1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og‘zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi


(1441-1501) Alisher Navoiy aytganidek


Download 163.73 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2020
Hajmi163.73 Kb.
#144778
1   2
Bog'liq
1 MAVZU NAZARIY

(1441-1501)

Alisher Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik

keltirasan».

Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.



(1849-1936)

Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos Ivan Pavlovbirinchi signalsistemasi,keyingisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan. Inson ikkinchi signalsistemasiga egaligibilan boshqajonzotlardan ajralib turadi.

Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi.

Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi.

Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi.

Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.



Me’yor tushunchasi

Nutq tushunchasi to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn)gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.

Adabiy til me’yorlari til vositalarining nutqda qo‘llanishini belgilab beruvchi qoidalar yig‘indisi bo‘lib, ular har bir til bo‘limida ko‘rib chiqiladi, ya’ni leksikologiyada leksik–semantik me’yorlar, fonetikada orfoepik va orfografik me’yorlar, grammatikada morfologik va sintaktik me’yorlar o‘rganiladi.

Nutq uslublari o‘zlariga xos belgi va farqlardan qat’iy nazar, adabiy til me’yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy me’yor tilning tovush tizimini, grammatik qurilishi hamda uning lug‘at tarkibidagi eng tiniq hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. U tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlashgan shaklidir.

Аdabiy me’yorlar faqat yozma adabiy til uchungina taalluqli bo‘lmay, u og‘zaki adabiy til uchun ham zarur holatdir. Shuning uchun ham adabiy tilning og‘zaki shaklida (ma’ruza, radio-теlevideniedagi chiqishlar, jonli suhbatlar) ham аdabiy me’yorga bo‘ysuniladi, uning qonun-qoidalariga rioya qilinadi

Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:

1. Diаlеktаl mе’yor.

2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori.

3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.

4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).



Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir.

Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi.

Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir.

O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:

1. Lеksik-sеmаntik mе’yor.

2. Tаlаffuz (оrfоepik) mе’yor.

3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.

4. Fоnеtik mе’yor.

5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.

6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.

7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.

8. Imlоviy mе’yor.

9. Uslubiy mе’yor

10. Punktuаtsiоn mе’yor.

Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Yozma va og’zaki nutq

Nutq ikki shaklda bo‘ladi.

1.Og‘zaki nutq.

2.Yozma nutq.

Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.

So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir.

Pauza, mantiqiy urg‘u, tembr, tembr, chastota, ritmika va boshqa tashkiliy qismlar hamda mexanizmlarni o‘zida mujassamlashtirgan, tilning barcha qoidalari, qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq turi og‘zaki nutq deb ataladi.

Og‘zaki nutq - boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun mo‘ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og‘zaki nutq ovoz bilan va (ba'zan) shivirlab aytiladi. Oqzaki nutq vaqtida, odatda, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi.

Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:

Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi.

Og‘zaki nutqda so‘z birliklari va gaplarni modullari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi.

Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi.

Og’zaki nutq so‘z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag‘al bo‘ladi. Unda bir xil so‘zlar, bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir.

Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam (pauza), ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.

Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bo‘lishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bo‘linadi. Bularning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi.

Og‘zaki nutqning dastlabki turidan biri - bu monologik nutqdir. Monolog so‘zlovchini o‘ziga yoki tinglovchilarga qaritilgan nutqidir. Monolog nutqida so‘zlovchi o‘ziga ma'lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari haqida ma'lumot beradi. Monolog nutq tinglovchilari suhbatga faol aralashuviga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintetik jihatda monologik nutq murakkab tuzilgan bo‘lib, keng qamrovlidir.

Monolog nutq kishilarning aloqa tajribasida katta o‘rin egallaydi va juda xilma-xil og‘zaki va yozma ravishda so‘zga chiqishlarida namoyon bo‘ladi.

Nutqning monolog formalariga leksiyalar, dokladlar, majlislarda nutq so‘zlashlar, e'lonlar, buyruqlar va boshqa ko‘p og‘zaki va yozma axborotlar oiddir. Monolog nutqning hamma formalarining umumiy va xarakterli xususiyati uning haqiqiy yoki hayoliy eshituvchiga nisbatan aniq yo‘nalganligidir. Bu yo‘nalishdan maqsad tinglovchilarga zarur ta'sir ko‘rsatishga erishishdir.

Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan nutqning eng qiyin va murakkab formasidir. Har birimiz o‘zimizning nutq tajribamizdan yaxshi bilamizki, suhbatda qatnashish qandaydir maxsus axborot bilan chiqishga nisbatan ancha yengildir.

Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha keng bo‘lib, u o‘zining mazmuni va grammatik tuzilishiga ko‘ra ko‘p jihatdan yozma nutqqa to‘g‘ri keladi.

Dialog shakldagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida namoyon bo‘luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va uzatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv mudatdan oldin yakunlanadi.

Dialog nutq, odatda, monolog va yozma nutqqa nisbatan batafsil va ravon nutq tuzishga kam talab qo‘yadi. Bu fakt dastlab shu bilan tushuntiriladiki, suhbatdoshlar bir xil sharoitda bo‘ladilar, bir xil fakt va hodisalarni idrok qiladilar va shu tufayli o‘zlarining fikrlarini batafsil (keng) nutq formasida bayon qilishga harakat qilmay, bir-birlarini nisbatan oson tushunadilar. Avtobus kutuvchilardan birining «kelayotir» deyishi boshqa kishilarning unga tushunishlari uchun yetarlidir.

Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialogik fikrlarning qisqaliligi bilan boshqa fikrlardan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi, voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.

Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.

Bir nechta kishilar bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‘naltirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi.

Tilning barcha qoidalariga (orfografik, morfologik, sintaktik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonematik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma'no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi yozma nutq deyiladi.

Yozma nutq ham og‘zaki nutqqa o‘xshab aloqa vazifasini bajaradi. Biroq og‘zaki va yozma nutqlarda fikr almashish har xil usul va vositalar bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki nutq aniq tovushlarga suyanadi. Yozma nutq yozuv belgilari (harf) yordamida chizma (grafik) shaklida tasvirlanib, ularning har biri og‘zaki nutqning ayrim tovushlarini bildiradi.

Yozma nutq jamiyat tarixida va kishilar hayotida ham og‘zaki nutqdan so‘ng vujudga keladi va uning asosida shakllanadi. Yozma nutq har xil tekstlarni tuzish, ko‘chirib olish va bayon qilishni va ularni o‘z ichida yoki tovush chiqarib o‘qishni o‘z ichiga oladi. Yozma nutqning xususiyati shuki, u boshqa vaziyatda, ayni shu joyda yo‘q bo‘lgan talabaga qaratilgan bo‘ladi va u yozilgan narsani faqat bir qancha vaqtdan so‘ng o‘qiydi.

Yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning bo‘lmasligi yozma nutq tuzishda ma'lum qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Yozuvchi fikrlarini yaxshi tushuntirish uchun ifodalash vositalaridan (ohang, mimika, ishora) foydalana olmaydi. Yozuvchi o‘z atrofini o‘rab olgan vaziyatga suyana olmaydi, chunki u talabaning idrok qilishiga og‘irlik qiladi. Shuning uchun yozma- nutq har qanday og‘zaki nutq formasiga nisbatan ancha mukammal va ravon bo‘ladi.

Doklad, dars konspekti, maqola, hikoya, xat va boshqalar yozayotganingizda o‘z fikringizning mazmunini juda aniq va ravon so‘z formasida ifoda qilish uchun faol va ongli suratda ishlaysiz. Siz buning uchun kerakli so‘zlarni topishga harakat qilasiz, aniq va yaxshiroq gaplar tuzishni ta'minlaydigan so‘zlar tartibini tanlaysiz.

Yozma nutqning, ayniqsa, katta ahamiyati shundan iboratki, u kishilar o‘rtasidagi aloqani kengaytiradi va atrofni o‘rab olgan borliqni bilish chegarasini ancha oshiradi. Yozma nutqda kishilik jamiyatining tarixiy tajribalari - uning fan, san'at va butun insoniyat madaniyati erishgan yutuqlari qayd qilingan va mustahkamlangandir. Yozuv tufayli ko‘pgina avlodlar tomonidan to‘plangan bilimlar millionlab kishilarning boyligi bo‘lib qoladi va har bir o‘qimishli kishi o‘zining bilish faoliyatida ulardan. foydalanishi mumkin.

Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng to‘liq va mukammal nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida grammatika qoidalariga og‘zaki nutqdagiga qaraganda ko‘proq rioya qiladi. Yozma nutqda gap bo‘laklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o‘qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. Yozma nutqning sintaksis jihatdan to‘liq bo‘lishi shuning uchun ham zarurki, og‘zaki nutq uchun harakterli bo‘lgan mimika, imo-ishoralar, intonatsiyalar va boshqa shu kabi qo‘shimcha elementlarni yozma nutqda ishlatib bo‘lmaydi.

Yozma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo‘ladi. Maktub, doklad, ma'ruzalar va boshqa shu kabilarni yozayotgan kishi so‘zlarni ongli ravishda tanlaydi, gaplari yaxshiroq qilib tuzishga intiladi.

Og‘zaki nutq bilan yozma nutq o‘rtasida o‘rtacha joy oladigan nutqlar borki, bu nutqlar monologning alohida turlaridir. Og‘zaki dokladlar: ma'ruzalar, nutqlar, o‘qituvchining darsni tushuntirib berishi va boshqa shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir. Bu nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqinroqdir: odatda, ma'ruza, doklad qilmoqchi, nutq so‘zlamoqchi, dars bermoqchi bo‘lgan kishi buning uchun tayyorgarlik ko‘radi.



Mana shu tayyorgarlikning o‘zi, ko‘pincha, qilinadigan dokladlarni, ma'ruzalarni va boshqa shu kabilarni oldin yozma bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Ammo bu nutqlar amalga oshirilish texnikasi jihatidan, ko‘pincha (agar yozilgan materialni o‘qib berilmasa), og‘zaki nutqqa yaqinlashadi. Bunday hollarda bu xildagi nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham og‘zaki nutqqa yaqinlashadi. Odatdagi og‘zaki gaplashuv nutqida bo‘lganidek, monolog nutqning bu turlarida ham mimika, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hil nutq o‘zining «jonli» bo‘lishi jihatidan ham og‘zaki gaplashuv nutqiga yaqinlashadi.
Download 163.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling