1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaltaminor madaniyati
Tutqovul makoni. Hisor madaniyatiga mansub neolit Tutqovul makoni Dushanbadan 70 km janubi-sharqda bo’lib, Norak suv ombori havzasi territoriyasida, Vaxsh daryosining Pulisangin darasidan chiqib kelishi yaqinida Norak shahridan 12 km yuqoridagi Tutqovul qishlog’i yaqinida joylashgan. Tutqovul ko’p qatlamli yodgorlik bo’lib, uning madaniy qatlamlaridan 40 mingga yaqin tosh qurol va buyumlar topilgan.
Tutqovuldan topilgan chaqmoq va shag’al toshdan olingan uchrindi va boshqa topilmalar ko’pchilikni tashkil etadi. U erda shag’al toshdan iborat nukleuslar ham anchagina bo’lib, ulardan mikrolitlar ajratib olingan. Ayni vaqtda makondan qirg’ichlar, chopping, chopper, ushatgichlar, chopqilar, tosh pichoqlar, teshgichlar, o’roq qadamlari, plastinka va boshqa tosh qurollar topilgan. Makondan negadir nayza va kamon o’qlarining paykonlari topilmagan. Tutqovulning 3 gorizontidan topilgan buyumlar miloddan avvalgi VII—III mingyilliklarga mansub bo’lib, unnng keng quyi qatlami ilk mezolitga mansub bo’lishi mumkin. Tutqovul Tojikistondagi neolit davri Hisor madaniyatining eng yirik namunasidir. Tutqovuldan tulki, asl bug’u, buqa, yovvoyi eshak, qo’y, echki kabi uy hayvonlarining suyaklari topilgan. Bu topilmalarning xususiyatlariga qarab, tutqovulliklar termachilik, ovchilik, keyinchalik esa chorvachilik bilan shug’ullanganlar, degan xulosaga kelish mumkin. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Tutqovul singari neolit davri Hisor madaniyatiga mansub makonlar Gaziyontepa, Qo’hna Boy, Tangi Tavridan ham topib o’rganilgan. Hozir Tojikistoi territoriyasida Hisor madaniyatiga mansub 200 dan ortiq neolnt davri joy-makoklari topilgan. O’rta Osiyo arxeologiyasida Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonidagi erlarda keng tarqalgan bo’lib, uning shimoli-g’arbiy chegarasi Ural daryosining o’rta va quyi oqimlari, g’arbiy chegarasi esa Kaspiy dengiziga borib taqaladi. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa Orol dengiziiing shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi Quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta hududida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan. Bu joylar qadimgi davrda ko’l va daryolar o’lkasi bo’lib, u erlarda katta-katta qamishzorlar bo’lgan, ularda juda ko’p va xilma-xil yovvoyi hayvonlar, ko’l va daryolarda esa son-sanoqsiz baliqlar yashagan. Mazkur joylardan topilgan arxeologik topilmalar bu fikrni to’la tasdiqlaydi. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra, Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvoklarni ov qilib, baliq tutib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Joylarda yovvoyi mevali daraxt va butalar ko’p bo’lganligi tufayli ularning xo’jalik hayotida termachilik ham katta o’rin tutgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Kaltaminor qabilalarida chorvachilik ham bo’lgan. Shunday qilib, Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar ovchilik, baliqchilik, qisman chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Bu madaniyatga mansub kishilar yogoch va qamishdan tayyorlangan chaylalarda yashaganlar, loydan har xil idish yasab, ularni olovda pishirganlar, demak, kulolchilik hunarnni bilganlar. Kaltaminor madaniyati O’rta Osiyoda keng tarqalgan o’ziga xos neolit davri madaniyatiki tashkil etadi va miloddan avvalgi IV—III mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Kaltaminor madaniyatining Quyi Zarafshon, Quyi Amudaryo, Ustyurt va boshqa alohida guruhlari biqiq hayot kechirmay, atrofdagi qabilalar bilan o’zaro aloqada bo’lish bilan birga shimolda qadimgi uralliklar, janubda esa joytunlik va jebelliklar va ular orqali esa butun Kaspiybo’yi va Eron qabilalari bilan aloqa bog’lagan bo’lishlari mumkin. Kaltaminor madaniyati mahalliy va janubiy mezolit madaniyatidan kelib chiqib, izsiz yo’qolib ketmadi. Bu madaniyat o’zidan keyingi Zamonbobo va Tozabog’yob madaniyatining vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlarki yaratdi. O’rta Osiyoning sharqiy vohalarida asosan Hisor — Pomir tog’laridan topilgan neolit davri makonlari Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Bu mahalliy tilda tog’ madaniyati deyiladi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikistonning g’arbidagi Hisor — Bobotog’ — Qoratog’ oralig’idagi botiq bo’lib, neolit dazri Hisor madaniyatining dastlabki yodgorliklari Hisor vodiysidan topib tekshirilganligi uchun shu nom bilan ataladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ko’p bo’lib, ularning eng mashhurlari Tutqovul, Soy Sayyod, Quyi Bulyon va boshqalardir. So’nggi vaqtda Tojikistonning Vaxsh, Kofirnihon daryolari, Ko’lob shahri atrofidan topilgan neolit davri yodgorliklari ham Hisor madaniyatiga mansub bo’lib, miloddan avvalgi V—II mingyilliklarga borib taqaladi. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman dehqonchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Arxeologlarning fikricha, Hisor madaniyatiga mansub neolit yodgorliklarini qoldirgan qabilalar Vaxsh mezolit madaniyati qabilalarining bevosita avlodi bo’lishi kerak. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling