Dara-i-Sho’r g’or makoni. Bu makon 1978 yil A.X.Yusupov tomonidan Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan. 1977-78 yillarda makonda qazish ishlari olib borilgan. (Ranov, 1952, 5-19 betlar). G’orning ichida madaniy qatlam aralashgan holda uchraydi. A.X.Yusupov va T.Filimonovalar fikricha, g’orga kiraverishdagi maydoncha madaniy qatlami buzilgan. Manzilgohdan 5000 dan ortiq arxeologik ashyoviy topilmalar topilgan. Topilgan kolleksiyaning 7 foizini Hisor elementlari tashkil etadi. Manzilgoh tosh qurollari T.T.Filimonova tomonidan maxsus trassologik usulda o’rganilgan. Uning fikricha, ko’pchilik tosh qurollar hyech qanday maxsus ishlov berilmasdan o’z holicha ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |