1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Rivojlangan eneolit (Anov II, Iomozgoh II) davriga oid yodgorliklar Geoksyur vohasida keng ravishda o’rganilgan. Geoksyur qadimiy kanallari Tajan daryosi tarmoqlaridan chiqarilgan va suv manbai hosil etilgan erlarga, qishloqlarning yoniga olib borilgan Qadimgi kanallarning uzuiligi 3 km, chuqurligi 1,2 m bo’lgan.
Tosh va mis qurollar, arpa, bug’doy donlari va boshqa ashyolar qadimgi geoksyurliklar asosan dehqonchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi Ularda uy chorvachiligi ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qabilalar ko’proq mayda chorva — qo’y va echki boqqanlar. Anov II madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o’ralgan qishloqlarda, paxsa yoki g’ishtlardan qurilgan uylarda yashaganlar. Uy-joylar dumaloq va to’rtburchak shaklida bo’lgan. Uylarning eshiklari janubga yoki shimol tomonga qaratilgan, xonalarning ichiga ovqat pishirish uchun o’choqlar o’rnatilgan. Mullalitepada o’tkazilgan qazishlarda qadimgi mudofaa devor qoldiqlari topilgan. Yalong’ochtepada katta umumiy urug’-jamoa uylarining borligi ma’lum bo’ldi. Yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan chiqqan turli xildagi moddiy qoldiqlar, shu jumladan, sopol idishlar, tosh qurollar, mis buyumlar va hayvon suyaklari eneolit davrida Turkmanistonning janubi-g’arbida yashagan aholining madaniy-xo’jalik belgilarini ko’rsatib berdi. Anov II va Nomozgoh II davriga mansub makonlardan topilgan guldor sopol buyumlar kulolchilikning ham ancha rivoj topganligidan dalolat beradi. Sopol idishlar asosan kosa, tuvak va boshqalardan iborat. Ularning sirti qora bo’yoqda geometrik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari bilan bezatilgan. Radiokarbon usulida aniqlangan Nomozgoh II topilmalari miloddan avvalgi 3160±50 yilga mansub deb sanaladi. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling