1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet27/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Machay g’or-makoni. Bu yodgorlik Hisor tizmasining tarmoqlaridan biri — Ketmonchopti tog’ining janubii yonbag’rida, Machay daryosining o’ng sohilidagi Yuqori va O’rta Machay qishloqlari oralig’ida joylashgan. U daryo sathidan 70 metrcha balandda bo’lib, og’zi janubga qaragan. Uning kengligi 20 metr, chuqurligi 11 metr, balandligi esa 3,5—5 metrgachadir.

Machay g’ori ko’p qatlamli yodgorlik bo’lib, qazish natijasida undan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Lekin ular orasida tosh qurollar asosiy ko’pchilikni tashkil kiladi.

Machay g’ordan topilgan suyak qurollarning jami 15 nusxa bo’lib, ular bigiz. igna, so’zan va boshqalardek iboratdir.

G’orning madaniy qatlamidan jami 870 ta toshdan yasalgan qurol va buyumlar kovlab olingan. Ular har xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan parrak va parrakchalar, tosh pichoqlar, arrasimon qurollar, keskich, tosh sandonlar, ushatgich toshlar, yo’ng’ich-randalar, nayza va o’q uchlari, trapestiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollardan iboratdir. Machay g’oridan topilgan qurollar uzining ishlanish texnikasi katta-kichikligi nuqtai nazaridan Tojikistonning Vaxsh daryosi havzasidagi mezolit qurollariga ancha o’xshab ketadi

Ayni vaqtda qurollarning ba’zilari Markaziy Farg’ona, Toshkent vohasidagi, Turkmaniston, Janubiy Qozog’iston va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi qator mezolit yodgorliklardan topilgan tosh qurollariga ham o’xshaydi. Ular orasida o’ziga xos ayrim belgilar ham uchraydi.

Machaydagi qazish ishlari natijasida madaniy qatlamlardan antropologik materiallar — odam bosh suyaklari, tishi, jag’i va boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan bo’lib, shu vaqtga jumhuriyatimizdan ham, O’rta Osiyoning boshqa joylaridagi mezolit yodgorliklaridan ham bunday buyumlar topilmagan emas. Bu jihatdan Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiy ahamiyatga egadir. Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri voyaga etgan erkak ikkinchisi ael va uchinchisi esa yosh bolaga mansub ekanligi aniq langan.

Antropologik hujatlarni chuqur o’rganish olimlarga Janubiy O’rta Osiyo mezolit davri kishilarining qaysi irqqa mansub ekanliklarini bilish imkonini berdi. G’ordan topilgan kalla suyaklarining hammasi evropoid irqiga mansub kishilarniki ekanligi aniqlandi. Bu O’rta Osiyoning eng qadimgi aholisini, ularning tashqi qiyofasini va qo’shni o’lkalar bilan ayniqsa janubdagi qabilalar bilan bo’lgan aloqasini o’rganishda muhim

Paleozoolog B. X. Botirovning ma’lumotlariga qaraganda Machay g’oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklari topilgan bo’lib, ularning aksariyati mayda, sindirilgan, olovda kuygan. Agar madaniy qatlamdagi qalin kul qoldiqlari nazarga olinsa, g’orda hamisha gulxan yonib turgan. Demak, machayliklar olovdan juda keng foydalanganlar, hayvon go’shtlarini olovda pishirib eganlar.

G’ordan yovvoyi va xonaki hayvon suyaklarining topilishi Machay chay daryosi havzasida yashagan mezolit davri kishilarining ovchilik va qisman chorvachilik bilan shug’ullanganliklarini bildiradi. Machayliklar termachilik bilan ham shug’ullangan bo’lishlari kerak. Chunki Machay atrofi yovvoyi meva va o’simliklarga juda boy bo’lgan.

Arxeologlar makonning madaniy qatlamlaridan topilgan. mehnat qurollari va paleontologik materiallarni chuqur o’rganib, ularning miloddan avvalgi VII—VI mingyilliklarga mansub ekanligini aniqlaganlar.

Machay g’ori buyumlarini O’rta Osiyodagi Damdam chashma 11, Tutqovul, Oshxona, Obishir, Chilchor chashma, shuningdek, Yaqin va O’rta Sharqdagi Zarzi-Shanidar, Ali-Tappex, Gari-Kamarband, Zevi-Chemi-Shanidar, Qorakamar, Oq ko’prik va boshqa mezolit davri makonlaridan topilgan tosh va suyak qurollari bilan qiyoslash natijasida ular orasida o’xshashlik borligi aniqlangan.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling