1-mavzu: Abdulla Qodiriyning
PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODI
Download 317.19 Kb. Pdf ko'rish
|
saralangan insholar www.sadikov.uz
PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODI
Pirimqul Qodirov o’zbek adaboyotiga XX asrning o’rtalarida kirib kelgan yangi avlodning atoqli vakilidir. Bo’lajak adib 1928-yil 25-oktabrda tug’ilgan. Halol cho’ponlikdan suruv-suruv qo’ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho’ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo’jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko’ldan O’zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog’iga badarg'a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko’z, sinchkov nazar bilan qarashga o’rgatdi. Maktabda a’lo baholarga o’qidi. Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi. Moskva aspiranturasini tugatib, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqladi va fan nomzodi bo’ldi. Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo’shib olib bordi. O’zbek realistik prozasidagi badiiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar e’lon qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va arbob sifatida Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas’ul lavozimlarda ishladi. Badiiy tarjima Pirimqul Qodirov mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K.Fedinning “Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X.Deryayevning “Qismat” romanlarini o’zbek tiliga o’girdi. Adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq yozuvchisi” yuksak unvoniga sazovor bo’ldi. P.Qodirov xassos, nozikta’b, o’ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyatlar so’zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg’unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jozibada ko’zga tashlanadi. Download 317.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling