Bilimlar. Son va hisoblashlar:
sonlarning 10 ga, 5 ga, 2 ga, 9 ga va 3 ga bo‘linish belgilarini;
tub va murakkab sonlarni bilish;
sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratishni bilish;
sonlarning EKUB va EKUKni;
kasrning asosiy xossasini;
kasrlarni qisqartirish;
kasrlarni umumiy maxrajga keltirish;
kasrlarni taqqoslash;
har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish;
kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish;
nisbat va proporsiya tushunchalari hamda uning asosiy xossalarini bilish;
musbat, manfiy sonlarni, nolni farqlay bilish;
ratsional sonlar va ular ustida amallarni bajarish;
Ifodalarni ayniy almashtirish:
harfiy ifodalar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
ifodalarni yozishda harflardan foydalanishni bilish;
harfiy ifodaning son qiymatlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
formulalar bo‘yicha hisoblash formulalarini bilish;
arifmetik amallarga oid qonunlarni harflar bilan ifodalashni bilish;
qavslarni ochishni va o‘xshash hadlarni ixchamlash haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
ratsional sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish qonunlarini misollar echishda qo‘llay olishni bilish.
Tenglama va tengsizliklar:
bir noma’lumli tenglama va uning ildizlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
matnli masalalarni tenglama tuzish usuli bilan echishni bilish.
Funksiya:
to‘g‘ri va teskari proporsionallik hamda masshtab tushunchasiga ega bo‘lish;
tekislikda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi haqida tushunchaga ega bo‘lish;
koordinata tekisligi, grafiklar haqida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish;
Do'stlaringiz bilan baham: |