Geometrik shakllar va geometrik kattaliklar:
aylana uzunligi va doira yuzini formula bo‘yicha hisoblay olish haqida tushunchaga ega bo‘lish;
perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlar haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Ko‘nikmalar. Son va hisoblashlar:
sonlarning bo‘linish belgilarini (10 ga, 5ga, 2 ga, 9 va 3 ga) qo‘llay olish;
tub va murakkab sonlarni bilish;
sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratishni bilish;
sonlarning EKUB va EKUK ini topish;
sonning qismini va qismi bo‘yicha sonning o‘zini topa olish;
kasrning asosiy xossasini;
kasrlarni qisqartirish;
kasrlarni umumiy maxrajga keltirish;
kasrlarni taqqoslash;
har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish;
kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish;
oddiy kasrlar ustida to‘rt amalni erkin bajara olish;
aralash sonni oddiy kasrga aylantirish;
qo‘shish va ko‘paytirish amallarining qonunlarini misollar ishlashda qo‘llash;
oddiy kasrlar ustida to‘rt amalga doir sodda misol va masalalarni echa olish;
nisbat va proporsiyalar tuzish hamda ularga oid masalalarni echa olish;
musbat, manfiy sonlarni va nolni farqlash olish;
berilgan songa qarama-qarshi sonni topa olish va yoza bilish;
butun sonlar ustida amallarni erkin bajara olish;
ratsional sonlar va ularni taqqoslay olish;
berilgan sonning modulini topa olish;
ratsional sonlarni qo‘shish va ayirish; ko‘paytirish va bo‘lishni bajara olish;
ratsional sonlar ustida to‘rt amalga doir mashqlarni bajara olish;
matnli masalalarni arifmetik usulda va ayrim hollarda tenglamalar tuzib echa olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |