- MAKTAB YОSHIDAGI KICNIK BOLALAR KITOBXONLIGI
- Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan bir oz farq qiladi. Vu farq bolalarning yoshi va bilim saviyasi bilan bog'liq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari Bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag'ishlaydi.
- Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan. 11-12 yoshdagi bolalar sehrli, fantastik ertak, sarguzasht, xikoya, qissa va dostonlarni sevib o'qiydilar. Ollоyоrning “Fazogir chumoli”) (ertak-qissa), Anvar Obidjonning «Dahshatli Meshpolvon,) (ertak-qissa), Quddus Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” (doston), Yusuf Shomansurning “Oydan kelgan bolalar” (doston) kabi asarlar shu yoshdagi bolalarga mo'ljallab yozilgan.
- Bu yoshdagi bolalar o'zlari mustaqil ravishda kitob o'qib qolmay, balki о'qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga о'rganadilar, zarur bo'lsa ular ko'rsatgan mardlik vajasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar.
- O’RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
- Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli-janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. «Shiroq», “To'maris” kabi afsonalar bilan birga, Oybek, G'afur G'ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Nakim Nazir, Sh. Sa'dulla, A.Obidjon, M.Adashboyev va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kash etadi.
- Jahon bolalar adabiyotining A.S.Pushkin, L.Tolstoy, S.Servantes, О.Defo, J.Svift, Е.Voynich, K.Chukovskiy, S.Ya.Marshak kabi namoyandalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |