1-mavzu. Amaliyot o‘tiladigan ob’ektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish
-mavzu. Kompaniyaning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini o‘rganish
Download 353.42 Kb.
|
sunnat.singh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brokerlik faoliyati
- Kliring faoliyati
3-mavzu. Kompaniyaning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini o‘rganish
Qimmatli qog‘ozlar bilan qilingan operatsiyalar tahlilida, ushbu operatsiyaning daromadliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda asosiy e’tibor boshqa emitentlardan sotib oltngan qimmatli qog‘ozlar uchun olingan devident yoki foiz to‘lovlari dinamikasi, har bir qimmatli qog‘ozdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish jarayonida olingan vositachilik daromadlar ko‘lami tahliliga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Mijozlar ning topshirig‘iga asosan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularni hisobini yuri tish va boshqarish naatijasida olinadigan daromadlar hamda amalga oshirilgan operatsiyalar ko‘lami tahlili ham bankning investitsion siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning o‘z aksiyalarini muomalaga chiqarilishi va ularning sotilishi, uning kapitallashuv darajasini bildiradi va bularning o‘sish dinamikasi bank to‘lov qobiliyati, likvidliligi hamda mijozlar ishonchining oshishiga olib keladi. O‘zbekiston banklari Markaziy bankdan olingan bosh litsenziyaga muvofiq, fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir. Brokerlik faoliyati - bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs yoki komissiya a’zosi sifatida bitim to‘zish, topshiriq shartnomasi yoki komissiya asosida amalga oshadi. Dillerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish. Depozitar faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki qimmatli qog‘oz huquqini o‘tkazish va hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish Banklar qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish bo‘yicha ham xizmatlar ko‘rsatishi mumkin: aksiyalarni moliya bozoriga joylashtirish (anderrayting), aksionerlar reestrlarini yuritish, yillik foydani to‘lash. Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir. Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish maqsadida chiqarishlari mumkin. Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida qatnashishi mumkin. Aksionerlik tijorat “SQB ATB” investorlik faoliyati bo’yicha loyihalarga sarmoya kiritish g’oyalarni qo’llab quvvatlash masalalari bo’yicha eng faol banklardan bo’lib hisoblaanadi. “SQB ATB” shu kunga qadar “Aloqaventures” bilan birgalikda hozirgi kunda 50 000 dan ortiq foydalanuvchisiga ega bo’lgan online ta’lim platformasi hisoblangan “mohirdev”, yuridik shaxslar uchun moliyaviy va hujjatli boshqaruv platformasi hisoblangan “The mind”, halol to’lov xizmatidan foydalangan holda tovarlarni sotib olish imkoniyatini taklif qiluvchi marketpleys hisoblangan “allgood”, sun’iy intellektga asoslangan video kuzatuv va analitik monitoring xizmati platformasi hisoblangan “Cradle”, elektro stansiyalarni ishlab chhiqarish va ishga tushirish bilan shug’ullanuvchi “ProTok”, Iqtisodiyotning turli sohalarida sun’iy intellekt dasturlarini ishlab chiqaradigan sun’iy intellekt zavodi “zypl.ai” va shunga o’xshash bir qator “YOTO”, “Bilgi”, “Didox+”, “Depozit.uz”, “sello”, “beautify” va shunga o’xshash o’nlab loyihalarga sarmoya kiritgan holda ularni qo’llab quvvatlagan va “Aloqaventures” venchur fondi bilan birgalikda fintex, e-commerce, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo’nalishidagi loyihalar va startaplarni qo’llab-quvvatlash, ularga texnik, moliyaviy va marketing yordamlarini ko’rsatishga tayyor. Aksionerlik tijorat “SQB ATB”ning sho’ba tashkiloti hisoblangan “Aloqaventures” venchur fondi qimmatli qog’ozlar va fond birjasiga aloqador loyilardan biri fond birjasida savdo qilish imkonini beruvchi innovatsion “JETT” loyihasiga 2022-yilda sarmoya kiritdi va bu loyiha bugungi kunda muvaffaqiyatli amalgam oshgan loyiha sifatida o’z faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda “JETT” loyihasi mobil ilova hisoblanib o’z foydalanuvchilariga O’zbekiston fond bozori bilan ishlash bo’yicha birinchi mobil ilova sifatida brokelik hisobini ochish uchun ariza berish, brokerlik hisobvarag’idan bank kartasiga depozit qo’yish va pul yechib olish, birja kotirovkalari, ayirboshlash stakani va kompaniya yangiliklarini kuzatib boorish, aksiyalar oldi sotdisini amalga oshirish hamda portfeldagi aksiyalarning o’sishi yoki pasayishini tahlil qilish imkoniyatini yaratgan. Aksionerlik tijorat “SQB ATB” 2022-yil oxiriga kelib jami aktivlari tarkibini 5,5%ini yani 885,5 mlrd. so’mni investitsiyala va oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari tashkil qilgan. Bank aktivlarining tarkibida birgina investitsiyalar 2022-yil yakuniga ko’ra 95 846 445(ming so’m)ni tashkil etgan bo’lsa 2023-yil II-chorak yakunida 118 746 445 (ming so’m)ni tashkil etib yuqori o’sish qayd etganini ko’rishimiz mumkin, Shuningdek amaliyot obyekti so’nggi yillik moliyaviy hisobotlariga ko’ra qimmatli qog’ozlar sotib olish va sotish hisobvaraqlari bo’yicha 78 271 877(ming so’m) foiz daromadlari ko’rgan bo’lsa investitsiyalardan olingan foyda va dividendlari 991 923(ming so’m)ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkichlar Aksionerlik tijorat “SQB ATB”ning fond bozoridagi ishtiroki o’rtacha va hattoki yaxshi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Aksionerlik tijorat “SQB ATB”ning investitsion faoliyati istiqbollari yuqori bo’lgan banklardan biri bo’lib hisoblanadi. Bank kelajakda bir qator loyihalarga va qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish orqali turli va keng hajmdagi daromad ko’rishi mumkin. Xususan, dividend daromadi: banklar boshqa kompaniyalarning aksiyalariga sarmoya kiritganda, ular aksiyadorga aylanadi. Agar investitsiya qilingan kompaniyalar foyda keltirsa va o'z aktsiyadorlariga dividendlar taqsimlasa, banklar ushbu dividendlarning bir qismini oladi. Dividend daromadi bankning aktsiyalarga egaligidan to'g'ridan-to'g'ri daromad keltiradi. Kapital daromadlari: tijorat banklari aktsiyalar va obligatsiyalar kabi qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilganda, bu qimmatli qog'ozlarning bozor narxlari o'zgarishi mumkin. Agar qimmatli qog'ozning bozor qiymati bank uni sotib olgandan so'ng oshsa va bank keyinchalik qimmatli qog'ozni qimmatroq narxda sotsa, bank kapital daromadini amalga oshiradi. Ushbu daromad qimmatli qog'oz qiymatining oshishidan olingan foydani ifodalaydi. Savdodan olinadigan foyda: ba'zi banklarda qimmatli qog'ozlarni faol ravishda sotib olish va sotish bo'yicha savdo stollari mavjud. Bozor tendentsiyalarini yaqindan kuzatib borish va strategik savdo qarorlarini qabul qilish orqali banklar qisqa muddatli narxlar harakatidan foyda olishni maqsad qiladi. Savdo foydasi bank qimmatli qog'ozlarni arzonroq narxda muvaffaqiyatli sotib olib, ularni yuqori narxda sotganda yuzaga keladi. Anderrayting to'lovlari va investitsion bank xizmatlari: kompaniyalar yoki hukumatlar mablag'larni jalb qilish uchun yangi qimmatli qog'ozlar (masalan, obligatsiyalar) chiqarganda, tijorat banklari anderrayter sifatida harakat qilishlari mumkin. Ular ushbu qimmatli qog'ozlarni bozorga chiqarish va investorlarga sotishda yordam beradi. O'z xizmatlari evaziga banklar sotilgan qimmatli qog'ozlarning umumiy miqdoridan foizni tashkil etadigan anderrayting to'lovlarini oladi. Tijorat banklari kompaniyalarga qo'shilish, sotib olish va kapitalni jalb qilish kabi moliyaviy operatsiyalar uchun investitsiya bank xizmatlarini taklif qiladi. Bank maslahat xizmatlari va ushbu murakkab bitimlarni tuzishda yordam uchun haq oladi. Download 353.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling