1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
-mavzu: Neolit davri manzilgo
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
7-mavzu: Neolit davri manzilgohlari (2 soat)
Reja: Neolit davri haqida umumiy tasnif Kulolchilikning kashf etilishi. Markaziy Farg’ona — neolit manzilgoxlari. Neolit uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Sopol idishlar, kulolchilik paydo bo’lishi bilan neolit (so’zi ham «neos» — yangi va «litos» - tosh degan qadimgi yunon so’zlaridan tarkib topgan bo’lib,) yoki yangi tosh davri boshlanadi. Arxeologlar uchun bu holat ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki neolit, bronza va temir davrlari aholisi yashagan hamma joylarda sopol siniqlari ko’proq topiladi. Kulolchilikning dastlab vujudga kelishini bayon etish uchun ba’zi olimlar amalda yuz berishi mumkin bo’lgan bir gipotezani o’rtaga tashlaydilar. Eng qadimgi idishlar yog’ochdan yasalgan va novdadan to’qilgan. Savatlar ba’zan loy bilan suvalgan. Ana shunday savat tasodifan gulxanga tushib qolgai bo’lishi mumkin. O’tda savatning novdalari kuyib ketgan, suvalgan loy esa shu darajada qotib qolganki, odamlar o’tda kuygan loyning pishiqligini, demak loydan yasalib o’tda kuydirilgan idishning afzalligini payqaganlar. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davrida iqlim hozirgiga ancha yaqin bo’lgan, u davr kishilari, er yuzi bo’ylab ancha keng tarqala boshlaganlar. Ular turli tabiiy sharoitga moslasha boshlaganlar va alohida madaniyat yaratganlar. Turli geografik muhit va shart-sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, turar joylari va xo’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa xo’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’lgan. Janubiy o’lkalarning serhosil joylarida yashagan kishilar xo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirib yuborganlar. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’l bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana biri kulolchilik bo’lib, ular loydan har xil idishlar yasashni va ularni olovda pishirishni o’rgangandirlarki, bu o’sha zamon uchun juda katta kashfiyot edi. Sopol idishlar katga-kichikligi va xizmatiga ko’ra uch xilga bo’ladi: 1) oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan, qurumsiz katta idishlar; 2) ovqat pishirish uchun ishlatiladigan, quruq qoplangan o’rtacha idishlar va 3) ovqat suzib eyish uchun ishlatiladigan, bu ham qurumsiz kichik idishlar. To’qimachilikning kashf etilishi ham, dastlabki suvda suzish-qayiqsozlik ham jamiyatga neolit davrining tortig’i bo’lgan. Neolit davrida o’zaro buyum almashinuvi rivojlandi. O’rta Osiyoning janubiy erlarida, xususan, Kopetdog’ etaklarida sug’orma dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topib, dashtlarda, katta-kichik daryo va ko’llarning sohilida ovchilik va baliqchilik rivoj topa boshlaydi. O’rta Osiyoning baland tog’lik hududlarida esa boshqacha neolit madaniyati shakllanadi.
Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling