С# da inkapsulyatsiyaning asosiy birligi bu sinf bo`lib, ob`ekt shu shaklda aniqlanadi. U ma`lumotlar va kod orqali tasvirlanadi, undagi ammallar ular orqali bajariladi. С# da tasvirlangan sinf oddiy ob`ekt bo`lib, u shu sinfda aniqlangan nusxalariga xizmat qiladi. Shunday ekan sinf juda muhim ob'ektni qurish usulining bir qator sxematik tavsiflarini beradi.
Kod va ma`lumotlardan tashkil topgan sinfda ular a`zolar deb nomlanadi. Ma`lumotlar o`zi aniqlangan sinfda maydonlar yoki ob`ekt nusxasi o`zgaruvchisi deb nomlanadi. Kod esa sinfda ma`lumotlar ustida amallar bajaruvchi bo`li u funksiya a`zosida joylashadi, ularning eng ko`p tasvirlanuvchisi metod hisoblanadi. C# da metod analog qism dastur sifatida xizmat qiladi. (Boshqa a`zolari fuksiya a`zolari xususiyat, hodisa va konstruktorni o`z ichiga oladi.) Shunday qilib, sinf metodlari kondni o`z ichiga oladi va o`zi aniqlangan sinfning maydonlariga ta`sir qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |