1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zirabuloq makoni
Omonqo’ton g’or - makoni. Bu makon Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida bo’lib, Samarqanddan 43-44 km janubdadir. G’orning kengligi 1,5 metr, balandligi 0,9 metr, unda chuqurligi 25 metr chamasidagi madaniy qatlam borligi aniqlangan. Gor-makonning madaniy qatlamlaridan kvarst, diorit va boshqa tosh navlaridan yasalgan qirg’ich va kurakchalar, o’tkir uchli paykon va plastinkalar, nukleuslar va qo’l chopqilari kabi tosh qurollar, uchrindi va ko’p tosh parchalari topilgan. Ayni vaqtda madaniy qatlamlardan Osiyo muflonlari (arxar), qo’ng’ir ayiq, giena, tog’ echkisining suyak qoldiqlari, shuningdek g’or devori tagidan tog’ echkisi va asl bug’ining kalla suyaklari ham topilgan. Makonnning madaniy qatlamlarida o’choq-gulxan qoldiqlari ham uchraydi. Madaniy qatlamlar g’orning old va o’rta qismidan ham, eng ichkari qismidan ham topilgan. Demak, ibtidoiy odamlar g’orning old va o’rta qismidan ham, eng ichkari qismida ham yashagan. G’or ibtidoiy odamlar uchun uzoq muddatli joy-makon bo’lib xizmat qilgan.
G’orning madaniy qatlamlaridan turli-tuman yovvoyi hayvonlar suyak qoldiqlari topilishi omonqo’tonlik ibtidoiy kishilarning ovchilik bilan shug’ullanganliklaridan darak beradi. Ammo omonqo’tonliklar faqat ovchilik bilan shug’ullanib qolmay, balki tog’dagi har xil o’t-o’lanlar va daraxtlarning yovvoyi mevalarini terib, ularni ovqat sifatida iste’mol ham qilganlar Omonqo’ton g’or-makonidan topilgan tosh qurollar ko’p jihatdan Zirabuloq, Qo’tirbuloq, Go’rdara, Ijon hamda Vaushdan topilgan muste davri tosh qurollariga o’xshab ketadi. Omonqo’ton g’or-makonidan topilgan tosh qurollar muste davriga mansub bo’lib, g’orda yashagan odamlar neandertal tipidagi kishilarning namoyandalari edilar. Muste davriga mansub bo’lgan Omonqo’ton g’or-makoni O’rta Zarafshondagi yagona yodgorlik emas. Keyingi vaqtlarda olib borilgan arxeologik qidiruv ishlari natijasida Samarqand va uning atrofidan muste davriga mansub tosh qurollar topildi. Chunonchi, Samarqanddagi Registon maydonidan, Afrosiyob xarobasi maydonidan , shahardan 4-5 km janubdagi Darg’om kanalining chap sohilidan muste davriga mansub nukleuslar, siniq-uchrindilar, qirg’ichlar, qo’l chopqilari va boshqa qurollar topildi. Mazkur tosh qurollardan ba’zilarining chetlari kertilgan va retushlangan. Demak, muste davri kishilari o’sha vaqtlarda tog’lik joylarda yashash bilan birga vodiyga ham keng tarqala boshlaganlar.. Zirabuloq makoni. Bu makon Zarafshon vohasidagi eng mashhur Qo’tirbuloq makonidan so’nggi eng yirik muste davri makonlaridan biri hisoblanadi. Zirabuloq makoni Zirabuloq tog’ining jalubiy yonbag’rida, Qo’tirbuloqdan 1 km sharqdagi Zirabuloq chashmasi atrofida joylashgan. Zirabuloq makonini kovlash natijasida 6 ta shurfning madaniy qatlamlaridan 350 dan ortiq chaqmoqtosh, kvarstit, mayda zarrali slanest, diorit va daryo toshlaridan yasalgan nukleuslar, sixcha, qirg’ich, qirg’ichcha, kurakcha, teshgich, ikki xil tosh qurolni o’zida mujassam etgan sixcha, o’roq, randa kabi mehnat qurollari topildi. Zirabuloq makoni hali Qo’tirbuloq singari to’liq o’rganilganicha yo’q. Lekin shunga qaramay, topilgan tosh qurollar va buyumlarni har tomonlama o’rganish natijasida qurollarning asosiy qismi rivojlangan muste davriga mansub bo’lib, shurfning yuqori qismidai topilgan qurollar yuqori tosh asriga mansub ekanligi aniqlandi. Makondan topilgan mehnat qurollari ko’p jihatdan va aynai Qo’tirbuloq qurollariga o’xshashligini hisobga olib, zirabuloqliklar qo’tirbuloqliklar bilan zamondosh, qo’shni to’da bo’lganlar, deb hisoblash mumkin. Zirabuloqdan yovvoyi hayvon suyaklariping qoldiqlari chiqmagan bo’lsada, lekin ular ham qo’tirbuloqliklar singari bevosita ovchilik va termachilik bilan tirikchilik o’tkazganlar, degan fikrga kelish mumkin. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling