1-Mavzu 1-Mavzu Reja: Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish


Download 116.94 Kb.
bet3/100
Sana02.01.2022
Hajmi116.94 Kb.
#200801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
dasturiy injinering

Sinf class kalit so`zi yordamida yaratiladi. Quyida sinfning umumiy shakli, faqat o'zgaruvchilar nusxasi va metodlarni o'z ichiga olgan holda keltirilgan.

class sinf_nomi {

// nusxalarning e`lon qilinishi.

ruxsat_turi tip uzgaruvchi1;

ruxsat_turi tip uzgaruvchi2;

//...

ruxsat_turi tip uzgaruvchiN;

// metodlarning e`lon qilinishi.

ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metod1(parametrlar) {

// metod tanasi

}

ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metod2(parametrlar) {  

// metod tanasi

}

//...

ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metodN(parametrlar) {

// metod tanasi

}  

}

Unutmang, har bir e'lon qilingan o'zgaruvchi va metod oldida ruxsat turi ko`rsatiladi. Ruxsat turi, masalan, public bu sinf a'zosiga kirish tartibini belgilaydi. 2-bobda aytib o'tilganidek, sinf a'zolari sinf doirasida yopiq (private), yoki ochiq (public) va boshaqa hollarda bo'lishi mumkin. Ruxsat spesifikatori foydalanish ruxsati tipini aniqlaydi. Ruxsat turini yozish majburiy emas, agar u mavjud bo`lmasa e'lon qilingan a'zos sinf ichida yopiq hisoblanadi. Sinfning yopiq ruxsat turili a'zolariga faqat shu sinfining boshqa a'zolari tomonidan foydalanish mumkin. Ushbu bobda keltirilgan dasturlardagi Main() metodidan tashqari barcha a'zolar  ochiq (public) deb aniqlangan. Bu shuni anglatadiki, ulardan kodning barcha qismlarida — hatto sinfdan tashqarida ham foydalanish mumkin.

C# sintaksisida tegishli qoida yo'qligiga qaramasdan, to'g'ri ishlab chiqilgan sinf faqat bitta mantiqiy mohiyatni aniqlashi kerak. Masalan, F.I.O. va telefon raqamlar saqlanadigan sinf odatda fond bozori, o'rtacha yog'ingarchilik darajasi, quyosh botishi davrlari yoki ro'yxatdagi familiyalar bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga olmaydi. Bu hollatda, to'g'ri ishlab chiqilgan sinfda mantiqiy bog'liq ma'lumotlar guruhlarga ajratilgan bo'lishi kerak. Agar mantiqiy bog'liq bo'lmagan ma'lumotlar bir sinfga joylashtirilsa, kodning tuzilishi tezda buziladi.

Yuqorida keltirilgan dastur ishlatiladigan sinflarda faqat bitta metodni o'z ichiga olishi kerak: Main(). Lekin sinfning umumiy shaklida Main() metodi ko`rsatilmagan. Ushbu metod sinfda faqat dastur shu sinf bilan boshlangan taqdirda ko'rsatilishi kerak.

Sinf ta'rifi

Muayyan misollarda sinflarni tushunish uchun biz binolar, uylar, omborxonalar, muassasalar va boshqalar haqida asta-sekin sinfni ishlab chiqamiz. Bu sinfda (uni Building deb ataymiz) binolar haqidagi ma'lumotlarning uchta elementi saqlanadi: qavatlar soni, umumiy maydon va istiqomat qiluvchilar soni.


Download 116.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling