MyProp xususiyati public deb e`lon qilinganligi uchun sinfdan tashqaridagi kodda ham foydalanish mumkin. Bu o'z mantig'iga ega, chunki bu xususiyat yopiq bo'lgan prop maydoniga kirishni ta'minlaydi. Bu xususiyatning set aksessori prop maydoniga musbat qiymatni o'rnatadi, get aksessori esa prop maydonining qiymatini qaytaradi. Shunday qilib, МуРrор xususiyati prop maydonida saqlanishi mumkin bo'lgan qiymatlarni boshqaradi. Aslida bu, xususiyatlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
МуРrор xususiyatining turi ham o'qish, ham yozish uchun belgilangan, u ma'lumotlarni asosiy maydondan o'qish va yozish imkonini beradi. Shunga qaramay, xususiyatlar faqat o'qish uchun yoki faqat yozish uchun mavjud bo'lishi mumkin. Shunday qilib, agar faqat o'qish uchun mavjud bo'lgan xususiyatni yaratish kerak bo'lsa, unda faqatgina get aksessorini aniqlash kifoya. Agar faqat qiymat berish uchun xususiyat yaratish kerak bo'lsa, unda faqat set aksessorini aniqlash kifoya.
Xatoliklardan xoli massivni yanada yaxshilash uchun xususiyatdan foydalanamiz. Siz allaqachon ma`lum, barcha massivlar tegishli uzunlik(Length) xususiyatiga ega. Hozirgacha FailSoftArray sinfida bu maqsad uchun ochiq Length butun maydoni ishlatilgan. Lekin bu eng yaxshi yondashuv emas, chunki u xatoliklardan xoli massiv uzunligiga farq qiluvchi qiymatlarni o'rnatishga imkon beradi. (Masalan, zararli maqsadlarni ko'zlagan dasturchi bu maydonga noto'g'ri qiymatni ataylab kiritishi mumkin.) Ushbu pozitsiyani tuzatish uchun FailSoftArray sinfining Length maydonini "faqat o'qish" xususiyatiga aylantiramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |