Ob`ektda kod, ma`lumotlar yoki ikkalsi ham yopiq yoki ochiq bo`lishi mumkin. Yopiq ma`lumotlar yoki kodga ruxsat va ma`lumlik faqat ob`ektning qolgan qismlari uchun. Yopiq ma`lumotlar yoki kodga dasturning ob`ekt chegarasidan tashqarida joylashgan qismlariga ruxsat yo`qligini anglatadi. Agarda ma`lumotlar va kod ochiq holda bo`lsa, unda dasturning boshqa bo`limlari uchun ham ruxsat bor, hatto ob`ekt ichida aniqlangan bo`lsa ham. Bu qoida interfeys orqali ob`ektning ochiq bo`limlari orqali uning yopiq bo`limlarini boshqarishni tashkil qilishda xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |