O‘quvchilar 5-sinfda matematika fanini o‘rganish natijasida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Bilimlar. Son va hisoblashlar:
o‘nli sanoq sistemasi;
natural sonlar, bir xil maxrajli oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar ustida bajariladigan amallarni;
to‘g‘ri, noto‘g‘ri kasr nimaligini;
o‘nli kasrlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
o‘nli kasrlarning xona birliklarini farqlay olish;
o‘nli kasrlar ustida bajariladigan amallarni bajara olish;
o‘rta arifmetik qiymatning ma’nosini anglay bilish;
protsent ta’rifini, protsentni songa, sonni protsentga aylantirishni bilish;
dastur doirasida allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
ifodalarni soddalashtirish almashtirish;
arifmetik amallar bo‘ysinadigan qonunlarning harfiy yozuvi;
sonli va harfiy ifodalar haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Geometrik shakllar. Geometrik kattaliklarni o‘lchash
kesma, nur, to‘g‘ri chiziq, son nuri; burchak va uning turlari; to‘g‘ri
to‘rtburchak; kvadrat, to‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Ko‘nikmalar Son va hisoblashlar:
ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni og‘zaki bajara olish;
ikki xonali sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish amallarini og‘zaki bajara olish;
ko‘p xonali bo‘lgan natural sonlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni erkin bajara olish;
sodda hollarda sonli va harfiy ifodalarni tuzish;
3-5 arifmetik amalli matnli masalalarni savollar tuzib echa olish.
to‘g‘ri, noto‘g‘ri kasr nimaligini;
o‘nli kasrlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
o‘nli kasrlarning xona birliklarini farqlay olish;
o‘nli kasrlar ustida bajariladigan amallarni bajara olish;
protsent haqida tushunchaga ega bo‘lish; protsentni songa, sonni protsentga aylantirishni bilish;
diagrammalar haqida tasavvurga ega bo‘lish va sodda diagrammalarni yasay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |