Sinfning umumiy shakli ta'rifi
Sinfni aniqlashda u o'z ichiga olgan ma'lumotlar, shuningdek, ushbu ma'lumotlar bilan ishlaydigan kod e'lon qilinadi.Eng oddiy sinflar faqat kod yoki faqat ma'lumotdan iborat bo`lishi mumkin, sinflarning ko'pchiligi ikkalasini ham o'z ichiga oladi.
Umuman olganda, ma'lumotlar sinf tomonidan aniqlangan ma'lumot a'zolarida va kod —funksiya a'zolarida joylashadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, C#da ma'lumot va funktsiya a'zolarning bir nechta turlari mavjud. Misol uchun malumot a`zosi metod deb ham ataladi va unga o`zgaruchi nusxalari va static o`zgaruvchilar to`g`ri keladi, funksiya a`zosiga metodlar, konstruktorlar, destruktorlar, indeksatorlar, hodisalar, operatorlar va xususiyatlar ta`luqli bo`ladi. Hozircha, sinfning eng asosiy tarkibiy qismlarini ko'rib chiqish bilan cheklanaylik: o'zgaruvchilar nusxasi va metodlar. Keyin bobda konstruktorlar va destruktorlar haqida tushunchalar beriladi. Sinf a'zolarining boshqalari haqida keyingi boblarda muhokama qilinadi[1,148].
Do'stlaringiz bilan baham: |