Jebel makoni. Bu yodgorlik Turkmanistondagi neolit davri g’or-makonlaridan biri hisoblanadi. Jebeldan nukleuslar, mikrolitlar, yormatoshlar, qirg’ichlar, tarashlagich, tosh qurollar topilgan. Uning madaniy qatlamlaridan chuchuk suvlarda uchraydigan baliq suyaklari ham topilgan. Hozir suvsiz dashtga aylangan. Qoraqumning janubi-g’arbiy etaklari bir vaqtlar sersuv bo’lib, bu erdan qadim Amudaryo o’zanlaridan biri Uzboy oqib o’tgan, unda baliqlar ko’p bo’lib, sohilida yashagan ibtidoiy qabilalar ham ovchilik, ham baliqchilik qilganlar.
Radiokarbon usuli bilan tekshirish natijalari Jebel buyumlarining neolit davriga, ya’ni miloddan avvalgi V mingyillikning oxirgi va IV mingyillikka mansub ekanligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |