1-Mavzu: Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari. O‘zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo‘lishi. Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog’liqligi


Download 19.63 Kb.
bet5/7
Sana17.10.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1706666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot o\'z bolalar adababiyoti

O`tgan asrning 20- yillarida Fitrat, Cho`lpon, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o`rin oldi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor, D.Oppoqova, M.Fayziy, Ilyos Muslim, A.Rahmat, Sh.Sahdulla, Quddus Muhammadiy, H.Nazirlar kelib qo`shiladi. Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib bordi va 30-yillarga kelib, o`zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo`ldi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko`plab asarlar o`zbek tiliga tarjima qilindi. Urushdan keyingi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go`zal diyor, hur o`lkamiz to`g’risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida A.Oripovning «Dehqon bobo va o`n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo`lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo`ldi.

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI

  • MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
  • Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o'zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya'ni ularga badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-­barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning katta ko'pchiligini alla-qо'shiq, ertak topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.

  • Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning katta ko'pchiligini alla-qо'shiq, ertak topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.

Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling