Dam-Dam- Chashma 2 g’or makoni 1947 yili A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilib, tadqiq etilgan (Okladnikov,1953). Keyinchalik 1963-1964 yillar mobaynida manzilgoh arxeolog-olim G.Ye.Markov tomonidan atroflicha o’rganilgan (Markov, 1966; 1966 a). G.Ye.Markov makonni ilmiy o’rganish jarayonida 9 ta madaniy qatlam borligini aniqladi. 250 kv.m.dan ortiq maydon madaniy qatlami o’rganildi. Tadqiqotchi shu 9 ta madaniy qatlamdan 8-5 madaniy qatlamlarni mezolit davriga oid degan ilmiy xulosaga keladi. Bu manzilgoh keyinchalik G.F.Korobkova tomonidan sinchkovlik bilan tadqiq etilib, tadqiqotchi 4- madaniy qatlamni 2 ta madaniy gorizontga bo’lish mumkin degan ilmiy taklif kiritdi. 1978 yili bu manzilgoh G.Ye.Markov va S.Xamroquliyev tomonidan yana qaytadan o’rganildi (Markov 1981, Hamroquliyev, 1979,1981).
Do'stlaringiz bilan baham: |