1-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish


-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish


Download 19.62 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi19.62 Kb.
#1517999
1   2
Bog'liq
1-mavzu

2-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish.

Joriy yilning 3-aprel kuni “O’zsanoatqurilishbank ATB Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi” Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti hamda O‘quv markazi hamkorligida “Filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlari va renking ko‘rsatkichlari” mavzusi bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh ofis xodimlari bilan birga, Bankning Yuridik xizmat departamenti yuriskonsultlari, bosh buxgalterlar va filiallarning kreditlash amaliyotlari bilan shug‘ullanuvchi jami 72 nafar xodim ishtirok etdi.

Onlayn seminarda, Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti direktori Mileusha Muxammedyarovabank aktivlari, yuqori likvidlilik, aktivlarning filiallar bo‘yicha ulushining standart qiymatlari, chakana biznes amaliyotlarida kredit va lizing operatsiyalarining filiallar qirqimidagi reytingi, filiallarning kredit portfelida mijozlarning kredit ulushlari, kredit va lizing uchun mutloq zayomlar bo‘yicha yaratilgan rezervlar qoldig‘i kabi masalalar yuzasidan filiallarning 2022 yil davomida egallagan reyting o‘rinlarini yoritib berdi.

Onlayn muloqot davomida filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘sish va pasayish sur’atlari, resurs bazasini mustahkamlash, kredit amaliyoti tavakkalchiligi, bank iqtisodiy me’yoriy ko‘rsatkichlari hamda filiallarni daromadliligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qizg‘in bahs va munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.


Men ham o’tgan seminardan juda katta ta’surotlar oldim. Amaliyot davomida men bankning asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari bilan tanishdim quyidagi jadvalda bu haqida batafsil ko’rsatib o’tganman.
AsiaMoney jurnali tomonidan o'tkazilgan "2021 yilning eng yaxshi banki" (Best bank awards 2021) tanlovida O'zsanoatqurilishbank "Eng yaxshi mahalliy bank" nominatsiyasida ketma-ket ikkinchi marta g'olib deb topildi.

Nashr ekspertlari O'zsanoatqurilishbankni mamlakatning eng yirik kredit muassasalaridan biri sifatida e’tirof etib, moliya muassasining so'nggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qildilar. Xususan, hisobot davrida bankning moliyaviy ko'rsatkichlari yaxshilanganligi qayd etildi. Bank aktivlari 2020-yil oxiriga kelib 29% ga, ya’ni 4,5 mlrd. dollargacha o'sdi va o'z kapitalining rentabelligi 2019-yildagi 9% dan 15% gacha o'sdi. Chakana mijozlar soni 2019 yildagi 1,07 milliondan 1,16 millionga, korporativ mijozlari soni esa 56 500 tadan 64 500 taga oshdi.



Tahlilchilar Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda moliya institutini transformatsiyasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar. Qayd etilganidek, transformatsiya jarayonlari bankka biznesni kengaytirish va uni bozor tamoyillari asosida ishlaydigan universal bankka aylantirish, kichik va chakana biznes segmentlariga alohida e'tibor qaratgan holda investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish, aholi o'rtasida marketing va brendni tanib olishni oshirish imkonini berdi.
Download 19.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling