1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Kasanjol neolit qabristoni


Download 235.97 Kb.
bet41/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Kasanjol neolit qabristoni. Neolit davri makonlari Shimoli-g’arbiy Ustyurtdagina bo’lib qolmay, balki uning janubi-sharqiy tomonlaridan ham topilgan. Bu jihatdan Kasanjol neolit davri qabristoni diqqatga sazovordir.

Bu yodgorlik Qoraqalpog’istonning Shumanay vohasi markazidan 40—50 km shimoli-sharqda joylashgan. U erda bir necha go’r-qabr hisobga olingan. Kasanjoldagi qabrlardan ikkitasi kovlab ko’rilgan. Qabrdan odam skeletining qoldiqlari, dengiz chig’anog’idan ishlangan munchoq, oxra qoldiqlari, kvarstitdan tayyorlangan o’tkir uchli paykon — kamalak o’qining uchi, chig’anoqdan yasalgan stilindrsimon sanchqi, sopol idishlarning parchalari topilgan.

Qabrdagi odam 35—40 yoshlardagi erkak kishi bo’lib, uning suyaklarida oxra qoldiqlari saqlanib qolgan. Kasanjol mozor-qo’rg’onidan topilgan buyumlar neolit davriga, miloddan avvalgi IV—III mingyillikka mansubdir. Aytish mumkinki, keyingi vaqtda Ustyurtdan o’nlab neolit joy-makonlari topilgan bo’lsa ham ularning birortasida mozor-qo’rg’on uchramagan edi. Kasanjoldan neolit davri mozor-qo’rg’oni va undan inson skeletining topilishi katta ilmiy ahamiyatga ega bo’ldi

Shuni aytib o’tish kerakki, Ustyurtning shimoli-sharq tomonidagi Buloq Qo’shbuloq, Beleuli, Churuk, Som, To’qsonboy va boshqa qator joylarda 60 dan ortiq neolit makonlari borligi aniqlangan. U erlardan topilgan uchrindi, nukleus, qirg’ich, nayza va o’q uchi paykonlari, teshikchalar Xorazm va Qizilqum neolit davri makonlaridan topilgan qurollarga ham o’xshab ketadi. Arxeologlarning fikricha, ularning sanasi ham miloddan avvalgi IV—III mingyilliklarga mansub bo’lib, bu makonlarda yashagan ibtidoiy kishilar ovchilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling