3-Mavzu
Reja:
1. Rekursiya
2. Rekursiv metod (funksiya )
3. Rekursiyaga doir amaliy misollar.
1. Rekursiya
C# tilida metod o'zini o'zi chaqirishi mumkin. Bu jarayon rekursiya deb ataladi va o'zi-o'zini chaqiruvchu metod rekursivdir. Umuman olganda, rekursiya-bu o'zini o'zi aniqlash jarayoni. Shu nuqtai nazardan, u davriy siklga o'xshaydi. Rekursiv metod operatorida o`zini-o`zi chaqirilishi bilan ajralib turadi. Rekursiya-dasturni boshqarishning samarali mexanizmi hisoblanadi.
Rekursiyaning klassik namunasi sonlarning faktoriyalini hisoblashdir. N soning faktoriyali 1 dan N gacha bo'lgan barcha sonlar ko`paytmasidir. Misol uchun, 3 soning faktoriali 1x2x3 yoki 6 ga teng. Dasturning quyidagi misolida sonning faktoriyalini hisoblashning rekursiv metodi ko'rsatiladi. Taqqoslash uchun, ushbu dastur faktorialni hisoblashning rekursiv bo'lmagan variantini ham o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |