1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Sharqiy Kaspiy bo’yi mezoliti


Download 235.97 Kb.
bet37/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

2. Sharqiy Kaspiy bo’yi mezoliti.

O’rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati bir zaylda o’rganilmagan. Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Masson, S.Xarakuliev, Ustyurt mezoliti E.Bijanov, A.V.Vinogradov, Qizilqum mezolit yodgorliklari A.V.Vinogradov, Zarafshon vohasi M.Jo’raqulov, T.Grechkina, N.Xolmatov, Farg’ona vodiysida U.Islomov, V.I.Timofeev, Tojikiston hududida V.A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, V.A.Jukov, shuningdek Toshkent vohasida, Surxondaryoda U. Islomov kabi arxeolog-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muimdir.

Mezolit davrida urug` jamoasi mavjud bo`lib, ona urug`da hukumron edi. Urug` a’zolari kollektiv tarzda mehnat qilishib, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkliligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etgan.

O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti ishlari o’tgan asr 30- yillari oxirida S.P.Tolstov, A.P.Okladnikov, B.I.Boriskovskiy kabi olimlar izlanishlari bilan boshlangan. Keyinchalik, YA.G’.G’ulomov, G.E.Markov, V.A.Ranov, A.V.Vinogradov, V.A.Masson, G.F.Korobkova, U.Islomov, M.Qosimov, E.Bijanov, M.Jo’raqulov kabi olimlar tomonidan muvaffaqiyatli ravishda davom ettirilgan. Hozirgi kunda O’rta Osiyo sarhadlarida mezolit davri jamoalariga tegishli Obishir 1-5, Machay, Qo’shilish, Jabal, Damdamchashma 1,2, Tutqovul, Saysayyod, Oshxona, CHorbaqti, Ochilg’or kabi madaniy qatlamli yodgorliklar yaxshi tadkik etilgan.

Dastlab Turkmaniston territoriyasi mezolit yodgorliklari tadqiqoti natijalariga to’xtalamiz. Bu region mezolit davri yodgorliklari asosan Katta Balxan tog’ tizmasining Kopetdog etaklarida joylashgan bo’lib, hozirgi kunga qadar 30 ta madaniy qatlami buzilgan manzilgoh, shuningdek Jabal, Qaylu, Dam-Dam-Chashma 2 kabi madaniy qatlami yaxshi saqlangan va butun O’rta Osiyo mezolit davri uchun asos qilib olish mumkin bo’lgan manzilgohlar tadqiq etilgan. Ular g’or makoni, hamda ochiq holatdagi manzilgohlardir.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling