Sharqiy Kaspiy bo’yi va Tojikistonda mezolit davri.
O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Tojikiston mezolit davri yodgorliklarining o’ziga xos o’rni bor. Haqiqatdan ham, Tojikiston mezolit davri manzilgohlari yaxshi o’rganilgan. Bu borada arxeolog olimlardan, A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, A.G.Amosova, A.Yusupov, V.A.Jukov tadqiqotlari muhim. Ayniqsa, A.P.Okladnikov va V.A.Ranov o’zlarining qariyib 20 yillik birgalikdagi ilmiy faoliyatlari tufayli 1965 – 1984 yillarda 10 dan ortiq mezolit davri manzilgohlarini topishib, ilmiy asosda o’rganishdi. (Okladnikov, 1958, 1966, Okladnikov, Ranov, 1965). Keyingi davrda esa, bu sohada A.Amosova, A.Yusupov, V.Jukov, T.Filimonovalarning xizmatlari kattadir. Birgina Vaxsh, Kofirnigon va Panj vohalarida 20 dan ortiq mezolit manzilgohlari keyingi 10 yilliklarda topib o’rganildi. Shulardan 5 tasi Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, Shugnov va Darai-Sho’rda qazish ishlari olib borildi. Madaniy qatlamlari buzilgan manzilgohlar ichida eng kattasi va muhim dalillar bergani Chilchor-Chashma manzilgohi, Beshkent vohasi manzilgohlari va Makoni-Mor manzilgohlaridir
Do'stlaringiz bilan baham: |