\ shtrixlarda ko‘rsatilgan.
3.1.2. Sonli to‘plamlar
Haqiqiy sonlar va ularning asosiy xossalari
Elementlari sonlardan iborat bo‘lgan to‘plam sonli to‘plam deyiladi.
Son matematik analizning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, uzoq tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Narsalarni, buyumlarni sanash zaruriyati tufayli natural sonlar paydo bo‘lgan. Natural sonlar to‘plamiga ularga qarama-qarshi sonlarni va nol sonini qo‘shish bilan butun sonlar to‘plami hosil qilingan. Matematikaning taraqqiyoti ratsional sonlarning va keyinchalik irratsional sonlarning kiritilishini taqozo etgan. Ratsional sonlar to‘plami va irratsional sonlar to‘plami haqiqiy sonlar to‘plami deb atalgan.
Shunday qilib, sonli to‘plamlar hosil qilingan, bu yerda barcha natural sonlar to‘plami; barcha butun sonlar to‘plami; barcha ratsional sonlar to‘plami; barcha haqiqiy sonlar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |