv" ("strax") so‘zi bilai bog‘liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkning saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong‘in, Ug‘rilik va ijtimoiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan qo‘rquv xis etganlar. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishning asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash goyasi yuzaga keldi. Rivojlangan jamiyat sharoitida sug‘urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi. Sug‘urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chikarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liqdir. Normal ishlab chiqarish jarayonining muxim sharti uning uzluksizligi va to‘xtovsizligi xisoblanadi. Ishlab chikarishning doimo yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.


Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshka favqulotda hodisalarning salbiy okibatlari ta'sirida to‘xtasa yoki buzilsa, u xolda jamiyat avvalo turli xil oldini olishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u xolda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ish kuchini ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi.
Inson va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni yuzaga keltiradi. Bu ob'ektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi.
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarni quyidagicha keltirishimiz mumkin:
1. Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yozib bo‘lmaydigan xolatlar, ya'ni sug‘urta hodisalari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi:
2.Sugurtada ko‘rilgan zararni sug‘urta ishtirokchilari, ya'ni sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni sugurta ishtirokchilari sonidan kam bulishi ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarli bo‘lganda.
Zararni bunday qoplashni tashkil kilish uchun maqsadli yo‘naltirilgan sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining bazalari hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta bazasining hajmi esa har bir qatnashchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta bazasining hajmi shuncha oz va sug‘urta ham samarali bo‘ladi.
3. Sugurta zararni koplashni xududiy birlik va ma'lum vakt davomida amalga oshirishni kuzda tutadi. Bunda yil davomida sugurtalanuvchilar urtasida sugurta fondini xududlar buyicha samarali kayta taksimlash uchun yetarli katta xudud va sugurtalashga tegishli ob'ektlar talab qilinadi.
Sug‘urta tushunchasi pul va kredit tushunchalaridan oldin shakllana boshlagan. Dastlabki jamoa tuzumi davrida har bir oila hayot uchun eng zarur oziq-ovqkat zaxiralarni g‘amlash zaruriyatini tushuna boshlaganda, zahiralar yetarli bo‘lmasa yoki biror hodisa tufayli ko‘shimcha moddiy ne'matlar extiyoj sezilsa qo‘shnilardan qarz olingan, buzilgan imoratlar xashar yo‘li bilan tiklangan.
Davlat yo‘li bilan metaldan pul zarb kilingunga qadar, oltin va kumush vositasi bilan zahiralar to‘plangan. Asrlar davomida ko‘ni ko‘shnilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar qishlok va maxalla mikyosida kengaygan, sug‘urta tartibiy vujudga kelganda zarar ko‘lami xo‘jalik uchun katta bo‘lganda jabrlangan oilalarini bir axvoldan kutkar ish uchun birgalashib mablag‘ to‘gshash orkdli moddiy yordam uyushtirilgan. Shuningdek savdo karvonlari uzok safarda o‘grilar tomonidan talansalar, ko‘rilgan zarar karvon ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlangan. Lekin keyinchalik safar tayyogarligi ko‘rila boshlaganda, maxsus fond tuzilib, bu fond hisobidan faqat ko‘rilgan zarar emas, balki savdogarning oila a'zolari ham bahramand etilgan.
Ayrim olimlar sug‘urta dastlab yevropada qo‘llanilgan, degan fikrdalar. Xalqaro savdodagi mol-mulk sug‘urtasi xaqida gap borganda Bobil davlatining yurtboshchisi Hammurabbiy qonunlarida melodiydan oldin fondsiz sug‘urta gap borgani savdo karvonlariga yetkazilagan zarar o‘zaro taqsimlanib, yordam uyushtirilgani ko‘rsatilgan. Bu qonun tavsiyalari xalqaro savdo yo‘li bilan boshqa mamlakat savdogarlari kavonlariga xam tarkalgan, xatto buyuk ipak yo‘li orqali safarda bo‘lgan savdogarlar bu usuldan foydalanganlar.
Sharkda Amir Temur hukmronligi davrigacha tashqi savdoda fondli va fondsiz sug‘urta davom etgan. Amir Temur tashqi savdoni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlarni kengaytirish va amalga oshirishi munosabati bilan savdogarlarni tanlangan mol-mulklari davlat tomonidan tiklab beriladigan bo‘lgan. Lekin tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar karvon ishtirokchilari zimmasiga yuklatilgan. Temuriylar xukmronligi va undan keyingi davrlarda O‘zbekiston xududida tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashda o‘zaro xamkorlikda sug‘urtalash va zakot xisobidan zararni qoplash davom ettirilgan.
yevropada sug‘urta sohasida 1666 yil Londonda sodir bo‘lgan ulkan yong‘indan keyin XVII asrdan boshlab, birinchi sug‘urta assotsiatsiyalari tashqil qilinib, bunday sug‘urta birlashmalari faqat Angliyada emas, balki Fransiya, Italiya, Daniya, Shvetsiyada shakllandi. Rossiyada dastlab yekaterina II zamonida xorijiy mamlakatlarning sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatdilar, lekin birinchi milliy sug‘urta birlashmalari 1827, ikkinchisi 1833 yildatashqil qilindi.
XX asrning boshida Turkistonda xorijiy va Rossiya xususiy sug‘urta tashkilotlarining Nyu-York, "Evitel", "Urben" va boshqa nom bilan yuritilgan xorijiy va Rossiya sugurta birlashmalarining bo‘limlari tashkil qilindi. Bu jamiyat savdogarlar, fabrika-zavod egalari, yirik yer egalariga qarashli mol-mulklarni sug‘urta qilar edilar. Ma'lumki, sho‘ro xokimiyati tashqil etilishining birinchi kunlaridanoq jamiyatda mavjud bo‘lgan "kapitalistik unsurlar"ni tag-tomiri bilan yo‘qotishiga kirishildi.

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta tashkilotlarini yagona tashkilotga birlashtirish sho‘ro xokimiyatini mudofaa qobiliyatini mustaxkamlash va xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun davlat katta mikdorda moliyaviy resurslarga muxtojligidan kelib chiqqan edi.


1918 yilning 28 oktyabrida Xalk Komissarlar kengashi "Rossiya Respublikasida sug‘urta ishini tashqil etish to‘g‘risida" dekret kabul qildi va mazko‘r xujjat sug‘urta soxasida rakobatni tugatishga yo‘naltirilgan muxim qadam bo‘ldi. Ushbu dekret qoidalariga muvofiq, sug‘urta soxasiga davlat manopoliyasi o‘rnatildi va aksiyador xamda boshqa sug‘urta jamiyatlarining mol-mulki to‘laligiga davlat tasarrufiga o‘tkazildi. 1924 yilda O‘rta Osiyo zaminida milliy chegaralanish o‘tkazilgandan keyin, O‘rta Osiyo sug‘urta bosh boshqarmasi tugatildi va O‘zbekitson Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida sug‘urta boshqarmasi tashqil kilindi. Boshqarmaning markaziy viloyat idoralarida dastlabki yillarda 207 xodim ishladi. Sug‘urta boshqarmasi o‘z faoliyatini dastlab shaxsiy sug‘urtani tashqil
qilishdan boshladi.
Sug‘urtalanganlarning 35 foizini mahalliy millat vakillari tashqil qildi. Bular orasida dehqonlarning xissasi ko‘pchilikni tashqil qilar edi. Shunday qilib, axoli o‘rtasida sug‘urtaga qiziqish va intilish yil sayin kuchayib bordi. Lekin, sug‘urtani yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun sug‘urta sohasida mutaxassis yetishmas edi. Shunga qaramasdan, xo‘jalik tiklashda erishilgan muvaffaqiyatlar natijasida shaxsiy sug‘urta bilan birga yong‘inga qarshi sug‘urta, transport sug‘urtasi, chorva mollari sug‘urtasi va qisman qishlok xo‘jalik ekinlarini sug‘urtalash doirasi kengayib bordi.



2.Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir.

Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta'minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub'ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat'i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta'kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»1 ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta'kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya'ni u o‘z mijoziga faqat «va'dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat»2 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»3 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqyeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta'minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma'lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot sub'ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya'ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»3.


3. Tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar sodir bo‘lishi natijasida keltirilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urta fondlari tashkil etiladi. Sug‘urta fondlari tashkil etish manbasiga va foydalanish yo‘nalishiga qarab, uch ko‘rinishda bo‘ladi:
-o‘z-o‘zini sug‘urtalash fondlari. Bu fond har bir xo‘jalik sub'ektida tashkil etiladi va ishlab chiqarishda vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi;
-davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi;
-sug‘urta yo‘li bilan tashkil etiladigan sug‘urta fondlari. Bu fond sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. Sug‘urta fondi faqat pulli shaklda va u qat'iy maqsadli yo‘nalishda foydalaniladi, ya'ni sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lashga ishlatiladi.
4. Sug‘urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o‘z aksini topadi. Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug‘urta ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Ta'kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urtaning funksiyalari bir necha ko‘rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof. V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansы” o‘quv qo‘llanmasida sug‘urta ikkita funksiyani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: qayta taqsimlash va nazorat funksiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; omonat; axborot”.
Ko‘rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug‘urtaning 5 ta funksiyaga ega ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funksiyalarning ba'zilari tegishli bahs-munozarani talab etadi. Xususan, sug‘urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya – sug‘urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug‘urta faoliyatiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo, sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi. Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o‘zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug‘urta organlarining mablag‘lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan sug‘urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat tug‘ildi. Shuning uchun biz investitsiyani sug‘urtaning funksiyasi bo‘la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin. Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma'lumot berish bu sug‘urtaning axborot funksiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug‘urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma'lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z isbotini topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya.

  • Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya.

  • Nazorat funksiyasi.

Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug‘urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya'ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining mablag‘lari qat'iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.



1 Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p. 1 b. 3.

211Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.1 b. 4.

322Қаранг: Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих -ПЭЛ, 1996. I-Х, с. 347.
3 Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling