1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet23/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Qayroqqum joy-makoni. Bu makon Tojikistondagi muste davri yodgorliklarining eng yirik namunasidir. Ochiq holdagi muste makonlari Sirdaryoning chap sohilidagi Leninobod shahri va Navkat qishlog’i orasidan topilgan. Mazkur joyning 31 eridan tosh buyumlar terib olindi. Ular orasida ikki yoqli gardishsimon nukleuslar ko’pchilikni tashkil etadi. U erdan nozik qilib ishlangan levallua plastinkalari, o’tkir uchli tosh paykonlar, qirg’ichlar topilgan bo’lib, bular ham levallua-muste ko’rinishiga egadirlar. Aypi vaqtda bu erdan juda ko’p uchrindi va boshqa tosh parchalari ham topilgan. Qayroqqumdan topilgan muste davri qurollari ko’proq Farg’onadagi muste yodgorliklaridan topilgan tosh buyum va qurollarga ancha yaqin turadi.

Tojikiston muste davri yodgorliklariga yakun yasab, shuni aytish mumkinki, respublikaning turli joylaridan keyingi vaqtdagi qidirish ishlari natijasida yangidan-yangi muste davri yodgorliklari topilmoqda, lekin ular hali yaxshi o’rganilgan emas.

Bu davr oldingi bosqichlarga nisbatan ancha yaxshi o’rganilgan. Mazkur davr iqlim hali yumshamagan, muzlik davri davom etgan, iqlim ancha sovuq davr edi. Lekin odam yaxshigina qurollangan bo’lib, yashash uchun kurashga tayyor edi. So’nggi paleolit kishilarining xo’jaligi aralash bo’lib, uning asosini mamont, nosorog-karkidon, bizon, tur, bug’u va boshqa yirik hayvonlarni ovlash tashkil etar edi. Ayni paytda baliqchilikning dastlabki kurtaklari paydo bo’la boshlagan, yovvoyi mevali daraxtlarni, don va ildizmevali o’simliklarni terib, ovqat sifatida iste’mol qilish keng tarqalgan edi.

Mexnat qurollar ikkiga bo’lingan:


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling