1-Mavzu : Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja
Download 40.13 Kb.
|
tim maniki
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o’quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o’rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo’lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko’nikmalarni o’z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo’lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo’ladigan bilimlar o’zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o’rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo’lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. Bulardan birinchisi: politexnik ta’lim, bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan ilmiy asoslarni va prinsiplarni, mehnat ko’nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. Ikkinchisi: bu umumiy mehnat. Umumiy mehnat o’quvchi-larni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etilishini taqozo qiladi. Uchinchisi: ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko’pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig’ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash). To’rtinchisi: o’z-o’ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, o’zining ish joyini, kiyim-kechagi, o’quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi. Beshinchisi: uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.
Download 40.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling