1-Mavzu 1-Mavzu Reja: Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish


Yuqoridagi barcha jarayonlar quyidagi dastur misolida ko'rsatiladi


Download 116.94 Kb.
bet36/100
Sana02.01.2022
Hajmi116.94 Kb.
#200801
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
dasturiy injinering

Yuqoridagi barcha jarayonlar quyidagi dastur misolida ko'rsatiladi.

// Majburiy bo'lmagan argumentlarni namoyish qilish.

using System;

class OptionArgDemo {

static void OptArgMeth(int alpha, int beta=10, int gamma = 20) {

Console.WriteLine ("Это аргументы alpha, beta и gamma: " + alpha + " " + beta + " " + gamma);

}

static void Main() {

// Barcha argumentlarlarni aniq tarzda uzatish.

OptArgMeth(1, 2, 3); 

// gamma argumenti ixtiyoriy.

OptArgMeth(1, 2);

// beta va gamma argumentlari ixtiyoriy.

OptArgMeth(1);

}

}

Ushbu dasturning natijasi sukut bo'yicha ishlatiladigan argumentlarni qo'llashni tasdiqlaydi.

Это аргументы alpha, beta и gamma: 1 2 3

Это аргументы alpha, beta и gamma: 1 2 20

Это аргументы alpha, beta и gamma: 1 10 20

Yuqoridagi natijadan kelib chiqqan holda, agar argument ko'rsatilmagan bo'lsa, uning qiymati sukut bo'yicha o'rnatiladi.

Shuni yodda tutish kerakki, barcha majburiy bo`lmagan parametrlar maburiy parametrlardan o'ng tomonda ko'rsatilishi kerak. Misol uchun, quyidagi e'lon xato hisoblanadi.

int Sample(string name = "пользователь", int userId) {// Xato!

Ushbu e'londagi xatoni tuzatish uchun userId parametrini name parametridan keyin kiritish kerak. Majburiy bo'lmagan parametrlarni e'lon qila boshlaganingizdan so'ng, majburiy parametrlarni ko'rsatish mumkin emas. Misol uchun, quyidagi e`lon ham noto'g'ri.

int Sample(int accountld, string name = "пользователь", int userld) { //Ошибка!

name majburiy bo`lmagan parametr deb e'lon qilinganligi uchun userId parametri name parametridan oldin ko'rsatilishi kerak (yoki majburiy bo`lmagan bo`lishi kerak).

Metoddan tashqari, majburiy bo`lmagan parametrlar konstruktorlar, indeksatorlar va delegatlarda ham qo'llanilishi mumkin. (Indeksatorlar va delegatlar haqida kitobda muhokama qilinadi.)

Majburiy bo'lmagan parametrlarning afzalligi, xususan, dasturlashda metod va konstrukturlarning murakkab chaqiruvlarini soddalashtiradi. Ba`zan metod odatdagidan ko'proq parametrlarni talab qilishi mumkin. Bunday hollarda, ushbu parametrlarning ba'zilarini majburiy bo`lmagan holda to'g'ri qo'llash orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishini ta`minlash mumkin. Bu shuni anglatadiki, faqat ushbu holatda zarur parametrlar uchun qo`llash, ya`ni majburiy bo`lgan hollar uchun qo`llamaslik kerak. Ushbu yondashuv metodni ratsionalizatsiya qilish va u bilan dasturlashni boshqarish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi.

Download 116.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling