Say-Sayyod makoni. Bu manzilgoh A.H.Yusupov tomonidan atroflicha o’rganganilgan. 3-gorizont yuqori paleolitningso’nggi bosqichlari bilan yoshlangan (Yusupov, 1975, 140-145 betlar). Bu gorizont tosh qurollari ichida chakmoqtoshdan yasalgan tosh qurollari umuman uchramaydi. Tosh qurollari asosan qo’pol otsheplar, chopper, chopping, boltasimon qurollardan iborat. Bu gorizont V.A.Ranovning fikricha so’nggi paleolitning oxiri yoki ilk mezolit bo’lishi mumkin. Lekin bulardan qaysi biriga oid bo’lishidan qat’iy nazar qayroqtosh madaniyatining davomchisi va shubhasiz bu madaniyatning asosi bo’lib hisoblanadi (Ranov, 1987, 75-76 betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |