Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi 2-kurs magistri Norquvvatov Sulaymonning ilmiy seminarda
“Dastlabgi integrallash metodini yuqori tartibli hosila oldida kichik parametri bo’lgan tenglamani yechishga tadbiq etish” mavzudagi ma’ruzasi haqida
BAYONNOMA
2022-yil Termiz shahri
Magistratura bo’limi 2-kurs magistri Norquvvatov Sulaymonning ilmiy seminar mashg’ulotida “Dastlabgi integrallash metodini yuqori tartibli hosila oldida kichik parametri bo’lgan tenglamani yechishga tadbiq etish " mavzuda ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Chekli elementlar metodi mavzusida detallar haqqoniyligi va ularning qo'llanilish sohalari haqida ma’lumotlar ham keltirib o’tildi.
Ma’ruza yuzasidan fan doktori Chori Normurodov o'z fikrlarini bildirdi va mavzuga ba’zi ma’lumotlarni qo’shimcha tarzida aytib o’tdi.
2-Kurs magistrlari Tilolov Muxriddin, Shoira Turdiyevalar mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildirdilar. Ilmiy seminarda yoritilgan ushbu mavzu barchada yaxshi tasavvur qoldirdi.
Ushbu ilmiy seminar magistr talabalarining kelgusi ilmiy izlanishlari uchun poydevor vazifasida xizmat qilib, ilmiy tadqiqotlarini amaliyotda qo`llashda bevosita yordam bo`ladi.
Ilmiy seminar rahbari: f.m f.d Ch.Normurodov
Do'stlaringiz bilan baham: |